|
III BOB. Qishloq xo’jalik texnikalarini ta’mirlashni avtomatlashtirish
|
bet | 14/19 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 323,23 Kb. | | #261177 |
Bog'liq 3 bmiIII BOB. Qishloq xo’jalik texnikalarini ta’mirlashni avtomatlashtirish
3.1.Umumiy ma’lumotlar
Ta’mirlash jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish traktorlar, avtomobillar va boshqa qishloq xo’jalik texnikasini ta’mirlash muddatlarini qisqartiradi, tannarxini kamaytiradi ham da sifatini yaxshilaydi. Yuqoridagilarni qo’llash natijasida ta’mirlash jarayonida ish unumdorligi 2.. 5 marta ortishi mumkin.
Qishloq xo’jalik texnikasining zamonaviy mashina va agregatlar bilan ta’minlanishi texnik xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash va mashinalarni ta’mirlash muddatini qisqartirish masalalarini keltirib chiqardi. Buning uchun ta’mirlash korxonalarida ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etish va avtomatlashtirish vositalarini keng qo’llash yaxshi samara beradi.
Qishloq xo’jalik texnikasini ta’mirlash texnologik jarayonlari bu erdagi uskunalarning turlicha bo’lishi bilan har akterlanadi. Bu holda tashxislas jarayonlarini avtomatlashtirish alohida aham iyatga ega, chunki bu jarayon agregatning ishga yaroqliligini, mashinaning ishdan chiqish sabablari, ta’mirlash ishlarining xajmini aniqlab beradi.
Ta’mirlash jarayonida detallarni ajratish, yuvish, ularning ish qobiliyatini tiklash ham da ta’mirlash jarayonidan keyin yig’ish, qayta tekshirish jarayonlari juda katta mexnat talab qiladi. Ta’mirlash ustaxonalarida stanoklar, programmali boshqaruvga ega bo’lgan metall kesuvchi stanoklar keng qo’llanadi. Bundan tashqari turli klapanlarni tozalovchi va tekislovchi, metall listlar va trubalarni kesuvchi, rezbalar ochuvchi universal stanoklar va boshqa uskunalar mavjud.
Detallarni yuvish va tozalash, ularni galvaniq qoplamlar bilan qoplash, ta’mirlangan mashinalarni yig’ilgandan keyingi tekshirish vazifalari kompressorlar ham da gidravlik qurilmalar, maxsus stendlar yordamida amalga oshiriladi.
Stanoklarni avtomatlashtirish uchta vazifani xal qilishga bog’liq: detallarni yuklash jarayonini avtomatlash, u detallarni joylashtirish va chiqarib olish jarayonlarini ham da stanok mexanizmlarining ishchi, salt yurishini avtomatlash.
Birinchi vazifa turli yuklash moslamalaridan foydalanish, ikkinchisi- uzatish moslamalariga ega bo’lgan avtomatlashtirish vositalaridan foydalanish, uchinchisi esa stanokning ishchi organlarini programmali boshqarish asosida amalga oshiradi.
|
| |