|
Olmos tipidagi kristall tuzilishi
|
bet | 4/4 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #108148 |
Bog'liq YarimoʻtkazgichlarOlmos tipidagi kristall tuzilishi
G e r m a n i y (Ge) Mendeleev davriy sistemasining tortinchi guruhiga kiruvchi element hisoblanadi. Uni olishda xom ashyo vazifasini tarkibida germaniy bolgan rux va sulfid rudalari, shu bilan birgalikda komir tuzlari otaydi.
Murakkab ximiyaviy jarayon hisobiga germaniy quymasi olinadi, lekin uning tarkibida aralashmalar va u monokristall material bolganligi bois, undan yarim otkazgichli priborlar tayyorlashda foydalanib bolmaydi. Dastlab ushbu quyma aralashmalardan zonaviy eritish usuli bilan tozalanadi. Tozalangan yarim otkazgichli materialda, yani germaniyda aralashmalar 10-9% (massasi boyicha), kremniyda esa 10-11% (massasi boyicha) dan ortmasligi lozim.
K r e m n i y (Si) ham Mendeleev davriy sistemasining tortinchi guruhiga kiruvchi element hisoblanadi. Kremniy tabiatda kremnezem (SiO2) korinishida keng tarqalgan bolib, kremnezem kremniyning texnik navlari olishda xom ashyo vazifasini otaydi. Kremniy quymalari zonaviy eritish usuli yordamida tozalangandan song, legirlovchi aralashmalarning qancha miqdorda qoshilganligiga bogliq ravishda p- yoki n-tipdagi elektr otkazuvchanlikka ega bolgan monokristalli kremniy olinadi.
Kremniy germaniyga nisbatan ko‘proq ishlatiladi, chunki undan tayyorlangan yarim o‘tkazgichli priborlarning ishchi harorat chegarasi 130-200°C ga teng bolsa, germaniy asosida tayyorlanganlariniki esa bor yogi 80100°C ni tashkil etadi. Yarim otkazgichli integral sxemalarning asosini tayyorlashda kremniy keng qollaniladi.
S e l e n (Se) Mendeleev davriy sistemasining oltinchi guruhiga kiruvchi element hisoblanadi. Selenni olishda xom-ashyo vazifasini misni elektrolitik yol bilan tozalash paytida qoladigan qoldiqlar bajaradi. Qattiq selen amorf yoki kristall tuzilishga ega boladi. Qora amorf selen xona haroratigacha tezlik bilan sovutilgan tozalangan selen eritmasidan olinadi. U ρ=1013 Om·smga teng solishtirma qarshilikka ega bo‘lgan dielektrik hisoblanadi.
Kristall selen n-tipidagi polikristal tuzilishdagi aralashmali yarim otkazgich hisoblanadi. Atom tuzilishi - olti burchakli prizmaning burchaklarida joylashgan atomlardan iborat bulib, bu prizmalar kristallning elementar katagi (yacheykasi) hisobladi. 20°C harorat sharoitida selenning asosiy xarakteristikalari quyidagiga teng: zichligi 4800 kg/m3; ρ=(0,8÷5) ·105 Om·sm; ε= 6,3. Selenli to‘g‘rilagich, fotoelement va fotorezistorlar tayyorlashda selendan foydalaniladi.
|
| |