|
11-ma’ruza. Quduqni elektrodiafragmali nasoslar yordamida ishlatish
|
bet | 1/2 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #105243 |
Bog'liq 11-ma\'ruza-1
11-ma’ruza. Quduqni elektrodiafragmali nasoslar yordamida ishlatish.
Neft konlarini ishlashning asosiy xarakterli xususiyatlaridan biri kichik debitli quduqlar soniningning ortib borishdir. Bunday quduqlarni ishlatishda keng qo‘llaniladigan usullardan biri bu shtangali nasos qurilmalaridir. Quduq tanasining katta qiyshayishida va suvlanganligi ortganda, shu bilan birgalikda qazib olinayotgan mahsulot tarkibida mexanik qo‘shimchalar ko‘p bo‘lganda ShChN qurilmasi bilan jixozlangan quduq plunjer silindirga ushlanib qolishi yoki nasos plunjerining yeilishi, nasos quvuri va shtangalarining uzilishi tasirida debiti kamayadi. Bunday ishlatish shartlari uchun shtangasiz nasoslar tarkibiga kiruvchi elektrodiafragmali nasoslar ishlab chiqilgan.
Diafragmali nasoslarning ajralib turadigan tomanlaridan biri bu, uning ish bajaruvchi qismlarining haydaladigan muhitdan elastik diafragma bilan ajralib turishidadir. Bu qism toza suyuqlik bilan to‘ldirilgan zichlangan bo‘shliqda ishlaydi.
Diafragmali nasoni ta’sir prinspi bo‘yicha porshenli nasos bilan solishtirilganda, ish jarayoni haydaladigan suyuqlikni so‘rish va haydash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Turli xil cho‘ktirma diafragmali nasoslar qator belgilari bo‘yicha tavsiflanadi:
Diafragmani borib qaytish harakatini yuzaga keltirish usuli bo‘yicha: mexanik uzatmali, gidrouzatmali;
Diyafragmalari tuzilishi bo‘yicha:
Yer yuzasidan nasosga uzatiladigan energiya turi bo‘yicha: elktroenergiya bilan ishlaydigan va gidravlik energiya bilan ishlaydigan; tekst, silindrik sil’fonli;
14.2. Neft quduqlarini purkovchi nasoslar yordamida ishlatish
Purkovchi nasosni birinchi marta AQSh da 1940 yillarda ishlatilgan. 1975 yilda 580 metrdan 2900 metrgacha tushirilgan, qazib olish ko‘rsatkichi 33 dan 160 m3/kecha–kunduz bo‘lgan 200 ta purkovchi nasoslarlar ilshlatilgan. Hozirgi kunda
AQSh firmalari tomonidan qatlamni sinash va o‘zlashtirishda (“Triko Industries” firmasi), yqori gazfaktor va mexanik qo‘shimchali neftlarni qazib olishda (“Dresser
Industries” firmasi), gorizontal quduqlar va yuqori qovushqoq dengiz neftni qazib olishda (“Jet Produktion Sustems”, “KOBЕ”, “National Oil Well”, “Guiberso” firmalari) va quduqlarni qum tiqinlaridan tozalashda (“Nowsco”) purkovchi nasoslardan foydalanilmoqda.
Shu bilan birgalikda purkovchi nasos qurilmalari avtomabil yo‘llari bo‘lmagan va elektoenergiya yetib bormagan konlarni ishlatishda ham qo‘l keladi.
Chet eldan keltiriladiga purkovchi nasoslar usti jixozi bir yoki birnecha quduqlarga mo‘ljallangan bo‘lib, kuchli nasoslar bloki, ishchi suyuqlik uchun idish, ishchi suyuqlikdan mexanik qo‘shimchalarni tozalash uchun gidrosiklon apparatlardan tashkil topgan bo‘ladi. Qazib olinadigan suyuqlikda gazni ajratish maxsus idish (“Dresser Industries” firmasi ishlab chiqargan “Econodraulic” qurilmasi), yoki ishchi suyuqlikni saqlovchi va gazajratgich funksiyasi birlashgan idish orqali amalga oshiriladi. Yer usti jixozlari komponovkasiga tozalangan ishchi suyuqlikni gidrosiklon orqali aylantiruvchi naporli nasos kiradi.
Cho‘ktirma jixoz stasionar yoki o‘rnatiladigan purkovchi nasos, bir qatorli quvurlar tizmasi paker bilan yoki ikki qatorli ko‘targichlardan (parallel yoki konsentrik osilgan) tashkil topgan bo‘ladi.
Sobiq ittifoq davrida purkovchi nasos 1958 yilda Ozarbayjonda qo‘llanilgan. Bu nasoslar asosan quduqni qum tiqindan yuvish uchun qo‘llanilgan. I.M.Gubkin nomidagi Moskva neftximya instituti tomonidan gaz energiyasidan maksimal foydalanib suyuqlikni samarali ko‘tarishga mo‘ljallangan MQENQ–PNQ ishlab chiqildi. Institutda suyuqlikni jadallashtirib qazib olish qurilmasi, shuningdek murakkab sharoitlarda (kichik dinamik sathda, yuqori gaz faktorli, qazib olinadigan suyuqlikda mexanik qo‘shimchalar mavjudligida va gidrat hosil bo‘lishida) quduqni ishlatish uchun mo‘ljallangan purkovchi nasos qurilmasi ishlab chiqilgan. Bunday nasoslarning birinchi namunalari 1969 yilda G‘rbiy Sibirdagi “Shaimneft” neftgaz qazib olish boshqarmada qo‘llanilgan.
Hozirgi kunda berilgan turdagi nasoslarni ishlash, sinash va sanoat miqiyosida tadbiq etish bo‘yicha bir qancha firmalar ishlamoqda(ОКB BN, “NАМ i К0”, “KОNТЕКS” va bosh.) Misol tariqasida PNQ texnik tavsifi va ishlatish shartlari quyida keltirilgan.
“NАМ и К0” ZАО turidagi purkovchi nasos qurilmasi
Mahsuldorligi, m3/kecha–kunduz........................................300 gacha
Ishchi suyuqlik, MPa...........................................................20 gacha
Nasosdan chiqishdagi bosim, MPa ....................................10–26
Aralashtirish koeffisiyenti...................................................0,2–1,2
Ishchi suyuqlik ...................................................................Neft, suv, suv neft aralashmasi
Maksimal harorat, oC...........................................................140
NKQ diametri, mm ..............................................................73
Quduq diametri, mm ...........................................................146, 168
Nasos diametri, mm ............................................................107
Pakersiz og‘irligi, kg............................................................50
Xizmat muddati, yil, kam emas............................................8 Purkovchi nasosni almashtirish o‘rtacha davomiyligi, soat,
ko‘p emas..............................................................................3
Ichki diametri, mm:
almashinuchi nasadkalar......................................................2–6 almashinuchi aralashtiruch kamerasi...................................3–8
ОКBN turidagi purkovchi nasoslar
Nasos diametri, mm………………………………………....90
Tushirilish chuqurligi, m .......................................................1000 gacha
Ishchi suyuqlik sarfi, l/s ........................................................1,6–1,85
Ishchi suyuqlik sarfi, MPa.....................................................8–17
Ishchi suyuqlik .....................................................................Neft, suv
Sopladagi ishchi suyuqlik bosimi, MPa................................4–9 Sopladagi ishchi suyuqlik bosimidan injektirlanuchi suyuqlik tirgagini samarali ko‘rsatkichi, %...........................7,5 Injeksiy koeffisienti...............................................................0,56–0,64
Bosimlar nisbati (purkovchi va yer usti nasoslar) ................0,498
FIK, %...................................................................................30,8–31,8 Purkovchi nasos qurilmasining boshqa turdagi nasos qurilmasidan yaxshi tomonlari quyidagilar sanaladi:
quduq jixozlarining ixchamligi va oddiyligi; harakatlanuchi qismlari, kabeli va nasos shtangalari yo‘qligi; quduq jixozlarining yuqori ishonchliligi va ta’mir oralig‘i kattaligi; quduqdan qazib olishni boshqarishning oddiyligi; yer osti ta’mirisiz nasosni almashtirish mumkinligi; quduqqa kerakli reagent va issiqlik energiyasini ishchi suyuqlik bilan uzatilishi
mumkinligi; quduq tubiga ichi jixozlarini ko‘tarmasdan kirib borish mumkunligi; quduqda gidrodinamik tadqiqot o‘tkazib, qazib olishni optimallashtirilishi; qazib olish ko‘rsatkichi 10 m3/kecha–kunduz bo‘lgan kichik debitli quduqlarni
ishlatilishi;
qazib olish ko‘rsatkichi 150 m3/kecha–kunduz gach bo‘lgan quduqlarda
suyuqlikni ko‘tarish uchun minimal energiya sarflanishi; murakkab sharoitlarda quduqni ishlatish (yuqori haroratda, yuqori gaz
faktorida, neftning gaz bilan to‘yinish bosimining yuqori bo‘lganda, haydaladigan suyuqlikning yuqori qovushqoqligida, katta chuqurlikda, tuzli va parafinli holatda, qum miqdori ko‘pligida, kollektorning o‘tkazuchanligi past bo‘lgan holatda, suyuqlikning qatlamdan nobarqaror oqimida, quduqning katta qiyshayigan holatida).
Purkovchi nasosning yaxshi tomonlari bilan birgalikda kamchiliklari ham mavjud: jixozlarining qimmatligi (bir xil sharoitda ShNQ dan 2,2 marta, MQChENQ dan 1,5 marta); xizmat ko‘rsatish uchun yuqori malakali xodimlarning jalb qilinishi kerakligi.
Barcha purkovchi nasos qurilmalarning ishlash prinspi bir xil bo‘ladi. Ishchi suyqlik yuqori bosim ostida soploga uzatiladi va yuqori tezligikda oqib o‘tadi (300 m/s). Bunda siyraklanish hududi hosil qilinadi va qazib olinadigan suyuqlik kirish joyi orqali diffuzorga so‘riladi. Diffizor diametri soplo diametridan bir necha marta (4–6) katta bo‘ladi va shuning uchun suyuqlik tezligi tezda kamayadi. Teskari jarayon yuzberadi, ya’ni suyuqlikning yer yuziga ko‘tarilishidagi knimatik energiyasi potensiyal energiyaga aynaladi.
Purkovchi nasoslar cho‘ktirma elektronasoslardan boshqacha tavsifga ega bo‘ladi. 14.1–rasmda soplodagi bosimga bog‘liq bo‘lgan tavsifi keltirilgan.
Ma’lum o‘lchamdagi sopla va har–xil o‘lchamli bo‘g‘izda tavsifi turlicha bo‘ladi. Katta bo‘g‘izli holatda
2–R=0,38,
|
| |