Annigilyatsiya bf-1902 guruh talabasi




Download 5.55 Mb.
Sana01.05.2023
Hajmi5.55 Mb.
#55271
Bog'liq
Annihilation
Mullajonova Nargiza, РЕЦЕНЗИЯ 2023 (1) — копия, анализ

Annigilyatsiya
BF-1902 guruh talabasi
Ikbalova Muxlisaxon
Pozitron emssiya jarayoni β-parchalanishning turlaridan biri bo’lib, -parchalanish deb nomalanadi. Pozitron emissiya jarayonida yadroda proton neytronga aylanishi natijasida musbat zaryad chiqib yadroni barqarorlashtiradi. Shu sababli, yadro zaryadi birga kamayib, bir element boshqasiga aylanadi.
parchalanish natijasida hosil bo’ladigan pozitron to’qima kabi elektronga boy material yoki muhitda juda qisqa yashash vaqtiga ega. Ular to’qima atomlari elektronlari bilan noelastik to’qnashishi natijasida o’zining kinetik energiyasini tez yo’qotadi. Energiyasining katta qismi tarqalishi bilan birga (odatda, energiyasiga qarab sm) pozitron elektron bilan birlashib, pozitroniy deb nomlanuvchi vodorodga o’xshash holatni hosil qiladi va bu jarayon sekundgina, elektron va pozitron massasi elektromagnit energiyaga aylanadigan annigilyatsiya deb ataladigan jarayon sodir bo’lgunga qadar davom etadi. Bu jarayon sodir bo’layotgan vaqtda elektron va pozitron tinch holatda bo’ladi, shu sababli ham energiya asosan zarrachalar massasidan kelib chiqadi va massa energiyaga ekvivalentligi ifodasidan hisoblanishi mumkin:
Pozitroniy atomlari parchalanganda elektron va pozitron annigilaytsiyalanadi va energiya va impuls saqlanishini ta’minlagan holda, ularning o’rniga energiyasi 511 keV bo’lgan 2 ta gamma kavntlar hosil bo’ladi. Bu gamma-kvantlar qarama-qarshi yo’nalishda, ya’ni 180 gradus ostida yo’nalgan bo’ladi. Ushbu fotonlar jismdan tashqariga osongina chiqib ketadi va ularni tashqi detektorlar qayd qilishi mumkin. 2 tadan ortiq fotonlar chiqariladigan yuqori tartibli annigilyatsiyalar mavjud, lekin annigilyatsiyalarning taxminan 0,003% da sodir bo’ladi.
Annigilyatsiya jarayoni bir qator muhim xususiyatlarga ega:
  • Annigilyatsiya fotonlari energetik fotonlar bo’lib, detektor tomonidan yuqori aniqlikda qayd qilish imkoniyati mavjud.
  • Ikkala foton ham geometrik aniqlikda chiqadi. Bu esa organimzga kiritilgan radioaktiv atom qayerga borib joylashganligi haqida yaxshi ma’lumot bera oladi.
  • Barcha pozitron chiqaradigan radionuklidlar, ishtirok etuvchi element yoki pozitronlarning energiyasidan qat’i nazar, oxir-oqibat ikkita qarama-qarshi yo’nalishdagi energiyasi 511 keV bo’lgan fotonlarning chiqishiga olib keladi.

  • Annigilyatsiya fotonlari elektromagnit spektrning gamma-nurlari mintaqasiga tushganligi sababli, annigilyatsiya fotonlari haqida gap ketganada, fotonlar va gamma-nurlar atamalari ko’pincha bir-birining o’rnida ishlatiladi. Annigilyatsiya fotonlari texnik jihatdan to’g’ri atamadir, chunki nurlanish to’g’ridan-to’g’ri yadrodan kelib chiqmaydi. Biroq, annigilyatsiya fotonlarining xususiyatlari 511 keV energiyaga ega gamma-nurlari bilan mutlaqo bir xil. Terminologiyadagi farq ularning turli xil kelib chiqishini aks ettiradi.

THANK YOU
Download 5.55 Mb.




Download 5.55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Annigilyatsiya bf-1902 guruh talabasi

Download 5.55 Mb.