• Kompyuter grafikasi
  • Mavzu: Kompyuter grafikasi va uning turlari Reja




    Download 164 Kb.
    bet1/6
    Sana11.12.2023
    Hajmi164 Kb.
    #115790
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi va uning turlari
    Topshiriq 2.1. (4), Media 9- mavzu (1), Лаборатория намуна, CAD- CAM- va CAE- tizimlari bilan ishlash., 7-Amaliy, Haydovchilar va piyodalarning majburyatlari, Ibragimov Quvonchbek (2), 1-2-3-4 ta chorak 25 ta j b-n 11 SINF TEST, Basqarıw wazıypaların anıqlaw (2), Boshlang’ich ta’lim metodikasi-azkurs.org, word, О\'zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmasi

    Mavzu:Kompyuter grafikasi va uning turlari
    Reja:



    1. Kompyuter grafikasi haqida ma’lumot.

    2. Kompyuter grafikasining turlari.

    Fan va texnika taraqqiyoti jamiyatimizni informatsion jamiyatga aylantirdi. Bu jamiyatda faoliyat ko’rsatuvchilarning aksariyat qismi axborotlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan banddirlar. Bunday ishlarni zamonaviy kompyuterlarsiz amalga oshirish qiyin. Ulardagi ma’lumotlarni qayta ishlash mashina grafikasi yordamida amalga oshirilsa foydalanuvchiga katta qulayliklar tug’diradi.
    Kompyuter grafikasi - bu model va tasvirlarni kompyuter yordamida hosil qilish, saqlash va qayta ishlash to’g’risidagi fandir.
    Kompyuter grafikasi deganda odatda grafik ma’lumotlarni kompyuter vositasida tayyorlash, qayta ishlash (qurish), saqlash va namoyish etish jarayonlarini avtomatlashtirish tushunilsa, grafik ma’lumot deganda ob’ekt modellari va tasvirlari tushuniladi.
    Kompyuter grafikasi jahonda yangi fundamental fan hisoblanib, o’tgan asrning 90-chi yillarida paydo bo’ldi hamda fan va ishlab chiqarishning barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda o’ziga xos mustaqil ahamiyat kasb etdi.
    Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varoq oq qog’ozga qalam yoki ruchka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichqoncha yordamida rasm chizish, ya’ni tasvir yaratish, tuzatish va ularni harakatlantirish imkonini yaratdi. Bu dasturlar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar bo’lib, ular yordamida rasmning elementlari boshqarib boriladi. Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va dasturiy vositalarining yangilanib turishi ushbu kursni hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo’nalishlarni tinmay o’rganib borishni taqozo etadi. So’nggi yillarda bu sohada juda katta o’zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya’ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o’zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni kirituvchi moslama -skanerlar, dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.
    Kompyuter grafikasining uch turi mavjud bo’lib, bular: rastrli, fraktal vavektorli grafikadir.

    Download 164 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 164 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kompyuter grafikasi va uning turlari Reja

    Download 164 Kb.