|
Jizzax politexnika instituti Energetika fakulteti
|
bet | 1/4 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #108148 |
Bog'liq Yarimoʻtkazgichlar Energetika fakulteti “Elektronika va asbobsozlik” yoʻnalishi 421-22 guruxi talabasi Hayitboyev Bahromning Slaydi Mavzu: Yarim o’tkazgichlar Mavzu: Yarim o’tkazgichlar
Reja:
- Yarim otkazgichlarning elektr xususiyatlari.
- Donorlar va akseptorlar.
- Yarim otkazgichli materiallar va ularning tuzilishi.
Yarim otkazgichlar elektr otkazuvchanligi jihatidan metall otkazgichlar va dielektriklar orasida turuvchi materiallar hisoblanishadi. Metall otkazgichlarning solishtirma otkazuvchanligi 104-106Om-1∙sm-1, yarim o‘tkazgichlarniki 10-10-104 Om-1·sm-1, dielektriklarda esa bu qiymat 10-20–10-10Om-1∙sm-1 ni tashkil etadi. Bundan tashqari, barcha metall o‘tkazgichlarning harorat ko‘tarilishi bilan elektr o‘tkazuvchanligi pasaysa, o‘z navbatida yarim o‘tkazgichlarda va dielektriklarda oshadi. Otkazgichlarda koplab miqdordagi erkin elektronlar bolib, ularning yonaltirilgan harakati tufayli tok otkazuvchanligi yuzaga keladi. Yarim otkazgichlarda esa erkin elektronlarning soni kam. Yarim otkazgichlarda valentli elektronlarning oz atomlari bilan boglanib turishi, yani ularning erkin bolmasligi bilan bu holat tushuntiriladi. Yarim otkazgichlarning yana bir oziga xos xususiyati shundan iboratki, ularga tashqi tomondan tasir korsatish, yani qizdirish, nurlantirish va aralashmalar qoshish hisobiga tok hosil qilish va ularni keng chegaralarda ozgartirish mumkin. Bu yarim otkazgichlardagi valentli elektronlarning energiyasini oshishiga sabab boladi.
Yarim otkazgichlarning elektr xususiyatlari
Qanchalik yarim otkazgichning harorati yuqori yoki intensiv ravishda nurlantirish amalga oshirilsa, shunchalik unda erkin elektronlar soni kop, natijada yarim otkazgichda tokning miqdori ham yuqori boladi. Buning natijasida yarim otkazgichda elektron elektr otkazuvchanlik yoki p-tipidagi* otkazuvchanlik yuzaga keladi. Erkin elektronlar yarim otkazgichning oz atomiga tegishli bolganligi bois, bunday elektr otkazuvchanlik xususiy otkazuvchanlik deb ataladi.
|
| |