• Fayzullayev Y.S Qabul qildi: Yuldasheva R.D Qarshi 2023 Matn turlari va tarkibi. Taqriz yozish
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali akademik yozuv fanidan




    Download 1,78 Mb.
    Sana20.12.2023
    Hajmi1,78 Mb.
    #125584
    Bog'liq
    5-mustaqil ish akademik yozuv Fayzullayev Yusuf


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    QARSHI FILIALI



    AKADEMIK YOZUV FANIDAN
    5-MUSTAQIL ISHI
    MAVZU: Taqriz yozish

    Bajardi: KI 14-23 GURUH TALABASI
    Fayzullayev Y.S
    Qabul qildi: Yuldasheva R.D


    Qarshi 2023
    Matn turlari va tarkibi.
    Taqriz yozish

    Bular adabiy-badiiy taqriz, teatr taqrizi, kinossenariy taqrizlar shuningdek, janrlar orasida ham turlari mavjud. Masalan, taqriz-maqola, taqriz-ocherk, taqriz-reportaj va h.k. Ammo qaysi taqriz turini olib qaramang ularga taalluqli bo‘lgan umumiy talabalar mavjud.Taqrizning asosini, tadqiq qilayotgan asarning tahlili tashkil etadi. Imkon qadar shu tahlil har tomonlama bo‘lishi kerak. Aytaylik, biror film haqida taqriz yozganda, taqrizchi butun e’tiborni filmni ssenariysiga qaratib, uning mukammal chiqqani filmning qimmatini belgilanganini aytish filmning qimmatini belgilanganini aytish noto‘g‘ri. Bu erda rejissura, ijrochilik mahorati, kostyumlarning tanlanishi, musiqaning mos tushganligi–shularning bari bir butunligining uyg‘unligi filmni muvaffaqiyatini ta’minlanganini taqrizchi batafsil ko‘rsatib berish kerak.


    Taqrizchi ko‘pincha, badiiy asarlarga taqriz yozganda, uning mazmunini o‘quvchiga hikoya qilish bilan cheklanib qoladi. Bu ham noto‘g‘ri. Aslida taqrizchi asarda aks etgan ijtimoiy hayotda yoki adabiyotdagi, san’at orasidagi yangilik uchragan biror yangi hodisa bilaen tanishishi kerak.
    Taqrizchi yozmoqchi bo‘lgan taqrizida asar haqida aytmoqchi bo‘lgan fikrida o‘zining aniq pozitsiyasini bilib olishi kerak. Agar asarning to‘g‘ri kelgan joyida olib, tahlil qilishga harakat qilsa, u o‘quvchini o‘z qarashlariga, bergan bahosining to‘g‘ri ekanligiga ishontira olmaydi. Taqrizchining vazifasi o‘zi tushunarsiz narsani tushuntirish, noaniq narsani aniqlashtish, murakkab narsani soddalashtirishdir.
    Ko‘p hollarda taqriz yozayotgan tanqidchi publitsistik asarning to‘g‘ridan to‘g‘ri tanqid qiladi.
    Aslida, o‘quvchining e’tiborini jal qilish to‘g‘ri gapirish kerak. Bu erda faqat haqqoniy tanqidni hal qiluvchi rol o‘ynamaydi, balki shu bilan birga tanqidchining qarashlarini aniqligi va o‘zining pozitsiyasi ham juda muhim hisoblanadi.
    Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi o‘rnini aniqlash, yutuq va kamchiligini ko‘rsatish, fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni ko‘rsatadigan, uning yozuvchi ijodida tutgan o‘rnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S. Sayyidning “So‘z yo‘li” ikki jildli saylanmasiga shoir Mahmud Toirning (2009, №14) “Yog‘du ichra gullagan so‘z” deb nomlangan taqrizida buni ko‘rish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, she’rdan olgan taassurotlarini ifodali tarzda bayon etadi. Taqriz sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yog‘du ichra gullagan so‘z – she’r bo‘ladi. Bunday she’rning mazasi dardingga malham bo‘ladi… She’rdagi otash – so‘zdagi otash. Ochiq ko‘z bilan otashga o‘zini otgan odam – shoir bo‘ladi”. She’rdan ta’sirlangan bunday qalb izhorlarini o‘qigan kitobxon beixtiyor shoir she’rlariga qiziqib qolganini sezadi. Taqrizda “Saylanma”ning mundarijasi haqida so‘z yuritilmaydi, balki S. Sayyid she’rlari o‘ziga xos sharhlanadi, tahlil etiladi, shu orqali baholanadi. Shoir uslubining o‘ziga xos tomonlari ochiladi. Masalan: “Sirojiddin siylagan so‘zlarning bittasi – ayvon…”. (Keyin ayvon so‘zi izohlanadi – Sh. A.) “Uyingizning ayvoni – umringizning ayvoni… Shoir bejizga “Onam ayvonidan keldingmi, bahor?” deya entikmaydi. Yoki ota uyining devorlarini dil bilan oqlab berishni xayol qilish shoirona jununlik emas. Balki ota-ona oldidagi farzandlik mas’uliyatini his qilishning yorqin e’tirofidir”. Ijodkor she’rlariga ana shunday shoirona baho berish bilan taqriznavis ikki muddaoga erishgan: birinchidan, o‘quvchiga yangi va yaxshi kitob haqida yetarli ma’lumot berib, uni she’riyatga oshno etmoqda, ikkinchidan, taqrizning vazifalarini to‘liq bo‘lmasa-da, bajarmoqda. Tilga olingan taqrizlarda, birinchidan, yangi e’lon qilingan asar tahlilining mavjudligi, ikkinchidan, mazkur asarga adabiy-badiiy jarayon nuqtai nazaridan turib berilgan baho o‘z aksini topganligi ularning ijobiy xususiyatlaridir. Uchinchidan, asarning yozuvchi ijodida qanday o‘rin egallashi: bu – uning yutug‘imi, ijodiy g‘alabasimi yoki avvalgi asarlariga qaraganda orqaga chekinishmi, bu haqida fikr bildirilganda, taqrizlarning yanada mukammalligi ta’minlangan bo‘lur edi.
    Shu bilan birga, taqriznavislikda bir xillik, ma’lum qoliplarga bo‘ysunish, baho berishdan ko‘ra maqtash, syujet voqealarini bayon etish kabi qusurlar ham uchraydi. Gazetaning (2004) 25-sonida birdaniga uchta taqriz bosilgan. Birinchisi, O. Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti” kitobiga taqriz bo‘lib, u tanqidni tanqid ruhida yozilgan. Ikkinchisi, X. Sultonning “Boburiynoma” asariga bag‘ishlangan “Ma’rifatning badiiy talqini” deb nomlangan taqrizda bu ma’rifiy romanning yutuqlari haqida so‘z yuritilgan. Uchinchi taqriz, shoir Mirpo‘lat Mirzoning “Saylanma”si bosilib chiqishi munosabati bilan yozilgan, adabiyotshunos olim E. Ochilov qalamiga mansub, “Hassos ko‘ngil mavjlari” deb nomlanadi. Unda shoir she’rlariga baho beriladi, ba’zilari tahlilga tortiladi, shoirning “serqirra iste’dod sohibi ekanligi” ko‘rsatiladi, ba’zan maqtovlar haddan oshiriladi: shoir ijodining “beqiyos samimiyati” haqida so‘z yuritilganda kitobxonda “hamma she’rlaridami?” degan ishtiboh uyg‘onadi yoki shoirni “go‘zal va hassos ishqiy she’rlar muallifi sifatida mashhur” deb hisoblagan taqrizchi shunday she’rlarining nomlarini keltiradi, xolos. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak edi. Yoki shoir Salim Ashurning “Sensiz” deb nomlangan kitobiga shu ruknda “Hijrondek yaqin, visoldek olis” deb nomlangan taqriz (2004, № 42) e’lon qilingan. Taqriz muallifi A. Mengqobilov shoir she’rlarining tahliliga kirishishdan oldin shunday da’voni ilgari suradi: “… yangi kitob shoir ijodiy mahoratining she’rdan she’rga, kitobdan kitobga yuksalayotgani dalilidir”. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak edi. Taqrizda bevosita tahlildan tashqari, ijodkorga munosabat masalasi ham muhim. Taqriz hajmi katta-kichikligidan qat’i nazar, yangi asar haqida o‘quvchida ma’lum taassurot uyg‘otsin, rost so‘zlasin. Ba’zan shunday bo‘ladiki, taqrizchining va’dalari, maqtovlariga ishonib, qo‘lingizga olgan kitob sizni o‘ziga tortmaydi, yolg‘on aldovlarga uchib qolmasligi uchun adabiyot ham, adabiyotshunos ham kitobxonga rost gapirishi kerak. Adabiyotshunos olim H. Karimov qalamiga mansub taqriz “Ziddiyatlar talqini” deb atalgan (2004, №32). Iste’dodli yozuvchi A. Yo‘ldoshning “Timsohning ko‘z yoshlari” qissalar to‘plamiga yozilgan taqrizni o‘qir ekansiz, adib ijodiga qiziqishingiz oshadi. Taqrizda, garchand, qissalar mazmunini so‘zlab berishga ko‘p o‘rin ajratilgan bo‘lsa-da (aslida, V. Belinskiydan qolgan bu usulni akademik M. Qo‘shjonov o‘zbek tanqidchiligiga olib kirib, tahlilning yaxshi usullaridan biri sifatida ko‘rsatgan edi), kitobxon asar qahramonlarining hayoti, taqdiriga qiziqadi. Ayniqsa, “Otchopar yoxud 13–uy” qissasi tahlilida Nozima obrazi birmuncha aniq tahlil etilgani yaxshi.
    Olim taqrizning o‘qishli chiqishi, kitobxonning diqqatini tortish, o‘z fikrlarini isbotlash uchun Belinskiy maqolalariga murojaat qiladiki, o‘quvchi taqriznavis da’volarining asosli ekanligiga shubha qilmaydi. Ammo yozuvchi qissalari adabiyotimizda yaratilayotgan qissalardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi, adibning o‘ziga xos uslubi qay tarzda namoyon bo‘lgan, degan savollar ochiq qoladi. Adib yo‘l qo‘ygan kamchiliklar ham ko‘rsatilsa edi, taqrizning butunligi ta’minlangan bo‘lur edi. Shuni unutmaslik zarurki, asarga birinchi bo‘lib baho berish, uning yozuvchi ijodi va adabiy jarayondagi o‘rnini ko‘rsatish; baholashdagi tezkorlik va hozirjavoblik; tashviqiy mohiyatga ega ekanligi; kitobxonga yangi asar haqida ma’lumot berib, uning estetik tasavvurini boyitish hamda o‘sha asarni o‘qishga da’vat qilish jihatidan adabiy tanqidda taqriz ayricha o‘rin kasb etadi. Taqrizda asarning qisqa tahlili orqali uning mohiyati hamda badiiyatiga berilgan baho asosiydir. Olimjon Xoldor Qamchibek Kenjaning ikki jildli “Saylanma”siga yozgan “Ehtiros va e’tirof” deb nomlagan taqrizida (2009, № 3), asosan, ikki jildlikning mundarijasi haqida so‘z yuritilgan. Muallif o‘z fikrlarini isbotlash uchun ko‘chirma keltiradi. Bu – yaxshi usul. Ammo kichik bir taqrizda T. To‘la, O. Yoqubov, M. Shayxzoda va yana qaysidir adabiyotshunos (nomi berilmagan)ning fikrlarini keltirish o‘quvchini taqriznavisning o‘z so‘zlari yo‘q ekanmi, degan ishtibohga olib bormaydimi? Keyin taqrizda sanoq ko‘pligi bois tahlilga kam o‘rin berilgan, ammo taqrizchi “Saylanma”ning qusurlarini ham birma-bir ko‘rsatadi. Shunisi qiziqki, adib hikoyalarida “xulosa chiqarish esa ko‘pincha o‘quvchining o‘ziga qoldiriladi” deya, bu xususiyatni ham nuqson sanaydi. Holbuki, modern yo‘nalishga mansub asarlarning ko‘pchiligida olimlar ayni xususiyatni yutuq hisoblaydilar. Shu bois o‘quvchi nazariga havola etiladigan har bir tanqidiy asar, u taqrizmi, maqolami, suhbatmi – qaysi janrda bo‘lishidan qat’i nazar, mas’uliyat bilan yozilmog‘i, kitobxonda shubha emas, ishonch uyg‘otishi lozim. Ayniqsa, taqrizchilikda bu juda muhimdir. Ba’zan shunday bo‘ladiki, asarni o‘qimasdan oldin u haqidagi taqrizni o‘qib qolasiz. Samimiy, ortiqcha maqtovlarsiz, xolislik bilan bitilgan taqriz sizni tezroq o‘sha asarni topib o‘qishga undaydi. Shuning uchun ham adabiy jarayonda, kitobxon qiziqishlarida doimo taqrizning o‘rni muhim bo‘lib kelgan.
    Bugungi internet olami, turli ijtimoiy tarmoqlar, yozma, audio, video shaklida kitoblarga bagʼishlangan taqrizlar, taassurotlar zamonaviy tilda aytganda revyular bilan toʼla. Instgram, Yutub orqali yuritilayotgan mashhur bloglar omma nazariga tushgan. Xoʼsh ularning muvaffaqiyati sabablari qaerda? Аsarlar haqidagi bildirayotgan fikrlari ilmiylikka mos keladimi?
    Quyidagi maqolani oʼqib oʼsha bloglarga baho berishingiz mumkin.
    Аvvalo, oʼqigan kitobi haqida qanday yozish har kimni oʼz xohishi, buni maʼlum bir qoidalar bilan qolipga solib qoʼyish, kitobxon tasavvurini cheklashdek gap. Аsar sizga yoqdimi u haqida bizga nimanidir aytmoqchimisiz, oʼz bilganingizcha yozavering bunda qandaydir qoidalarga boʼysunish, yoki kimlarningdir tanqidlaridan qoʼrqish shart emas. Shunday boʼlsada taqriz haqida bilib qoʼysangiz ziyon boʼlmaydigan jihatlar bor.
    Taqriz – adabiy tanqid sohasidagi eng kichik janrlardan biri. Taqriz – badiiyat olamidagi “razvedka” vositasi. Uning vazifasi ixcham ommabop tahlil orqali asarning adabiy jarayon va yozuvchi ijodiyotidagi oʼrnini aniqlash, yutuq va kamchiliklarini koʼrsatish, isbotlash va baholash, unga kitobxonning eʼtiborini qaratishdan iborat. Bu janr shunisi bilan xarakterliki, keng jamoatchilikning asarni qanday qabul qilishi maʼlum jihatdan uni baholagan, tahlil qilgan dastlabki taqrizlarga bogʼliq. Haqqoniy taqriz asar haqida jamoatchilik fikrining shakllanishiga taʼsir koʼrsatadi. Taqrizchi asar mohiyatini ilmiy-estetik tahlil qilish orqali u haqida kitobxonning tasavvur koʼzini ochadi. Shu oʼrinda taqrizchi masʼuliyati degan muhim masala kelib chiqadi. Аgar taqrizchi ilmiy-estetik jihatdan kuchli boʼlsa, mulohazalari asosli va teran boʼlsa, ilmiy jamoatchilikka ham, kitobxonlarga ham, adabiyotga ham naf keltiradi. Va, aksincha boʼlsa: qimmatli asarni didsizligi tufayli inkor etsa yoxud boʼsh asarni madh etsa, adabiy jamoatchilikni ham, kitobxonni ham chalgʼitadi. Shu maʼnoda taqrizchini tibbiyotdagi tashxis qoʼyuvchiga qiyoslasa boʼladi.
    Аrabcha “biror asarni maqtab yozish” degan maʼnoni anglatuvchi taqriz janrida qisqa tahlil orqali asarga va uning mohiyatiga hamda badiiyatiga berilgan baho yetakchi unsur hisoblanadi. Taqrizda vijdonan, bilimdonlik va masʼuliyat bilan amalga oshirilgan tahlil zarur.
    Taqriz yozuvchi shaxs asarga o‘z shaxsiyat-u hissiyoti nuqtayi nazaridan emas, balki umumxalq fikridan kelib chiqib hukm chiqarishi kerak. “Menga yoqadi, menga yoqmaydi” qabilidagi iboralar taom, vino, yoʼrgʼa otlar, chopqir itlar, kiyim-kechak va boshqalar haqida gap ketayotgandagina qimmatlidir.
    Taqriz – bu asardan olingan taassurot yoki subʼektiv munosabat yoinki, asar syujetining quruqqina tavsifi emas, balki asarning mavzu va gʼoyasi, syujeti, obrazlar badiiyati asosli parchalar orqali ochib berilgan haqqoniy ilmiy-estetik tahlildir.
    Download 1,78 Mb.




    Download 1,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali akademik yozuv fanidan

    Download 1,78 Mb.