|
Fundamental, amaliy va ishlanmalarga bo‘linadi. Fundamental tadqiqotlar
|
bet | 1/5 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 29,89 Kb. | | #257446 |
Ilmiy tadqiqot turlari Ilmiy tadqiqotlar, ko‘zlangan maqsadi, tabiat yoki ishlab chiqarish bilan bog‘liqlik darajasi, ilmiy ishning xarakteri va chuqurligiga (qamroviga) qarab fundamental, amaliy va ishlanmalarga bo‘linadi. Fundamental tadqiqotlar prinsipial yangi bilimlarni (yaratish) barpo etish va oldinda mavjud bilimlar sistemasini rivojlantirishga qaratiladi va undan maqsad tabiatning yangi qonunlarini yaratish (kashf etish) voqeliklar orasidagi bog‘liqliklarni ochib berish va yangi nazoratlar yaratishdir. (Masalan, elektromagnit maydon nazariyasi agroinjeneriyada resurslar tejamkorligi ilmiy – metodologiyasini yaratish, energiyani muhitda harakatlanishi qonunini va h.k.lar). Ishlanmalar yoki loyiha-konstruktorlik ishlari (LKI) amaliy tadqiqotlar natijalarini (masalan texnika sohasida) texnik yechimlarni (mashina, qurilma, material, mahsulot) ishlab chiqarish texnologiyalarini tajriba nusxalarini yaratish va sinab ko‘rish, yangiliklarni takomillashtirishda foydalanishga qaratilgan ilmiy tadqiqotning yakuniy qismidir. (Masalan, elektr maydoni yordamida urug‘lik donlarni saralash texnologiyasini amalga oshiriuvchi texnik qurilmani yaratish). Shunday qilib, ilmiy tadqiqotlar qanday maqsadga qaratilganligi va ilmiy chuqurligi bo‘yicha uch asosiy turga tasniflanadi: fundamental (nazariy), amaliy va tajriba, konstruktorlik ishlanmalari. Fundamental va amaliy ITI larning bajarilish jarayoni olti asosiy bosqichni, tajriba konstruktorlik ishlanmalari esa yetti bosqichni o‘z ichiga oladi. Ilmiy tadqiqotning barcha turlari joriy etish bilan yakunlanadi.
Ilmiy tadqiqot metodlari; Ilmiy tadqiqot metodlari — bu qonuniy bog'lanishlarni, muno
sabatlarni,aloqalarni o'rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish
maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir. Kuzatish, tajriba,
bog'cha hujjatlari bilan tanishish, o'rganish, bolalarning ishlarini
o'rganish, suhbat va so'rovnomalar o'tkazish ilmiy pedagogik
tadqiqot metodlari jumlasiga kiradL,So'nggivvi(atlajdaj»iatcaiiatik
va kibernetik metodlardan, shuninpil
dan foydalanish qayd qilinmoqda. Kuzatish - ob`ektni o`rganishda unga ta`sir etmasdan bilish metodidir. Bunda ob`ektning xossasini, qayd etish va o`lchash bilan chegaralaniladi, uning o`zgarishi kuzatiladi (masalan, keskichning yeyilishini kuzatish). Tadqiqot natijalari bizga real ob`ektlarning ob`ektiv xossa va aloqalari xaqida ma`lumot olish imkoniyatini beradi. Ushbu natijalar tadqiqotining ixtiyori, hissiyoti va hohish-irodasiga bog`liq emas. Taqqoslash (qiyoslash) - ilmiy bilishning keng tarqalgan metodi bo`lib, u “hamma narsa qiyoslanganda bilinadi“ degan tamoyilga asoslanadi. Taqqoslash natijasida bir necha ob`ektga taalluqli bo`lgan umumiy jixatlar aniqlanadi. Bu esa, ma`lumki, qonuniyat va qonunlarni bilish yo`lidagi birinchi qadamdir. O`lchash - taqqoslashga nisbatan aniqroq bilish quroli xisoblanadi. Ushbu metodning axamiyati o`rganilayotgan ob`ekt haqidagi ma`lumotlarning yuqori aniqligidadir.
Empirik tadqiqot metodlari Empirik so’zi qаdimiy yunоnchа bo’lib, tаjribа mа’nоsini аnglаtаdi. Ilmiy bilishda empirik tadqiqot metodlari muxim axamiyatga ega. Ular faqatgina gipotezalarni tasdiqlash asosigina bo`lib qolmasdan, ko`p hollarda yangi ilmiy kashfiyotlar, qonunlarni ochishning manbaasi ham bo`lib xisoblanadi. Empirik va nazariy tadqiqotlarida analiz va sintez, deduksiya va induksiya, abstraktlashtirish kabi universal metodlar keng qo`llaniladi. Analiz (taxlil) – ob`ektni qismlarga, bo`laklarga, tomonlarga, elementlarga ajratib, ularning har birining mazmun – mohiyatini o`rganish, bilishdir. Analiz metodi butunni tashkil etgan qismlar, bo`laklar, tomonlar, elementlar ularning butun tarkibidagi o`rni aniqlanadi. Analiz orqali predmet va hodisalarning tarkibi (strukturasi), tuzilishi o`rganiladi va bilinadi. Sintez (ajratib olish) – analiz tufayli ajratilgan bo`laklar, tomonlar, qismlar, elementlarni o`zaro biriktirib, ularni bir butun holga keltirishdir. Sintez metodi tadqiqotchiga butunning bo`laklari, qismlari, tomonlari, elementlari o`rtasidagi va ularning butun bilan bo`lgan aloqa va bog`lanishlarini bilishga imkon beradi. Abstraktlashtirish – tekshirilayotgan ob`ektlarning hususiy, unchalik e`tiborga molik bo`lmagan jihatlarini soqit qilib, uning mohiyatini ochib beruvchi hossalarini ajratish va o`rganishdir.
|
| |