Tarkibiy kattaliklar bo’yicha tashxislash




Download 323,23 Kb.
bet16/19
Sana07.06.2024
Hajmi323,23 Kb.
#261177
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
3 bmi

Tarkibiy kattaliklar bo’yicha tashxislash. Tarkibiy kattaliklar bo’yicha tashxislash eng oddiy usullardan xisoblanadi. Bu usul bilan detallarning ishdan chiqish holati ularning geometrik o’lchamlarining emirilish darajasi, detallarning birlashish oraliqlari, richaglarning surilishi, shu bilan birga ishchi xajmlarning mustaxkamligining o’zgarishi (yonish kamerasi, plunjer juftlari, zolotniklar, boshqarish silindrlari va boshqalar) asosida aniqlanadi. Bu holda mashinalar va ularning detallari alohida qismlarga ajratiladi va tashxislash jarayoni mashinalarning ishchi holati xaqida yuqori aniqlik bermaydi.
Ish jarayoni kattaliklarini o’zgarishi bo’yicha tashxislash ichki yonuv motorlari bo’yicha bajariladi. Bunday kattaliklar moylash tizimidagi yog’ning, ishlangan gazlarning qizish har orati, kollektordagi ishlangan gazlar va xavo bosimining tebranish amplitudasi, isitish asboblaridagi yoqilg’i bosimi amplitudasining tebranishi, ishlangan gazlarning tarkibi analizi natijalari kiradi. Bu usulda tashxislash ancha engil, lekin kichik aniqlikka ega.
Yuqorida keltirilgan tashxislash usullarining barchasida tashxislovchi operator ishtirok etadi. Avtomatik tizimlarda tekshirishning boshidan oxirigacha barcha vazifalar texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Tashxislashning avtomatlashtirilgan tizimlarida elektron asboblar asosida tuzilgan akustik tebranuvchi ham da spektrofotometrik usullar qo’llanadi.
Akustik tebranuvchi tashxislashda akustik signallar (shov-qin va tebranishlar) amplitudasi va tavsifi aniqlanadi. Akus-tik tebranuvchi tashxis usuli agregatning normal ish holatida hosil bo’ladigan turli akustik signallar orasidan paydo bo’lgan chetga chiqishlarni ajratib olishga asoslangan. Boshqacha so’z bilan aytganda, murakkab tebranishlar orasidan axborot beruvchi signalni ajratib olish lozim. Buning uchun ma’lum ishdan chiqishlar asosida paydo bo’lgan tebranishlarning sabablari, chastotasi va quvvatini aniqlovchi spektr analizli asboblardan foydalaniladi.
Akustik tashxislash tizimining funksional sxemasidan ko’rinadiki (3.2.1- rasm), tashxislash ob’ektida (TO) akustik tebranishlarni aniqlovchi birlamchi o’zgartkich (BO’) o’rnatiladi. Undan chiquvchi elektrik signal kuchaytirgichga (K) uzatilib, so’ngra analizatorda (A) tekshiriladi. Analizatorning chiqish qismida akustik tebranishlarning tashkil etuvchilari ajratiladi va o ‘zgaruvchan kuchlanish ko’rinishida kvadratorga (K) beriladi, undan so’ng signal integratordan (I) o’tib, o’lchov asbobiga (O’A) uzatiladi. Akustik tashxislash usuli xozirgi zamon qishloq xo’jalik texnikasini tashxislashning eng yangi usullaridan xisoblanadi.




3.2.1-rasm. Akustik tashxislash tizimining funksional sxemasi
Texnik tashxislashning spektrofotometrik usuli moydagi maxsulotlarning yemirilish tarkibini elektr yoyida hosil bo’ladigan nurlanish spektrini o’lchashga asoslangan.
Spektrlarni rasmga tushirilib, so’ngra maxsus spektrogrammalar yoki EXMlar yordamida aniqlanadi. Xozirgi zamon maxsus avtomatik asboblar yordamida bir marta shunday analiz o’tkazish uchun 3..4 minut vaqt sarf bo’ladi. Davriy ravishda ma’lum muddat ichida o’tkazilgan tekshirishlar natijasida tashxislash ob’ektining emirilish intensivligi grafigi ko’riladi va uning ishga yaroqlilik holati aniqlanadi.
Spektrofotometrik usullarda xatoliklar ko’proq bo’ladi (±10...15%). SHuning uchun bu usuldan mashinaning texnik holatini ekspress-birlamchi baholash usuli uchun tavsiya etish mumkin, natijaviy tashxislash aniq usullar bilan amalga oshiriladi.



Download 323,23 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 323,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarkibiy kattaliklar bo’yicha tashxislash

Download 323,23 Kb.