|
Ta’sir kuchining mexanik ishi
|
bet | 2/2 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 19,41 Kb. | | #157442 |
Bog'liq 7-sinf-fizika. dasrs ishlanmamTa’sir kuchining mexanik ishi
Mexanik ishning (1) formulasi jismga ta’sir etayotgan kuch va jism- ning ko‘chishi bir xil yo‘nalishda bo‘lgan hol uchun o‘rinli. Masalan, jism F = 5 N kuch ta’sirida shu kuch yo‘nalishida s = 20 sm masofaga ko‘chgan bo‘lsin. U holda bu kuchning bajargan ishi A = 5 N ⋅ 0,2 m = 1 J ga
Energiyaning saqlanish qonuni teng bo‘ladi (129-a rasm). Agar kuch yo‘nalishi jismning harakat yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lsa, bu kuch musbat ish bajargan bo‘ladi. Lekin kuch yo‘nalishi jismning harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘lsa (masalan, sirpanish yoki ishqalanishda), bu kuch manfiy ish bajargan bo‘ladi: A = –Fs. Agar kuchning yo‘nalishi jism harakatining yo‘nalishida bo‘lmasa, mexanik ishning qiymati qanday aniqlanadi? Jismga ta’sir etayotgan kuch jismning ko‘chish yo‘nalishi bilan ma’lum burchak tashkil etsa, ta’sir etayotgan kuchning ko‘ chish yo‘nalishiga proyeksiyasi – tashkil etuvchisi oli nadi. Ma sa lan, jismga F = 5 N kattalikdagi kuch ko‘rsatilgandek burchak ostida ta’sir etib, jism shu kuch ta’sirida 20 sm masofaga ko‘chsin. Rasmdan ko‘rinadiki, bu kuchning ko‘chish yo‘nalishiga proyeksiyasi Fpr = 4 N ni tashkil etadi. U holda bu kuchning bajargan ishi A = 4 N · 0,2 m = 0,8 J ga teng. Jismga ta’sir etayotgan kuchning yo‘nalishi bilan ko‘chish yo‘nalishi orasidagi burchak orta borishi bilan F kuchning Fpr proyeksiyasi kamayib boradi. Bu esa kuchning bajargan ishi ham kamayib borayotganligini ko‘rsatadi. Masalan, rasmda jismga ta’sir etayotgan F = 5 N kuchning yo‘nalishi bilan ko‘chish orasidagi burchak rasmdagidan kattaroq bo‘lgani uchun u ning proyeksiyasi kichik, ya’ni Fpr = 3 N ni tashkil etadi. Bu holda kuchning bajargan ishi A = 3 N · 0,2 m = 0,6 J ga teng bo‘ladi. Jismga ta’sir etayotgan kuchning yo‘nalishi bilan ko‘chish yo‘nalishi orasidagi burchak yanada oshirilsa, kuchning proyeksiyasi va buning natijasida, kuchning bajargan ishi nolga yaqinlasha boradi. Kuchning yo‘nalishi ko‘chish yo‘nalishi bilan 90° ni tashkil etsa, kuchning ko‘chish yo‘nalishiga proyeksiyasi nuqtani, ya’ni nolni tashkil etadi Bu esa jismga ta’sir etuvchi kuch, ko‘chish yo‘nalishiga perpendikulyar yo‘nalgan bo‘lsa, ish bajarilmasligini ko‘rsatadi.
4. Mustahkamlash: 1.Mexanik ish deb nimaga aytiladi? Ishni birligi nima? 1kJ qancha joulga teng. Mashinada ketayotgan odam ish bajarayotgan odam deb hisoblasak bo’ladimi. Ish birligi 1Joul kim sharafiga qo’yilgan. 2. Mavzuga oid krassvord. 3. Mavzuga oid 1ta masala yechish.
5. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish. Mavzu oxiridagi savollarga javob topish. 26-mashqdagi masalalarni ishlash.
|
| |