• Darsning turi
  • Darsning borishi
  • 39-dars sana: 7-sinf Mavzu: mexanik ish darsning maqsadi




    Download 19,41 Kb.
    bet1/2
    Sana16.02.2024
    Hajmi19,41 Kb.
    #157442
      1   2
    Bog'liq
    7-sinf-fizika. dasrs ishlanmam


    39-dars sana: 7-sinf
    Mavzu: MEXANIK ISH

    Darsning maqsadi. a) Kundalik turmushdagi ish bilan mexanik ishni bir biridan farqlash. Mexanik ish haqida o’rganish . Ish birligi va uni turlarini o’rganish. Ma’lumotlardan kundalik hayotda foydalanish. b) Aqliy tarbiya berish s) Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
    Darsning turi: Yangi bilim berish.
    Darsning shakli: Yangi fizik kattaliklar va fo’rmulalarni o’rganish.
    Darsning usuli: Suhbat.
    Dars jihozlari: darslikning 39-§ matni. Qo’shimcha qo’llanmalar. Krassvord
    Dars rejasi:
    1. Tashkiliy qism (3 minut). 2. O’tilgan mavzuni takrorlash (10 minut). 3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut). 4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (10 minut). 5. Uyga vazifa berish (2-3 minut)
    Darsning borishi:
    1. Tashkiliy qism: 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. Reaktiv harakat haqida. Raketa tuzulishi haqida. Raketani harakatga kelishi.
    3. Yangi mavzuning bayoni: Yangi mavzu bayonining rejasi. 1.Kundalik hayotimizda mexanik ish 2. Mexanik ish haqida. 3. Mexanik ish va uning turlari (1Joul 1kj 1Mj) 4. Ta’sir kuchining mexanik ishi 5. Darslikdan qanday foydalanish haqida suhbatlashish
    Yangi mavzuni bayon etish Kundalik hayotimizda ish deganda ishchi, muhandis, olimlarning foydali mehnatini tushunamiz. Lekin olimning qancha ish qilganligini o‘lchab bo‘lmaydi. Shuning uchun fizikada faqat o‘lchab bo‘ladigan kattalik – mexanik ish o‘rganiladi. Arava unga ulangan otning tortish kuchi ta’sirida ma’lum masofaga yurdi. Og‘zi tiqin bilan berkitilgan suvli shisha idish qizdirilganida uning ichidagi bosim kuchining oshishi natijasida tiqin otilib chiqib, ma’lum masofaga borib tushadi, ya’ni mexanik ish bajariladi. Kuch ta’sirida jismning tezligi kamaygan hollarda (masalan, ishqalanish kuchi) ham ish bajariladi. Agar bor kuchimiz bilan shkafni surishga harakat qilsak, u esa qo‘zgalmay joyida turaversa, hech qanday mexanik ish bajarilmaydi. Jism o‘z inersiyasi bilan doimiy tezlikda harakatlanayot F kuch ta’sirida jism ning s masofaga ko‘chishi
    Saqlanish qonunlari gan va unga kuch ta’sir etmayotgan bo‘lsa, u hech qanday mexanik ish bajarmaydi. Demak, mexanik ish bajarilishi uchun jismga kuch ta’sir etishi lozim va bu kuch ta’sirida jism ma’lum masofaga siljishi kerak. Masalan, tekis sirtda turgan jismga F kuch ta’sir etganda, u shu kuch yo‘nalishida to‘g‘ri chiziq bo‘ylab s masofaga ko‘chsin. Bunda A mexanik ish bajariladi
    A = F . s. (1)
    Mexanik ish kuch va shu kuch yo‘nalishida jism bosib o‘tgan yo‘lning ko‘paytmasiga teng.
    Jismga qancha katta kuch ta’sir etsa va bu kuch ta’sirida jism qancha katta masofani bosib o‘tsa, bajarilgan ish ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Mexanik ish qo‘yilgan kuchga hamda bosib o‘tilgan yo‘lga to‘g‘ri proporsionaldir. Xalqaro birliklar sistemasida ishning birligi – Joul (J). Bu birlik nomi ingliz fizigi Jeyms Joul sharafiga qo‘yilgan.
    1 J – bu 1 N kuch ta’sirida jismni 1 m masofaga ko‘chirishda bajarilgan ishga teng.
    Amalda ishning boshqa birliklari — kilojoul (kJ), megajoul (MJ), millijoul (mJ) ham qo‘llaniladi. Ishning bu birliklari bilan asosiy birligi orasida quyidagi munosabat mavjud: 1 kJ = 103 J; 1 MJ = 106 J; 1 mJ = 10–3 J. Mexanik ish kuch ta’sirida bajarilgani uchun, u kuchning ishi deb ham yuritiladi. Mexanik ish skalyar kattalikdir.


    Download 19,41 Kb.
      1   2




    Download 19,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    39-dars sana: 7-sinf Mavzu: mexanik ish darsning maqsadi

    Download 19,41 Kb.