• Kirish……………………………………………………………………………….3 I-bob Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari………
  • II-bob Dexqonchilikda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish……………… 2.1.
  • Mamayusupova zilola rasuljon qizi bitiruv malakaviy ishi




    Download 323,23 Kb.
    bet1/19
    Sana07.06.2024
    Hajmi323,23 Kb.
    #261177
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    3 bmi



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TА’LIM, FAN VA INNOVATSIYA VАZIRLIGI
    FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

    MAMAYUSUPOVA ZILOLA RASULJON QIZI

    BITIRUV MALAKAVIY ISHI

    Ilmiy rahbar:


    Farg’ona – 2024y.

    Mundarija


    Kirish……………………………………………………………………………….3
    I-bob Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari………

      1. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari…………….

      2. Avtomatika sxemalari va ularning vazifalari. Avtomatikaning funksional, prinsipial, strukruraviy va tarkibiy sxemalari…………………………………

    II-bob Dexqonchilikda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish………………
    2.1. Umumiy ma’lumotlar……………………………………………………………
    2.2. Don saqlash punktlarini avtomatlashtirish……………………………………….
    2.3. K3S-20SH avtomatlashtirish kompleksi…………………………………………
    III-bob Qishloq xo’jalik texnikalarini ta’mirlashni avtomatlashtirish…………..
    3.1. Umumiy ma’lumotlar……………………………………………………………
    3.2. Qishloq xo’jalik texnikasini tashxislash………………………………………..
    3.3. Agregatlarni yuvish, ajratish, yig’ish texnologik jarayonlarini avtomatlash
    Xulosa………………………………………………………………………………..
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………………..
    Kirish
    O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida olib borilayotgan tadbirlarning asosiy maqsadi - ta’lim tizimi islohatlarini hayotga tadbiq etish, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi orqali yoshlarni intellektual, ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash va har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi.
    Hozirgi vaqtda texnika va texnologiyaning rivojlanishi amaliy sohadagi fanlarning yanada rivojlanishiga turtki bo’lmoqda. Bu esa turli ishlab chiqarishlarda qo’llaniladigan texnologik qurilmalarni avtomatlashtirishda muhim rol o’ynaydi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan buyon yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, oliy ta’lim va ilmiy- tadqiqot muassasalarini ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor- o’qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga jalb etishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shunindek, O’zbekiston Respublikasi yanada rivojlanishi uchun Harakat lar strategiyasi asosida ilmiy-tadqiqot va innovatsion yutuqlarini amaliyotga joriy etish mexanizmlaridan iqtisodiyot tarmoqlarining samaradorligini oshirishda foydalanish muxim ahamiyatga ega hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoev —2017-2021 yillarda O’zbekistonda rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha harakat strategiyasi"ning ijtimoiy soxani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarida belgilab qo’yganidek, ta’lim va sohani rivojlantirish bo’yicha —Uzliksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlarga muvofiq, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash,ta’lim muassasalarini kompyuter texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko’rish” bugungi kunda ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan har bir professor-o’qituvchining vazifasidir .
    Hozirgi vaqtda murakkab boshqarish tizimlarini yaratish va axborotlarga ishlov berishdagi tadqiqot ishlarida yangi g’oyalarni va tizimlarni analiz va sintez qilishning zamonaviy usullarini keng qo’llash natijasida, so’ngi 5-10 yillikdagi ilmiy-tadqiqot ishlari taraqqiy etib bormoqda. Shunga bog’liq holda universitetlarda hamda ishlab-chiqarish doirasida tizimlarni loyihalashning yangi usullarini izohlovchi va tizimlashtiruvchi zamonaviy boshqarish tizimlari darsliklariga, o’quv va uslubiy qo’llanmalarga sezilarli darajada zaruriyat tug’ilmoqda.
    Respublikamizda xalq xo’jaligi, sanoat bilan bir qatorda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirish, qo’l mexnatini engillashtirish maqsadida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash talab qilinadi. Avtomatik boshqarish tizimlarini qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uchun tatbiq etish bilan turli murakkab texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga erishish mumkin.
    Ko’rsatilgan masalalarni hal qilishda qishloq xo’jaligi sohasida ishlab chiqarishni zamonaviy asbob-uskunalar, mashina va agregatlar bilan ta’minlash muxim vazifa hisoblanadi. Bugungi kunda ko’plab tarmoqlarda qo’llanilayotgan ilg’or texnologiyalar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan foydalanishni talab qiladi. Shuning uchun soha bo’yicha tayyorlanayotgan mutaxassislar texnologik jarayonlarni atvomatlashtirilgan tizimlari, avtomatik nazorat, avtomatik rostlash, avtomatik boshqaruv tizimlari xaqida maxsus bilimga ega bo’lishlari zarur. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish soxasida muxandislar, texnologlar, asosiy ishlab chiqarish bo’linmalarining texnik xodimlari va boshqalar texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarini analiz va sintez qilish xususiyatlaridan xabardor bo’lishlari lozim.



    Download 323,23 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 323,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mamayusupova zilola rasuljon qizi bitiruv malakaviy ishi

    Download 323,23 Kb.