|
Fundamental, amaliy va ishlanmalarga bo‘linadi. Fundamental tadqiqotlar
|
bet | 5/5 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 29,89 Kb. | | #257446 |
dissertatsiya — muallif tomonidan shaxsan olib borilgan, tadqiqot mohiyati tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar;
11. Dissertatsiya ishi, odatda, mundarija, kirish qismi, asosiy qism (dissertatsiya bo'limlari), xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati, ilovadan iborat bo'lib, o'rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Titul varag'i OAK tomonidan tasdiqlangan namuna (2-ilovaga qarang) bo'yicha rasmiylashtiriladi.
Dissertatsiya nomi aniq va qisqa bo'lishi lozim (odatda, 10ta so'zdan oshmasligi kerak).
Dissertatsiya ishining mavzusi ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanganidan so'ng «OAK Byulleteni» jurnalida e'lon qilinishi shart.
12. Mundarijada barcha mavjud bo'lim (bob)lar, paragraf (qism)lar va bandlar nomlari hamda ularning boshlanishi joylashgan sahifa betlari ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
13. Shartli belgilar, birliklar, simvollar va terminlar ro'yxatida formulalarda nisbatan ko'p uchraydigan harfli belgilar, simvollar eksplikatsiyasi berilishi (tushuntirilishi) shart.
Terminlar va belgilar butun dissertatsiya davomida bir xilda bo'lishi shart. Agar muallif yangi termin kiritsa, ilk qo'llanishdayoq u bo'yicha tushuntirish berishi kerak. Dissertatsiya davomida har bir parametrning o'lcham birligi hamma vaqt bir xil bo'lishi zarur.
14. Kirish (so'zboshi) ishning o'qilishi davomida shakllanadigan tushunchani yengillashtirishi lozim. Shuning uchun bu yerda ilmiy tadqiqotning ob'ekti va predmeti aniq va lo'nda yoritib berilishi, mazkur tadqiqotni o'tkazishning dolzarbligi asoslanishi kerak.
Dissertatsiya ishi yangiligi bilan ajralib turishi kerak. Shuning uchun so'zboshida qisqa annotatsiya ko'rinishida muammoning yechilishida (nomzodlik dissertatsiyasi uchun) yoki fan sohasida (doktorlik dissertatsiyasi uchun) muallif tomonidan qilingan yangilik bayon etilgan bo'lishi kerak.
Shuningdek, kirish qismida ishning maqsadi, nazariy ahamiyati, amaliy qiymati, tadqiqot metodlari, muallif himoyaga olib chiqayotgan asosiy holatlar, ishning sinovdan o'tishi (aprobatsiyasi) hamda nashr etilgan ishlar bo'yicha ma'lumotlar va dissertatsiya tuzilishi (strukturasi) keltiriladi.
15. Dissertatsiyaning bo'limlari uchtadan kam bo'lmasligi kerak. Bo'limlarda ishning asosiy mazmuni bayon etiladi. Odatda, dissertatsiyaning birinchi bo'limida talabgor ilmiy-texnik muammo doirasida o'rganilayotgan masalaning bugungi holatiga qisqa baxo (nomzodlik ishlari uchun) va fan sohasining bugungi holatiga tavsif (doktorlik dissertatsiyalari uchun) berib o'tishi kerak. Bu baho va tavsif dissertatsiyaning kirish qismida ham berilishi mumkin.
Bundan tashqari, bu yerda muammo bayon qilinishi, tadqiqot maqsadida belgilangan natijalar mazkur fan sohasida mavjud emasligini ko'rsatib berilishi va tadqiqot vazifalari qo'yilishi kerak. Dissertatsiya asosiy qismining keyingi bo'limlari birinchi bo'limda qo'yilgan masalalarni yechishga bag'ishlanadi.
|
| |