Mamayusupova zilola rasuljon qizi bitiruv malakaviy ishi




Download 323,23 Kb.
bet4/19
Sana07.06.2024
Hajmi323,23 Kb.
#261177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3 bmi

1.1-rasm. Ochiq (a) va berk (b) sikllar buyicha rostlash sxemalari:
T - topshirgich; R - rosilagich; RO - rosilovchi organ; RO- rostlash ob ‘ekt;; x(i) - topshiruvchi ia’sir; Z1(i) va Z2(i) - ichki rosilovchi ia’sir; y(i) - rosilanadigan miqdor; F(i) - g’alayonlaniiruvchi ia’sir.

Bu joriy qiymat g’alayonlantiruvchi ta’sir F(i) ga bog’liq.Ochiq tizim aslida uzatish zanjiridan iborat bo’lib, topshirgichdan berilgan topshiruvchi ta’sir x(i) rostlagichda ichki ta’sirlar Z1(i); Z2(i) vositasida kerakligicha ishlagandan keyin rostlsh ob’ektiga uzatiladi, ammo ob’ekt rostlagichga teskari ta’sir etmaydi.


O’zgarmas tok motori M ning aylanish chastotasini bosh-qarish sxemasi 1.1, a - rasm da keltirilgan. Reostat R ning surilgichi vaziyatini o’zgartirganda generator G ning qo’zg’atish chulg’ami I da qo’zgatish toki o’zgaradi, bu esa unda e.yu.k.. ning, binobarin, motor M ga keltiriladigan kuchlanishning ham o’zgarishiga sabab bo’ladi. Motor M bilan bir valga o’rnatilgan taxogenerator TG motor valining aylanish chastotasi ® ga proporsional e.yu.k. hosil qiladi. Taxogeneratorning cho’tkalariga ulangan voltmetr aylanish chastotasining birliklarida darajalangan shkalasi bo’yicha motorning chastotasini faqat vizual nazorat qilishga imkon beradi. Agar mashinalarning tavsifnomalari stabil bo’lsa, u holda reostat surilgichining har bir vaziyatiga motor aylanish chastotasining ma’lum qiymati mos keladi. Mazkur tizimda rostlagich ob’ektga ta’sir etadi, ammo teskari ta’sir bo’lmaydi; tizim ochiq sikl bo’yicha ishlaydi.
Agar tizimning chiqishi rostlagichga doim ikkita signal - topshirgichdan chiquvchi signal va ob’ektning chiqishidan signal keladigan qilib rostlagichga birlashtirilsa, u holda berk sikl (1.2-rasm, b ga qarang) bo’yicha ishlaydigan tizim hosil bo’ladi. Bunday tizimda faqat rostlagich ob’ektga emas, balki ob’ekt ham rostlagichga ta’sir beradi. 1.2-rasm, b da keltirilgan o’zgarmas tok motori M ning aylanish chastotasini boshqarish sxemasida tizimning chiqish taxogenerator TG, reostat R1, kuchaytirgich K va reostat R harakatlanuvchi qismining yuritish motori M1 vositasida tizimning kirishiga birlashtirilgan. Bu sxemada motorning aylanish chastotasi avtomatik nazorat o ‘rnatilgan. Aylanish chastotasi har qanday o’zgarganda motor M1 da signal paydo bo’ladi va u reostat R ning harakatlanuvchi qismining u yoki bu tomonga (motor M ning belgilangan aylanish chastotasiga mos vaziyatdan) siljitadi. Agar aylanish chastotasi biror sababga ko’ra kamaysa, u holda reostat R ning harakatlanuvchi qismi generatorning qo’zg’atish chulg’ami M1 da qo’zg’atish toki oshadigan vaziyatni egallaydi. Bu hol generator kuchlanishining oshishiga, binobarin, motor M aylanish chastotasining ham oshishiga olib keladi, ya’ni aylanish chastotasi boshlang’ich qiymatiga erishadi.




1. 2- rasm. O’zgarmas tok motorining aylanish chastotasini ochiq (a) va berk (b) sikllar bo’yicha boshqarishning prinsipial sxemalari:
R - reostat; I - generatorning qo’zg’atish chulg’ami; G- generator; II- motorning qo’zg’atish chulg’ami; M - motor; TG- taxogenerator; M1 - reostatning harakatlanuvchi qismini yurituvchi motor; K - kuchaytirgich.

Motor M ning aylanish chastotasi oshganda reostat R ning harakatlanuvchi qismi teskari yo’nalishda siljiydi, natijada motor M ning aylanish chastotasi kamayadi.


Avtomatik rostlashning ochiq tizimi tizimga keladigan g’alayonlar boshqacha bo’lib qolganda o’zining ish rejimini operatorning ishtirokisiz mustaqil o’zgartira olmaydi. Berk zanjir tizimda sodir bo’ladigan har qanday o’zgarishlarga avtomatik javob qaytaradi.
Rostlash usullari. Hozir rostlashning 1) rostlanuvchi miqdorning ogishiga qarab; 2) g’alayonlanish (yuklama)ga qarab va 3) kombinatsiyalangan usullari qo’llaniladi.
Rostlanuvchi miqdorning og’ishiga qarab rostlash usulini o’zgarmas tok motorining aylanish chastotasini rostlash tizimi (1.2-rasm, b) misolida ko’rib chiqamiz. Motor M ishlayotganda rostlash ob’ekti sifatida turli g’alayonlar (motor validagi yuklamaning o’zgarishi, ta’minlovchi elektrik tarmoqdagi kuchlanishning o’zgarishi, generator G ning yakorini aylan-tiradigan motor aylanish chastotasining o’zgarishi, o’z navbatida chulg’amlar qarshiligining, binobarin, tokning ham o’zgarishiga sabab bo’ladigan tashqi muhit har oratini o’zgarishi va hokazolar) ta’sirida bo’ladi.
Bu g’alayonlanishlarning ham masi motor M aylanish chastotasining belgilangan darajadan og’ishiga sabab bo’ladi, natijada taxogenerator TG ning e.yu.k. si o’zgaradi. Taxogenerator TG ning zanjiriga reostat R1 ulangan. Reostat R1 dan olinadigan kuchlanish U0 taxogeneratorning kuchlanishi Utg ga qarshi ulangan. Buning natijasida kuchlanishlar farqi 8 = U0 - Utg hosil bo’lib, u kuchaytirgich K orqali reostat R ning harakatlanuvchi qismini siljituvchi motor M1 ga beriladi.
Kuchlanish U0 rostlanuvchi miqdorining topshiriqdagi qiymati - aylanish chastotasi ®0 ga, taxogeneratorning kuchlanishi Utg esa aylanish chastotasining joriy qiymatiga mos bo’ladi



a

b
v




    1. Download 323,23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 323,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mamayusupova zilola rasuljon qizi bitiruv malakaviy ishi

Download 323,23 Kb.