Mavzu: Noelektr kattaliklarni elektr usulida o’lchash. Reja




Download 210.43 Kb.
Sana07.07.2023
Hajmi210.43 Kb.
#76434
Bog'liq
Mavzu Noelektr kattaliklarni elektr usulida o’lchash. Reja
1671025227 (1), IQ тест namuna uzb, Jismoniy tarbiya fanidan test savollari

Mavzu: Noelektr kattaliklarni elektr usulida o’lchash.

Reja:

1.Noelektrik kattaliklarni o’lchash.


2.Xulosa.

Noelektrik kattaliklarni o’lchash.
Elektr o'lchash asboblari noelektrik kattaliklami o’lchashda ham keng qo’llanadi. Sababi elektr o’lchashlar juda aniq olib boriladi va o‘lchash qulaydir. Noelektrik kattaliklarga misol tariqasida bosim, harorat, avtomobilning tezligini keltirish mumkin. Bu kattaliklami elektr kattalikka — tok yoki kuchlanishga o‘zgartiruvchi mexanizm datchik deb ataladi. Avtomobilning tezligi taxogenerator bilan o’lchanadi. Taxogeneratorning (TG) o’qi ichki yonish dvigateliga (IYD) ulangan va demak, TGning chulg’amidagi EYK IYDning aylanish tezligiga proporsional bo’lib, quyidagi ifodadan aniqlanadi:
,
bunda: C — o’zgarmas koeffitsiyent;
n — IYD o'qining aylanish tezligi, ;
Ф — TGning magnit oqimi, o‘zgarmas magnit hosil qiladi.
Demak, voltmetrning ko‘rsatishi avtomobilning aylanish tezligiga proporsional ekan. Bunday asbob spidometr deyiladi. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin, masalan, haroratni o'lchash uchun termoparalar yoki termorezistor (termistor)dan foydalaniladi.
Induktiv va sig‘im datchiklari, silfon datchiklar ham amalda keng qo’llaniladi.
Qator hollarda o’lchash asboblarining o’lchash chegarasini kengaytirish zaruriyati tug’ilib qolsa, masalan o‘zgarmas tok zanjiridagi ampermetrning o’lchash chegarasini kengaytirmoqchi bo’lsak, o’lchash mexanizmiga parallel ravishda qarshilik ulanadi. Bunday qarshilik shunt qarshilikdeyiladi. Qarshilikning kattaligi yuqori aniqlik bilan beriladi, chunki aynan mana shu kattalik asbobning o’lchashdagi xatosini belgilab beradi. O’zgarmas tok zanjirida voltmetrning o’lchash chegarasi o’lchash mexanizmiga alohida qarshiliklarni ketma-ket ulab kengaytiriladi. Bu turli qarshiliklar qo’shimcha qarshilik Rqo’sh deyiladi. Har ikkala, ya’ni shunt qarshilik Rsh va qo’shimcha qarshilik Rqo’sh ham zavodda asbobga qo’shib beriladi. O’zgaruvchan tok zanjirlarida sboblarning o’lchash chegarasini kengaytirish uchun alohida o'lchash transformatorlaridan foydalaniladi. O’lchash chegarasini kengaytirishning aynan shu usuli elektr tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.
Har bir o’lchash asbobi qator shartli belgilarga ega. Bu shartli belgilar ayni o’lchash asbobini to'liq tavsiflab beradi va ulami ishlatishda qulaylik tug’diradi.



Xulosa.

O’lchash natijasida olingan ma’lumotlar haqiqiysiga taqqoslanadi. Har bir o’lchashda qandaydir xatolikka yo’l qo’yiladi. Bu xatolik o’lchash asbobining aniqlik sinfi bilan baholanadi.


O’lchash vositalarining ikki turi mavjud:
1. Ishchi o’lchash vositalari — bevosita texnik kattaliklarni o'lchash uchun foydalaniladi.
2. Namunaviy (andazali) ishchi o’lchash vositalari — o'lchash vositalarini tekshirish va nazorat qilish uchun foydalaniladi.
O’lchash asbobi ko’rsatgan kattalik va shu kattalik haqiqiy qiymatining ayirmasi absolyut xatolik deyiladi. Mutlaq xatolikning shu kattalik haqiqiy qiymatiga nisbati, foiz hisobida, nisbiy xatolik deyiladi. Absolyut xatolikning shu o’lchash asbobining mo’tadil kattaligiga, foiz hisobidagi nisbatiga absolyut xatolik deb aytiladi.
Elektr o'lchash asboblari noelektrik kattaliklami o’lchashda ham keng qo’llanadi. Sababi elektr o’lchashlar juda aniq olib boriladi va o‘lchash qulaydir. Noelektrik kattaliklarga misol tariqasida bosim, harorat, avtomobilning tezligini keltirish mumkin. Bu kattaliklami elektr kattalikka — tok yoki kuchlanishga o‘zgartiruvchi mexanizm datchik deb ataladi.
Download 210.43 Kb.




Download 210.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Noelektr kattaliklarni elektr usulida o’lchash. Reja

Download 210.43 Kb.