Kompetensiya




Download 59.35 Kb.
bet1/4
Sana30.08.2023
Hajmi59.35 Kb.
#79842
  1   2   3   4
Bog'liq
doklat
Hujjat, QISHKI OLIMLIADA O\'YINLARI (1924-HOZIRGI DAVRGACHA)., Professional buxgalteriya amaliyoti mustaqil Xo’jalik hisobi, uning mohiyati va ahamiyati....., Bildirishnoma. Psixologiya. 31.05.23, 3 -asr inqirozi, Akhrorov Khurshid Khamidovich 1, 3- ASR INQIROZI yuzi, yoldosheva nilufar, Sardorbek Mirzayev 1-1Mi-21(1), Sardorbek Mirzayev 1-1MI21, 3-mavzu, Scan 17 yan 23 · 01·54·53, 2-kurs Matematika yo’nalishi talablari uchun “Falsafa” fanidan o, Xorijiy Sharq mamlakatlarining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi

KOMPETENSIYA
-kompetentsiya-bu insonning imkoniyatlari, kompetentsiya-bu har qanday faoliyat sohasida bilimga ega bo‘lgan insonning shaxsiy fazilati;
bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;
malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
Kommunikativlik kompetensiyasi – ijtimoiy vaziyatlarda muloqotga kirisha
olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni,
hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda
tutadi.
Ijtimoiylik kompetensiyasi- ta’lim jarayonidagi hodisalarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlilik kompetensiyasi – media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi
Tadqiqotchi N.K.Suleymanovaning yozishicha, “Kasbiy kompetentlik-bu uzluksiz o‘zini rivojlantirish va takomillashtirish sharoitida o‘z kasbiy xarakteristikasini, kasbiy-pedagogik faoliyatini o‘zining individual ishlash uslubi asosida xolis baholay olishga qodir hamda kasbiy pedagogik faoliyatni egallashga yordam beruvchi shaxs integrativ sifatining uzoq kechadigan jarayoni bo‘lib, kasbiy o‘sish va o‘zligini ko‘rsata olishga intilish demakdir”. Tadqiqotchi E.Terhart esa kasbiy pedagogik kompetensiyani “zarur kasbiy bilimlar, kasbiy malaka va kasbiy etika birligi” sifatida baholasa, G.Niedermairning fikricha esa, “kompetentlik” funksional ravishda konkret pedagogik vaziyatlar, shu jumladan, pedagogning ziyoliligi va uning kasbiy etikasi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.
A.R.Jo‘rayevning tadqiqot ishida bo‘lajak kasbiy fanlar o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari (hisoblash-grafik, texnologik-loyihalash, ijodiy konstruktorlik)ni shakllantirishga qaratilgan “logically confusing chain” va “ideological heuristic scale” kabi interfaol o‘qitish metodlarini virtual reallik qonuniyatlari asosida ishlab chiqish orqali umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan

Download 59.35 Kb.
  1   2   3   4




Download 59.35 Kb.