|
Mamayusupova zilola rasuljon qizi bitiruv malakaviy ishi
|
bet | 5/19 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 323,23 Kb. | | #261177 |
Bog'liq 3 bmirasm. Rostlash usullarini sxemalari:
a - og’ish bo’yicha; b - g’alayon bo’yicha; v - kombinatsiyalangan; R- rostlagich; RO-rostlovchi organ; O-rostlash ob ‘ekti; TE - taqqoslash elementi; x(t)-topshiruvchi ta’sir; Z1(t) va Z2(t)-ichki rostlovchi ta’sir; y(t)-rostlanuvchi miqdor; F(t)-g’alayonlantiruvchi ta’sir
Agar bu miqdorlar o’rtasidagi farq (og’ish) g’alayonlar ta’sirida topshiriqdagi chegaradan chiqsa, u holda rostlagichga generator qo’zg’atish tokining o’zgarishi tarzidagi topshiruvchi ta’sir qiladi, bu ta’sir og’ishni kamaytiradi.
Og’ish usulida ishlaydigan tizimning sxemasi 1.3 - rasm, a da ko’rsatilgan.
Rostlanuvchi miqdorning og’ishi rostlovchi organni harakatga keltiradi, bu harakat og’ishni kamaytirishga qaratilgan. Miqdorlar farqi s(t) = x(t) - y(t) ni hosil qilish uchun tizimga taqqoslash elementi TE kiritiladi.
Og’ish bo’yicha rostlashda rostlovchi organ, rostlanuvchi miqdorning qanday sababga ko’ra og’ganligidan qat’iy nazar, mustaqil harakatlanadi. Bu esa mazkur usulning eng muhim afzalligidir.
G’alayon bo’yicha rostlash usuli yoki g’alayonni kompensatsiyalash sistemada g’alayonlovchi ta’sirning o’zgarishini kompensatsiyalovchi qurilma ishlatilishiga asoslangan.
Misol uchun o’zgarmas tok generatorining ishini ko’rib chiqamiz (1.4-rasm). Generatorda ikkita qo’zg’atish chulg’ami: yakorining zanjiriga paralel ulanadigan I va qarshilik Rsh ga birlashtiriladigan II bor. Qo’zg’atish chulg’amlari shunday ulanganki, ularning magnit yurituvchi kuchlari (m.yu.k.) F1 va F2 jamlanadi; generatorning qisqichlaridagi kuchlanish jami m.yu.k. F=F1+F2 ga bog’liq bo’ladi. Yuklama toki I kattalashganda (yuklamaning qarshiligi Ryu kamayadi) generatorning kuchlanishi Ug yakorning
zanjiridagi kuchlanishning ko’proq pasayishi xisobiga kamayishi lozim, ammo bu xodisa ro’y bermaydi, chunki qo’zg’atish chulg’ami II dagi m.yu.k. F2 yuklama toki I ga proporsional oshadi. bu esa jami m.yu.k. ning oshishiga, binobarin, generator kuchlanishining tekislanishiga sabab bo’ladi. YUklama toki - generatorga beriladigan asosiy g’alayon o’zgarganda kuchlanishning pasayishi ana shunday kompensatsiyalanadi. Mazkur holda qarshilik Rsh g’alayonni - yuklamani o’lchashga imkon beruvchi qurilma vazifasini o’taydi.
Umumiy holda g’alayonni kompensatsiyalash usulida ishlaydigan tizimning sxemasi 1.3- rasm, b da ko’rsatilgan.
G’alayonlovchi ta’sirlar turli sabablar bilan sodir bo’lishi mumkin, shuning uchun ular bitta emas, balki bir nechta bo’ladi. Bu esa avtomatik rostlash tizimning ishini analiz qilishni murakkablashtiradi. odatda, yuklamaning o’zgarishi natijasida sodir bo’ladigan g’alayonlovchi ta’sirlarni ko’rib chiqish bilan cheklaniladi. bu holda rostlash yuklama bo’yicha rostlash deb ataladi.
Rostlashning kombinatsiyalangan usuli (1.3- rasm v, ga qarang) oldingi ikki usulni: og’ish va g’alayon bo’yicha rostlash usullarini o’z ichiga oladi. bu usul yuqori sifatli rostlash talab etiladigan avtomatikaning murakkab tizimini qurishda qo’llaniladi.
rasmga ko’ra, rostlashning har qanday usulida ham avtomatik rostlash tizimi rostlanuvchi qism ( rostlash ob’ekti ) va rostlovchi qism
( rostlagich ) dan tuziladi. Barcha hollarda ham rostlagichning sezgir elementi va rostlovchi organi bo’lishi lozim. Sezgir element rostlanuvchi miqdor og’gandan keyin uning ta’sirini bevosita sezgir elementdan olsa va u bilan harakat ga keltirilsa, rostlashning bunday tizimi bevosita rostlash tizimi deb, rostlagich esa bevosita ta’sirli rostlagich deb ataladi.
Bevosita ta’sirli rostlagichlarda sezgir element rostlovchi organning vaziyatini o’zgartirish uchun etarli quvvat hosil qilishi lozim. Bu hol bevosita rostlash usulining qo’llanilishini cheklaydi, chunki sezgir elementni ixchamlashtirishga intilish natijasida rostlovchi organni siljitishga etarli kuchlarni hosil qilish qiyin bo’ladi.
rasm. O’zgarmas tok generatorining kuchlanishini rostlash prinsipial sxemasi: G - generator; I va II - generatorning qo’zg’atish chulg’amlari; Ryu - yuklama qarshiligi; F1 va F2 - qo’zg’atish chulg’amlarining magnit yurituvchi kuchi; Rsh - qarshilik.
O’lchash elementining sezgirligini oshirish va rostlovchi organni siljitishga etarli quvvat hosil qilish uchun quvvat kuchaytirgichlar ishlatiladi. Kuvvat kuchaytirgich bilan ishlaydigan rostlagich vosita ta’sirli rostlagich deb, tizimning o’zi esa vositali rostlash tizimi deb ataladi.
Vositali rostlash tizimlarida rostlovchi organni siljitish uchun boshqa energiya manbaidan yoki rostlanuvchi ob’ektning energiyasi xisobiga harakat ga keluvchi yordamchi mexanizmlardan foydalaniladi. SHunda sezgir element yordamida mexanizmning boshqaruvchi organiga ta’sir etadi.
|
| |