• O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI “Muhandislik qurilish infrastrukturasi” fakulteti
  • Shartli belgilar




    Download 5.53 Kb.
    Sana02.02.2024
    Hajmi5.53 Kb.
    #150738
    Bog'liq
    Shartli belgilar-fayllar.org
    BITIRUVCHILAR SHARTNOMASI AMALIYOT, III Nilufar opa, Йиғилган, Bozor iqtisodiyoti modellari, Muloqot ustasi kursi, 1. Усмон Шер Шамшод (паспорт), 1643, Boborahim Mashrab hayoti va ijodi, 1696998433, AKSESDA TAYYORI (PADDELKA), AVTOMOBILNING FAOL XAVFSIZLIGINI OSHIRISH USULLARI. AVTOMOBIL PASSIV XAVFSIZLIK TIZIMLARI. ZAMONAVIY FAOL AVTOMOBIL XAVFSIZLIGI TIZIMLARI, Birinchi tartibli, oddiy differensial tenglamalarni yechishning sonli taqribiy usullari uchun Mathcad da dasturiy ta’minotini yaratish., ZAMONAVIY MATN REDAKTORLARI, Elyor - PhD - yakka tartibdagi reja-2, Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari.

    Shartli belgilar

    1- Amaliy ish


    Mavzu : Kartografik shartli belgilar
    Shartli belgilar — plan va xaritalarda joy obʼyekti va ular toʻgʻrisidagi tafsilotlarni grafik tasvirlash tizimi; ular yordamida obʼyekt va tafsilotlarning oʻrni, sifati hamda soniy tavsiflari koʻrsatiladi. Topografik shartli belgilar bir nechta asosiy turlarga boʻlinadi. Oʻz oʻlchamlari boʻyicha plan masshtabida haqiqiy nisbatlari saqlangan hodda tasvirlanishi mumkin boʻlgan obʼyektlar masshtabli shartli belgilar bilan beriladi plan masshtabida tashqi koʻrinishi (konturi)ni tasvirlash imkoni boʻlmagan yoki tasvirlaganda ham kichkinaligidan nuqtaga aylanib ketadigan obʼyektlar masshtabsiz shartli belgilar bilan beriladi. Bu belgilar obʼyektlar oʻrnashgan joyni, ularning sifat va soniy tavsifini koʻrsatish imkonini beradi. Bunda obʼyektlar oʻrnashgan joy shartli belgining bironbir nuqtasi bilan koʻrsatiladi; chiziqyai obʼyektlar — daryolar, yoʻllar, aloqa simlari, chegaralar chiziqli shartli belgilar bilan koʻrsatiladi. Bu belgilar obʼyektlarning oʻrnini, ularning boʻylama oʻqi boʻyicha koʻrsatish imkonini beradi. Biror obʼyekt plani uning vazifasi va masshtabiga qarab, masshtabli va masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlanishi mumkin. Masalan yirik masshtabli topografik planlarda hamma aholi yashaydigan joylar masshtabli belgilar bilan koʻrsatiladi. Mayda masshtabli xaritalarda esa ular, odatda masshtabsiz belgi — punson bilan koʻrsatiladi. Topografik shartli belgilar tuziladigan xaritani maqsad mazmuniga qarab ishlab chiqiladi.Istalgan xaritani loyihalashda uning mazmuni, xususiyati va hajmini belgilash bilan bir qatorda xaritaning ko‘rgazmaliligini ta’minlash zarur hisoblanadi. Buning uchun borliq obyekt va hodisalarini tasvirlash hamda kartograflk belgilar tizimining eng qulay usulini tanlash kerak. Topografik va boshqa turdagi umumgeografik xaritalarni yaratishda tasvirlash usullari va belgilar tizimi o'rnatilgan an’anaviy xarakterga ega bo’ladi. Mavzuli va maxsus xaritalar hamda atlaslarni loyihalashda har bir aniq holatda belgilar tizimi va tasvirlash usullarini tanlash to‘g‘risidagi masala xarita maqsadi va mazmuniga bog'liq holda hal etiladi. deganda, xaritalarda borliq obyektlari va hodisalarini tasvirlash uchun quriladigan va foydalaniladigan, umumiy tamoyil va qoidalarga ega bo'lgan belgilar yig‘indisi tushuniladi.
    Xaritada foydalaniladigan kartograflk belgilar obyektni kartograflk tasvirlashni hosil qiladi. Belgilar tizimini shakllantiradigan eng muhim omillarga quyidagilar kiradi:xarita maqsadi va mavzusi, xaritalashtirilayotgan obyekt yoki hodisa tavsiflari. Belgilar tizimini loyihalashda xaritani ko'z bilan qabul qilishning psixologik-jismoniy xususiyatlari, undan foydalanish sharoitlari, uni bo'lg'usi iste’molchiga tayуorlash, shuningdek kartograflk ishlab chiqarishning mavjud texnik va texnologik imkoniyatlari ham hisobga olinadi.
    Xarita mazmunini tasvirlash uchun belgilar tizimi qurilishini tanlash uning maqsadiga bog'liq. Semiotikaning barcha (sintaktik, semantik, pragmatik) tomonlarini hisobga olgan holda, loyihalanayotgan mazmunni tasvirlashni ta’minlaydigan kartografik belgilar tizimini ishlab chiqib, yaxshi qabul qilinadigan va oson o‘qiladigan ko'rgazmali, ifodali, tejamli tasvirni olish zarur.






    • D aryolar - Botqoqlik



    Gorizontallar - Geodezik punk




    • Yakka daraxtlar xarakteristikasi




    • Na`matak





    Xulosa
    Topografik kartalar yirik masshtablarda katta hududlarni tasvirlashda tuziladi. Topokartada voqea va hodisalarni tasvirlashda kartografik shartli belgilardan foydalaniladi. Xaritada tasvirlangan ushbu belgilar o'z navbatida voqelik ob'ektini aks ettiruvchi va ko'p hollarda ularni tushunishga yordam beradigan konvensiyalar sifatida xalqaro miqyosda kelishilgan grafik belgilar. Kartografik belgilar foydalanuvchiga yo'lning xususiyatlari, temir yo'l kesishmalarining mavjudligi yoki hattoki ushbu yo'l yaqinidagi daryolar yoki boshqa suv manbalarining mavjudligi to'g'risida ma'lumot berishi mumkin. Xaritalar tabiatiga ko'ra tushunchalar bo'lib, o'zlari hech narsani anglatmaydi. Bu shuni anglatadiki, kartografik belgilar biologik, madaniy va psixologik omillar asosida foydalanuvchining fikrlashi, aloqasi va qaror qabul qilishini osonlashtirishi kerak.

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
    TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
    Muhandislik qurilish infrastrukturasi” fakulteti

    Geodeziya va kadastr” kafedrasi

    Kartalarni loyihalash va tuzish” fanidan

    1-AMALIY ISH



    Mavzu: Kartografik shartli belgilar
    Bajardi: 43-19 gr.talabasi Mirsoliyev D.

    Tekshirdi: katta o`qituvchi Ochilov Sh.


    Toshkent-2022

    http://fayllar.org
    Download 5.53 Kb.




    Download 5.53 Kb.