Qishki olimliada o'yinlari (1920-hozirgi davrgacha). Reja. Qishki Olimpiya o'yinlarining rivojlanish davrlari XII qishki Olimpiya o'yinlari




Download 24.22 Kb.
bet1/2
Sana02.05.2023
Hajmi24.22 Kb.
#55633
  1   2
Bog'liq
QISHKI OLIMLIADA O\'YINLARI (1924-HOZIRGI DAVRGACHA).
Hujjat, Professional buxgalteriya amaliyoti mustaqil Xo’jalik hisobi, uning mohiyati va ahamiyati....., doklat, Bildirishnoma. Psixologiya. 31.05.23, 3 -asr inqirozi, Akhrorov Khurshid Khamidovich 1, 3- ASR INQIROZI yuzi, yoldosheva nilufar, Sardorbek Mirzayev 1-1Mi-21(1), Sardorbek Mirzayev 1-1MI21, 3-mavzu, Scan 17 yan 23 · 01·54·53, 2-kurs Matematika yo’nalishi talablari uchun “Falsafa” fanidan o, Xorijiy Sharq mamlakatlarining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi

QISHKI OLIMLIADA O'YINLARI (1920-HOZIRGI DAVRGACHA).
REJA.
1. Qishki Olimpiya o'yinlarining rivojlanish davrlari
2. XII qishki Olimpiya o'yinlari
3. XVII qishki Olimpiya o‘yinlari
Qishki Olimpiya o‘ymlari Qishki Olimpiya o‘yinlari - qishki sport turlari bo'yicha har 4 yilda bir marta XOQ rahbarligida o‘tkaziladigan kompleks musobaqalardir
Olimpiya harakati rivojlanishining dastlabki yillarida qishki sport turlari yozgi Olimpiya o'yinlarining dasturiga kiritilgan edi: muz ustida konkida figurali uchish (1908 va 1920), shaybali xokkey (1920).
Qishki Olimpiya o'yinlari Pyer de Kuberten tashabbusi bilan boshlangan. 1921 va 1922-yillarda Kuberten Qishki Olimpiya o'yinlarini tashkil qilish bo'yicha hay’at tuzib, uning tarkibiga Shvetsiya, Fransiya, Norvegiya, Shveysariya va Kanada vakillarini kiritgan. 1922-yilda Parijda bo'lib o'tgan XOQning sessiyasida “VIII Olimpiya o'yinlariga bag'ishlangan xalqaro sport haftaligi’ni o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilingan.
Birinchi qishki Olimpiya o'yinlari 1924-yilda Xalqaro sport haftaligi sifatida tashkil qilingan. Sport haftaligi yuqori saviyada tashkil qilingan. Qishki o'yinlarni o'tkazish to'g'risidagi qaror XOQning 1925-yildar Praga shahrida bo'lib o'tgan sessiyasida qabul qilingan. 1992-yilga qadar qishki va yozgi Olimpiya o'yinlari bir yilda o'tkazilgan, 1994-yilda ularning oralig'i 2 yilni tashkil etishi to'g'risida qaror qabul qilingan.
Olimpiya xartiyasiga binoan qishki Olimpiya o'yinlari ham yozgi Olimpiya o'yinlari uchun belgilangan tartib-qoidaiar bo'yicha tashkil qilinadi.
Qishki Olimpiya o'yinlarining rivojlanish davrlari, yozgi Olimpiya o'yinlari kabi, tarixiy davrlarda jamiyatdagi siyosiy,iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy omiilarning olimpiya harakatiga ta’siri bilan bog‘liq holda belgilangan. Hozirgi davrgacha bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarining tarixida uchta asosiy bosqichlami kuzatish mumkin: 4k I - VI qishki Olimpiya o'yinlari 0‘tkazilgan davr (1924- 1952 yy.) 4» VII - XVI qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan davr (1956-1992 yy.) 4 XVII - XXII qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan davr (1994-2014 yy.) 1924-1952-yillardagi qishki Olimpiya o‘yinlarida shimoliy Yevropa mamlakatlarining - Norvegiya, Shvetsiya, Finlandiya sportchilari yetakchilik qilgan, ularning asosiy raqiblari AQSH, Kanada, Gennaniya, Shveysariya, Avstriya sportchilari bo‘lgan. Bu davrda qishki Olimpiya o‘yinlarida asosan erkaklar ishtirok etgan, ayollar faqat figurali uchish bo‘yicha qatnashgan. 1956-1992-y i I lardagi qishki Olimpiya o‘yinlari safida mamlakatlar soni ko‘payib borgan. 1956-yildan boshlab qishki Olimpiya o‘yinlarida sobiq Ittifoq terma jamoasi qatnashib kelmoqda. Bundan tashqari, qishki Olimpiya o‘yinlariga qishki sport turlari rivojlanmagan mamlakatlar - Puerto-Riko, Gvatemala, Boliviya, Livan, Yamayka, Marokash, 0 ‘zbekiston - sportchilari q o ‘shildi. 1994-2014-yillardagi qishki Olimpiya o‘yinlarida ilm-fan va texnika yutuqlaridan foydalanish orqali qishki sport turlarini rivojlantirishga e’tibor berildi. Jahonning janubiy mamlakatlarida ham qishki sport turlarini rivojlantirish maqsadida qishki sport turlari bilan shug'ullanish uchun zamonaviy sport inshootlari qurildi. Janubiy mamlakatlar sportchlarining Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi uchun bu yerga mutaxassislami yuborish va amaliy yordam berish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Turli mamlakatlaming qishki Olimpiya o‘yinlaridagi natijalari, qishki olimpiya sport turlarining rivojlanish darajasi sport j ihozlari va sport inshootlari, ya’ni moddiy-texnik bazaning mavjudligi bilan bevosita bog1 liq.
Qishki Olimpiya o‘yinlarining rivojlanishida, yozgi Olimpiya o‘yinlari kabi, bir qator muammolari paydo bo‘lgan, jumladan, sport va siyosat muammosi, sport inshootlari muammosi, dopingmuammosi, professional sport muammosi, olimpiya dasturi muammosi va h.k.
I qishki Olimpiya o‘yinIari 1924-yil 25-yanvar - 4-fevral kunlari Shamoni shahrida (Fransiya) bo‘lib o ‘tgan. 0 ‘yinlarda 16 ta davlatdan 293 nafar (11 ayol) sportchi ishtirok etgan. Dastlab bu musobaqalar “VIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga bag'ishlangan Xalqaro sport haftaligi” sifatida tashkil qilingan. Musobaqalar yuqori saviyada tashkil etilganligi va katta qiziqish uyg‘otganligi sababli XOQ qarori bilan 1 qishki Olimpiya o‘yinlari, deb hisoblangan. Dasturga bobsley, chang'i sporti, tramplindan sakrash, konkida tez yugurish, xokkey, konkida figurali uchish kiritilgan. Ayollar uchun faqat konkida figurali uchish musobaqalari o‘tkazilgan. Kyorling va harbiylar o‘rtasida chang‘i sporti bo'yicha ko'rgazmali musobaqalar tashkil qilingan.
Norvegiya va Finlyandiya sportchilari chang'i sporti turlarida eng yuqori natijalarga erishgan edi. Norvegiya sportchisi Turleyf Xaut 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarga sazovor bo'lgan. Finlandiya sportchi Klas Tunberg chang4 i sportining 1500m va 5000m masofalarida hamda ko'pkurashda birinchi 0‘rinlami egallagan.
I qishki Olimpiya o'yinlarining umumjamoa hisobi natijalari - 1- o‘rin -Norvegiya (4-7-7), 2-o‘rin - Finlandiya (4-3-3), 3-o‘rin - AQSH (1-2-0).
II qishki Olimpiya о‘yinlari 1928-yil 11-19-fevral kunlari Sent-Moris shahrida (Shvetsariya) o ‘tkazilgan. 0 ‘yinlarda 25 ta davlatdan 464 nafar (26 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Dasturga bobsley, chang‘i sporti, tramplindan sakrash, konkida tez yugurish, xokkey, skeleton, konkida figurali uchish kiritilgan. Harbiylar o‘rtasida chang‘i sporti bo'yicha ko‘gazmali musobaqalar o‘tkazilgan.
II qishki Olimpiya o'yinlarining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin -Norvegiya (6-4-5), 2-o‘rin - AQSH (2-2-2), 3-o‘rin - Shvetsiya (2-2-1).
III qishki Olimpiya o‘yin!ari 1932-yil 4-15-fevral kunlari Leyk-Plesid shahrida (AQSH) o'tkazilgan. Olimpiya o'yinlarini Nyu- York shtatining gubernatori Franklin Delano Ruzvelt rasmiy ochib bergan. O'yinlarda 17 ta davlatdan 464 nafar (21 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Qishki Olimpiya o‘yinlari birinchi marta Shimoliy Amerikada tashkil qilingan. Leyk-Plesidga yo‘l haqqi narxining qimmatligi sababli davlatlar ishtiroki va sportchilar soni oldingio‘yinlarga nisbatan keskin qisqargan. Qishgi sport turlari rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olgan Shvetsiya - 12 nafar sportchi, Finlandiya - 7 nafar sportchidan iborat delegatsiyalari qatnashgan. AQSH va Kanada sportchilari o‘yin ishtirokchilarining 50 foizini (150 nafar) tashkil etgan.
Musobaqalarda AQSH sportchilari konkida tez yugurish bo‘yicha eng ko‘p medallarga sazovor bo‘lgan, chang‘i sporti bo‘yicha esa Norvegiya sportchilari eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan. Avstriya sportchilari konkida figurali uchish, Kanada jamoasi shaybali xokkey bo'yicha olimpiya chempioni bo‘Iganlar.
III qishki Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin - AQSH (6-4-2), 2-o‘rin - Norvegiya (3-4-3), 3-o‘rin -Kanada (1-1-5).
IV qishki Olimpiya o‘yinlari 1936-yil 6-16-fevral kunlari Garmish-Partenkirxen shahrida (Germaniya) boMib o ‘tgan. 0 ‘yinlarda 28 ta davlatdan 646 nafar (80 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Birinchi marta qishki Olimpiya o‘yinlarida Avstraliya, Bolgariya, Gretsiya, Ispaniya, Lixtenshteyn va Turkiya sportchilari qatnashgan. Jahonning progressiv sport jamoatchiligi Olimpiya o'yinlari fashistik davlatda o'tkaziiishiga qarshi bo‘Igan. Lekin XOQ o‘z qarorini o‘zgartirmagan. Olimpiya o‘yinlarini Germaniya kansleri Adolf Gitler rasman ochib bergan.
Dastlabki qishki olimpiada musobaqalarida asosan Skandinaviya mamlakatlari, ayniqsa Norvegiya sportchilari katta muvaffaqiyatlarga erishgan. 1932 va 1936-yillardagi o‘yinIarda g‘alaba qozongan novregiyalik figurachi Soniya Xeni olimpiya chempioni bo‘lgan. Shvetsariya sportchilari bobsley, Germaniya sportchilari chang4i sporti bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan.
IV qishki Olimpiya o‘yinlarining natijalari - 1-o‘rin - Norvegiya (7-5-3), 2-o‘rin - Shvetsiya (2-2-3), 3-o‘rin - Germaniya (3-3-0).
V qishki Olimpiya o‘yinlari 1948-yil 30-yanvar - 8-fevral kunlari Sankt-Morits shahrida (Shveysariya) b o ‘lib o ‘tgan. 0 ‘yinlarda 28 ta davlatdan 669 nafar (77 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Bu Olimpiya o'yinlarida birinchi marta Daniya, Islandiya, Livan, Chili, Janubiy Koreya sportchilari qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarini Shveysariya prezidenti Enriko Selio rasman ochib bergan. Sport musobaqalarida Ikkinchi jahon urushida qatnashmagan davlatlarning terma jamoalari yaxshi natijalarga ega bo‘lgan. Shvetsiya sportchilarichang1 i sporti va konkida tez yugurish, Shveysariya - bobsley va tog‘ chang‘isi sporti, AQSH sportchilari konkida figurali uchish bo‘yicha eng yaxshi natijalar ko‘rsatgan.
V qishki Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin - Shvetsiya (4-3-3), 2-o‘rin - Norvegiya (4-3-3), 3-o‘rin - Shveysariya (3-4-3).
VI qishki Olimpiya o‘yinlari 1952-yil 14-25-fevral kunlari Oslo shahrida (Norvegiya) bo‘lib o ‘tgan. 0 ‘yinlarda 30 ta davlatdan 694 nafar (109 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Bu Olimpiya o‘yinlarida ilk bor Yangi Zellandiya, Portugaliya va GFR sportchilari tashrif buyurgan. Olimpiya dasturiga to‘pli xokkey bo‘yicha ko‘rgazma uchrashuvlari o‘tkazilgan. Sport musobaqalarida eng ko‘p medallarni Norvegiya sportchilari olgan.
VI qishki Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin - Norvegiya (7-3-6), 2-o‘rin - AQSH (4-6-1), 3-o‘rin - Finlandiya (3-4-2).
VII qishki Olimpiya o‘yinlari 1956-yil 26-yanvar - 5-fevral kunlari Italiyaning Kortina-d’Ampetso shahrida o‘tkazilgan. 0 ‘yinlarda 32 ta davlatdan 821 nafar (134 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Bu Olimpiya o‘yinlarida ilk bor sobiq SSSR, Boliviya va Eron terma jamoalari ishtirok etgan. 1956-1964-yillarda GDR va GFR sportchilari Birlashgan Germaniya jamoasi sifatida qatnashgan edi.
VII qishki Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin - sobiq Ittifoq (7-3-6), 2-o‘rin - Avstriya (4-3-4), 3-o‘rin - Shvetsiya (2-4-4).
VIII qishki Olimpiya o‘yinlari 1960-yil 18-28-fevral kunlari Skvo-Velli shahrida (AQSH) b o 'lib o ‘tgan. 0 ‘yinlarda 31 ta davlatdan 665 nafar (144_ nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Olimpiya о ‘yinlarini AQSH vitse-prezidenti Richard Nikson rasman ochib bergan. VIII qishki Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin - sobiq Ittifoq (7-5-9), 2-o£rin - AQSH (3-4-3), 3- o‘rin ~ Germaniya (4-3-1).
IX qishki Olimpiya o‘yinlari 1964-yil 29-yanvar - 9-fevral kunlari Insbruk shahrida (Avstriya) bo‘lib o ‘tgan. 0 ‘yinlarda 37 ta davlatdan 1091 nafar (199 nafar ayol) sportchi qatnashgan. Bu Olimpiya o‘yinlarida ilk bor Hindiston va Mongoliya terma jamoalari ishtirok etgan. Olimpiya o‘yinlarini Avstriya prezidenti Adolf Shyurf rasman ochib bergan.IX qishki Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin — sobiq Ittifoq (11-8-6), 2-o‘rin - Norvegiya (3-6-6), 3-o‘rin - Avstriya (4-5-3).
X qishki Olimpiya o'yinlari 1968-yil 6-I8-fevral kunlari Grenobl shahrida (Fransiya) o ‘tkazilgan. 0 ‘yinlarda 37 ta davlatdan 1158 nafar (211 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Bu Olimpiya o‘yinJaridan boshlab GDR va GFR sportchilari alohida jamoalar bo‘lib qatnashgan, Marokash terma jamoasi ilk bor ishtirok etgan. Olimpiya o ‘yinlarini Fransiya prezidenti Shari de Goll rasman ochib bergan. X qishki Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin - Norvegiya (6-6-2), 2-o‘rin - sobiq Ittifoq (5-5-3), 3-o‘rin - Avstriya (3-4-4).
XI qishki Olimpiya o'yinlari 1972-yil 3-13-fevral kunlari Sapporo shahrida (Yaponiya) b o ‘lib o ‘tgan. 0 ‘yinlarda 35 ta davlatdan 1006 nafar (206 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Qishgi Olimpiya o'yinlari ilk bor Osiyo qit’asida o‘tkazilgan. Bu Olimpiya o'yinlarida Filippin sportchilari birinchi marta ishtirok etganlar. Olimpiya o'yinlarini Yaponiya imperatori Xiroxito rasman ochib bergan. XI qishki Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin - sobiq Ittifoq (8-5-3), 2-o‘rin - GDR (4-3-7), 3-o‘rin - Norvegiya (2-5-5).
XII qishki Olimpiya o'yinlari 1976-yil 4-15-fevral kunlari Insbruk shahrida (A vstriya) o ‘tkazilgan. 0 ‘yinlarda 37 ta davlatdan 1123 nafar (231 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. XOQ ikkinchi marta Insbruk shahrini tan lagan va bu safar ham olimpiya musobaqalari yuqori darajada tashkil etilgan edi. Bu Olimpiya o'yinlarida Andorra va San-Marino sportchilari birinchi marta ishtirok etganlar. Olimpiya o'yinlarini Avstriya prezidenti Rudolf Kirxshlayger rasmiy ochib bergan.
XII qishki Olimpiya o'yinlarining umumjamoa hisobi natijalari: 1-o‘rin - sobiq Ittifoq (13-6-8), 2-o‘rin - GDR (7-5-7), 3-o‘rin - AQSH (3-3-4).
XIII qishki Olimpiya o'yinlari 1980-yil 13-24-fevral kunlari Leyk-Plesid shahrida (AQSH) b o i i b o ‘tgan. 0 ‘yinlarda 37 ta davlatdan 1072 nafar sportchi qatnashgan. Qishgi Olimpiya o'yinlarini o'tkazish uchun Leyk-Plesid shahri ikkinchi marta tanlangan. Bu Olimpiya o‘yinlarida Kipr, Xitoy va Kosta-Rika sportchilari birinchi marta ishtirok etganlar. Olimpiya o'yinlarini AQSH vitse-prezidentiUolter Mondeyl rasman ochib bergan. XIII qishki Olimpiya o‘yin(arining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin - sobiq Ittifoq (10-6-6), 2-o‘rin - GDR (9-7-7), 3-o‘rin - AQSH (6-4-2).
XIV qishki Olimpiya o‘yinlari 1984-yiI 8-19-fevral kunlari Sarayevo shahrida (Yugoslaviya) bo‘lib o ‘tgan. 0 ‘yinlarda 49 ta davlatdan 1272 nafar (ulardan 274 nafar ayol) sportchi qatnashgan. Olimpiya o'yinlarini Yugoslaviya prezidenti Mika Spilyak rasman ochib bergan.
Finlandiya sportchisi Mar’ya Liisa Xyamyalaynen 5, 10, 20 km chang‘i poygasi va estafeta bo‘yicha birinchi o‘rinlarni egallab, Olimpiada o‘yin!ari qahramoniga aylangan. Shvetsiya sportchisi Gunde Svan 15, 30 va 50 km poyga musobaqalarida oltin medallarga sazovor boMgati. XIV qishki Olimpiya o'yinlarining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin - sobiq Ittifoq (6-10-9), 2-o‘rin - GDR (9-9- 6), 3-o‘rin - Finlandiya (4-3-6).
XV qishki Olimpiya o'yinlari 1988-yil 13-28-fevral kunlari Kalgari shahrida (Kanada) bo‘lib o ‘tgan. 0 ‘yinlarda 57 ta davlatdan 1423 nafar (ulardan 301 nafar ayol) sportchi qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarini Kanada general-gubematori Jan Savve ochib bergan. XV qishki Olimpiya o‘ymlarining umumjamoa hisobi natijalari ~ 1-o‘rin - sobiq Ittifoq (11-9-9), 2-o‘rin - GDR (9-10-6), 3-o‘rin - Shveysariya (5-5-5).
XVI qishki Olimpiya o‘yinlari 1992-yil 8-23-fevral kunlari Albervil shahrida (Fransiya) o ‘tkazilgan. 0 ‘yinlarda 64 ta mamlakatdan 1801 nafar (ulardan 488 nafar ayol) sportchi qatnashgan. Olimpiya o'yinlarini Fransiya prezidenti Fransua Mitteran rasman ochib bergan.
Bu Olimpiya o‘yinlarida Sloveniya, Xorvatiya, Braziliya, Irlandiya, Jazoir, Bermud orollari, Svazilend va Gonduras sportchilari birinchi marta ishtirok etganlar. Sobiq Ittifoq sportchilari MDH Birlashgan terma jamoasi sifatida qatnashgan. MDH Birlashgan terma jamoasi tarkibiga 129 nafar sporchi: 110 - Rossiya, 8 - Qozog‘iston, 7 - Ukraina, 4 - Belorussiya, 1 nafari 0 ‘zbekiston vakillari bo‘lgan. Latviya, Litva va Estoniya ilk bor mustaqil davlat sifatida qatnashgan. Musobaqalar 12 ta sport turida 57 ta medallar jamlanmasi uchun o ‘tkazilgan. 0 ‘zbekiston sportchisi Lina Cheryazova fristayl bo‘yicha ko‘rgazmali musobaqalarda ishtirok etib, faxrli 5-o‘rinni egallagan.XVI qishki Olimpiya o‘yinIarining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin - Germaniya (10-10-6), 2-o‘rin - MDH (9-6-8), 3-o‘rin - Avstriya (6-7-8).
XVII qishki Olimpiya o‘yinlari 1994-yil 12-27-fevral kunlari Lillexammer shahrida (Norvegiya) o ‘tkazilgan. 0 ‘yinlarida 68 ta mamlakatdan 1737 nafar (522 ayol) sportchi ishtirok etgan. Olimpiya o‘yin!arida sobiq Ittifoq respublikalari Belorussiya, Ukraina, Qozog‘iston va 0 ‘zbekiston mustaqil davlatlar sifatida ilk bor ta sh rif buyurgan. Olimpiya o‘yinlari dasturida 12 sport turi bo‘lib, ular qatoriga fristayl, 500 m va 1000 m short-trek kiritilgan. Norvegiya xalq ertaklarining qahramonlari aka-singil “Xakon va Kristin” o‘yinlaming ramziy belgisi sifatida tanlangan. 0 ‘zbekiston terma jam o a tarkibi 7 nafar sportchidan iborat bo‘lib, ular Aliki Sergiadu, Dinara Nurbayeva, Muslim Sattarov, Yuris Razgulyaev - figurali uchish; Larisa Udodova, Dmitriy Brener va Lina Cheryazova - fristayl bo‘yicha musobaqalarda qatnashgan. Mustaqil 0 ‘zbekiston olimpiya harakati tarixida ilk bor Lina Cheryazova olimpiya oltin medaliga sazovor bo‘lgan. XVII qishki Olimpiya o‘yinlarida umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi 68 ta mamlakat orasida 14-o‘rinni egallagan. Fristayl bo‘yicha 13 ta mamlakatdan kelgan 22 nafar sportchilar orasida L.Cheryazova birinchi o‘rinni egallagan.
XVII qishki Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin - Norvegiya (10-10-6), 2-o‘rin - Germaniya (9-6-8), 3-o‘rin - Rossiya (6-7-8).
XVIII qishki Olimpiya o‘yinlari 1998-yil 7-22-fevral kunlari Nagano shahrida (Yaponiya) o‘tkazilgan. Olimpiya o‘yinlarida 72 ta mamlakatdan 2176 nafar (ulardan 787 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Qishki Olimpiya o‘yinlarida ilk bor Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Moldova, Isroil, Keniya, JAR, Trinidad va Tobago, Venesuela, Urugvay, Makedoniya, Bosniya va Gertsegovina davlatlarining terma jamoalari qatnashgan. Olimpiya o'yinlarini Yaponiya imperatori Akixito rasman ochib bergan. 0 ‘yinIarning dasturi 14 ta sport turidan iborat bo‘lib, dasturga kyorling, snoubording, slalom-gigant kiritilgan. Olimpiya o‘yinlari- ning ramziy belgisi sifatida «Sukki, Nokki, Lekki, Sukki» - to‘rtta boyqushi ( 0 ‘yinlar har 4 yilda o ‘tkazilishi m a ’nosida) tanlangan edi.Mazkur qishki Olimpiya o ‘yinlarida 0 ‘zbekiston terma jam oa tarkibi 13 nafar sportchidan iborat bo‘lib, ular 3 ta sport turlari b o 'y ich a musobaqalarda qatnashgan. 0 ‘zbekiston sportchilari yaxshi natijalarga erishib, Tatyana Malinina figurali uchish bo‘yicha 30 nafar sportchilar orasida 8-o‘rinni, Lina Cheryazova fristayl bo'yicha 24 nafar sportchidan 13-o‘rinni, Komil Urunbayev 50 mamlakat sportchilari orasida 28-o‘rinni, Roman Skornyakov 24 ta mamlakatdan 29 nafar sportchi orasida figurali o‘chish bo'yicha 19-o‘rinni egalladilar. Mamlakatimiz sportchi larining qishki Olimpiya o 'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi 0 ‘zbekiston sportining jahondagi mavqeini yanada mustahkamladi.
XVIIi qishki Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin - Germaniya (12-9-8), 2-o‘rin - Norvegiya (10-10- 5), 3-o‘rin - Rossiya (9-6-3).
XIX qishki Olimpiya о‘yinlari 2002-yil 8-24-fevral kunlari Solt-Leyk-Siti shahrida (AQSH) o‘tkazilgan. Olimpiya o‘yinlarida 77 ta mamlakatdan 2399 nafar (886 nafar ayol) sportchi qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarida ilk bor Gonkong, Kamerun, Nepal, Tojikiston va Tailand terma jamoalari ishtirok etgan. Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi 56500 tomoshabinga mo‘ljallangan “Rice Eccles Olympic Stadium” sport kompleksida namoyish etilgan. Olimpiya o'yinlarini AQSH prezidenti Jorj Bush rasman ochib bergan.
XOQ tomonidan Olimpiya o‘yinlari yuqori saviyada o‘tkazilganligi uchun Solt-Leyk-Siti Tashkiliy qo‘mita fahbari Oltin Olimpiya ordeni bilan taqdirlangan. Olimpiya o‘yinlari dasturida 15 sport turi bo'lib, ularga bobsley (ayollar), skeleton, biatlon, 1500 m short-trek kiritilgan. Sport musobaqalari 78 ta medallar jamlanmasi uchun o‘tkazilgan. Ayollar о‘rtasida ikki ekipajli bobsley musobaqalarida AQSH sportchilari Jill Bakken va Vonetta Flauers birinchi o‘rinni egallaganlar.
Olimpiya o'yinlarida 0 ‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 6 nafar sportchi qatnashdan: Kamil Urunbayev va Elmira Urunbayeva (tog‘ chang'isi); Tatyana Malinina, Roman Skornyakov, Natalya Ponomaryova va Yevgeniy Sviridov (figurali uchish).
Olimpiya o‘yinlarining ramziy belgisi sifatida quyon «Pouder» («Poroh»), koyot «Коррег» («Mis») va qora ayiq «Koul» («Ko‘mir») tanlangan.XIX qishki Olimpiya o'yinlarining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin - Germaniya (12-16-8), 2-o‘rin - AQSH (10-13-11), 3-o‘rin - Norvegiya (13-5-7).
XX qishki Olimpiya o‘yinlari 2006-yil 10—26-fevral kunlari Turin shahrida (Jtaliya) bo'lib o'tgan. Olimpiya o‘yinlarida 80 ta mamlakatdan 2508 nafar sportchi qatnashgan. Qishki Olimpiya o'yinlarida Jazoir, Senegal, Efiopiya vakil lari ilk bor ishtirok etgan. Olimpiya musobaqalari 15 ta sport turidan 84 ta (erkaklar o'rtasida 45 ta, ayollar - 37 ta, aralash turlarda - 2 ta) medallar komplekti uchun o'tkazilgan. O'zbekiston terma jamoasi tarkibiga Kayrat Ermetov (tog' chang'isi), Marina Aganina va Artem Knyazyev (figurali uchish), Anastatsiya Gimazetdinova (figurali uchish) kirganlar. Qishki Olimpiadalar tarixida ilk bor O'zbekiston vakili Yevgeniy Rohin figurali uchish musobaqalarida hakamlik qilgan. XX qishki Olimpiya o'yinlarida umumjamoa hisobida l-o'rinni Germaniya, 2 -o'rinni AQSH, 3 -o'rinni Avstriya egallagan.
XXI qishki Olimpiya o‘yinlari 2010-yil 12-28-fevral kunlari Vankuver shahrida (Kanada) o'tkazilgan. Olimpiya o'yinlarida 82 ta mamlakatdan 2574 nafar sportchi qatnashgan. Olimpiya o'yinlarining ochilish va yopilish marosimlari Vankuver markazida joylashgan va 55 ming tomoshabinlarga mo'ljallangan «ВС Place» yopiq stadionida namoyish etilgan. Olimpiya dasturi 15 ta sport turidan iborat bo'lgan. Olimpiya o'yinlari g'oliblari uchun 615 ta olimpiya va 399 ta paralimpiya medallari ishlab chiqilgan va ularning diametri 100 mm, qalinligi 6 mm, og'irligi 500 dan 576 grammgacha bo'lgan.
O'zbekistondan bu Olimpiya o'yinlariga 3 nafar sportchi - Kseniya Grigoryeva va Oleg Shamayev (tog' chang‘isi), Anastatsiya Gimazetdinova (figurali uchish) ishtirok etgan.
XXII qishki Olimpiya ©‘yinlari 2014-yil 7-23-fevral kunlari Sochi shahrida (Rossiya) o'tkazilgan. Bu Olimpiya o'yinlarida 88 ta davlatdan 2800 nafar sportchi qatnashgan. Olimpiya mash’aiasi estafetasi Moskva shahrida boshlanib, 123 kun davomida Rossiya Federatsiyasining 83 ta hududini bosib o'tgan va 40 ming kilometrdan ortiq masofani tashkil etgan. Olimpiya estafetasida 14 ming sportchi ishtirok etgan. Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimi “Fisht” stadionida namoyish etilgan. O'yinlar dasturiga 15 ta sport turidan 98 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar o‘tkazilgan. SochiOlimpiya o‘yinlarining ramziy belgisi sifatida “Oq ayiq”, “Qor yo'lbarsi” va “Oq quyoncha” tanlangan.
XXII qishki Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari - 1-o‘rin - Rossiya (13-11-9), 2-o‘rin - Norvegiya (11-5-10), 3-o‘rin -Kanada (10-10-5).
Qishki olimpiya sport turlarining tavsifi. Olimpiya Xartiyasi talabiga ko‘ra olimpiya dasturiga kiritilishi uchun qishki sport turi jahonning 2 ta kontinenti va 25 ta mamlakatlarida keng rivojlangan bo'lishi kerak. Qishki Olimpiya o‘yinlarining zamonaviy dasturiga - konkida yugurish, chang1 i poygasi, short-trek, chang1 ida tramplindan sakrash, bobsley, tog‘ chang1 isi sporti, chana sporti, skeleton, fristayl, konkida figurali uchish, snoubording, shaybali xokkey, kyorling, biatlon, chang1 ida ikki kurash kiritilgan.
Konkida tez yugurish sport turi 500, 1500, 5000 va 10000 m masofalaridan iborat. Konkida tez yugurish musobaqalari I qishki Olimpiya o'yinlari (1924 y.) dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempioni - AQSH sportchisi Charlz Jutrou 500 m masofasida g‘olib bo'lgan. VIII qishki Olimpiya o‘yinlari (Skvo-Velli, 1960 y.) dasturiga ilk bor ayollar o‘rtasida 500,1000,1500 va 3000 mga konkida tez yugurish musobaqalari kiritilgan. Ayollar o‘rtasida birinchi olimpiya chempioni sobiq Ittifoq sportchisi Lidiya Skoblikova boMgan.
Qishki Olimpiya o‘yinlari tarixida konkida tez yugurish musobaqalarida Norvegiya sportchilari eng ko'p medallarga (78 ta) sazovor bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarni Niderlandiya (66 ta medal), sobiq Ittifoq (60), AQSH (56), Germaniya, Finlandiya, Kanada, Shvetsiya Yaponiya, Avstriya terma jamoalari egallagan.
Chang‘i poygasi - chang‘ida tez yugurish musobaqalari I qishki Olimpiya o‘yinlari (Shamoni, 1924 y.) dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempioni - Norvegiya sportchisi Turleyf Xaut 18 va 50 km masofaslarida g‘olib bo‘lgan.
Qishki Olimpiya o'yinlari dasturiga erkaklar o‘rtasida 4x10 km chang1 i estafetasi, 15 km (18 km o‘rniga), 30 km chang1 ida poyga, ayollar o‘rtasida 10 kmga chang1 i poygasi va 3x5 km chang1 i estafetasi kiritilgan. VI qishki Olimpiya o'yinlari (Oslo, 1952 y.) dasturiga ilk bor ayollar o'rtasida 10 kmga chang1 ida yugurish musobaqalari kiritilgan. Ayollar o‘rtasida birinchi olimpiya chempioni - Finlandiya sportchisi Lidiya Videman boMgan. *Short-trek - (ingl. short - qisqa, track - yo‘l) konkida tez yugurishning o‘ziga xos turi bo‘lib, muz ustida xokkey maydonining ichida belgilangan maxsus aylanma yo'laklarda qisqa masofalarga konkida yugurish musobaqalaridan iborat. XV qishki Olimpiya o'yinlarida (Kalgari, 1988 y.) short-trek bo‘yicha ko‘rgazmali musobaqalar о‘tkazilgan. XVI qishki Olimpiya o'yinlarida (Albervil, 1992 y.) ilk bor short-trek olimpiya dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempioni - Koreya sportchisi Kim Ki Xun 1000 rn masofasida g‘olib bo‘Igan. Ayollar o‘rtasida birinchi olimpiya chempioni - AQSH sportchisi Keti Terner 500 m masofasida g‘olib bo‘lgan.
Chang‘ida tramplindan sakrash - chang‘i sportining bir turi bo'lib, uning vatani Norvegiya hisoblanadi. 1 qishki Olimpiya o'yinlarida chang'ida tramplindan sakrash ilk bor olimpiya dasturiga kiritilgan. Bu sport turidan musobaqalar faqat erkaklar o‘rtasida o‘tkaziladi. Birinchi olimpiya chempioni - Norvegiya sportchisi Yakob Tullin Tams bo'lgan. 1972-yildan boshlab “o'rta” va “katta” tramplindan sakrash (70 m va 90 m) musobaqalariga “chang‘ida parvoz”, deb nomlangan turi qo'shilgan. 1992-yilda 70 m va 90 m tramplindan sakrash musobaqalari 90 m va 120 m tramplindan sakrash musobaqalariga o'zgartirilgan. Qishki Olimpiya o'yinlarida umumjamoa medallar hisobida 1-o‘rinni Norvegiya, 2-o‘rinni - Finlandiya, 3-o‘rinni Avstraliya terma jamoasi egallagan. Finlandiya sportchisi Matti Nyukyanen tramplindan sakrash bo‘yicha eng ko‘p medallarga (5 ta oltin va 1 ta kumush) sazovor bo'lgan.
Bobsley - chanada maxsus muz trassa bo‘ylab tog'dan tez uchib tushish musobaqasidir. Bobsley uchun trassa turli keskin burilishlardan iborat muz yo'lak shaklida bo'lib, uning asosi temir- beton bilan qoplangan. Bobsley chanasining trassa tezligi soatiga 100 km gacha yetadi, uning boshqaruv ruli va torrnozi bor. Bobsley trassasining uzunligi, start va finish orasidagi balandlik, yo'lakdagi burilishlar soni doimiy bir xil bo'lmagan. Masalan, Leyk-Plesid (1932 y.) da trassa uzunligi 2366 m, vertikal balandlik o'zgarishlari - 228 m, trassa burilishlari - 26 ta bo'lgan. Lillexammerda (1994 y.) esa bobsley musobaqalari 1365m - trassa, 107 m - balandlik va 16 ta burilishlardan iborat bo'lgan. Ko'p yillar mobaynida bu sport turi bo'yicha musobaqalar faqat erkaklar o‘rtasida o'tkazilgan.Bobsley vatani Shveysariya hisoblanadi. 1896-yilda Sankt- Morits shahrida bobsley bo'yicha birinchi sport klubi tashkil qilinib, musobaqa qoidalari ishlab chiqilgan. Dastlab bobsley chanasining ekipaj a’zolari besh kishidan iborat bo'lgan, keyinchalik esa ularning tarkibi ikki, to'rt, sakkiz nafargacha o'zgargan.
Bobsley musobaqalari ilk bor I qishki Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempionlari - Shveysariya terma jamoasining to'rttalik chana ekipaj a’zolari bo'lgan. XIX qishki Olimpiya o'yinlari (2002 y.) dasturiga ilk bor ayollar o'rtasida bobsley kiritilgan. Bobsley bo'yicha ayollar o'rtasida birinchi olimpiya chempioni - AQSH sportchilari Jil Bakken va Vonetta Flauers bo'lganlar. Qishki Olimpiya o'yinlarida bobsley bo'yicha eng ko'p medallar hisobida l-o'rinni Shveysariya, 2-o'rinni-AQSH, 3-o‘rinni Germaniya sportchilari egallagan.
Skeleton - (ingl. skeleton - skelet) chana sportining turi bo'lib, sportchi harakat yo'nalishi bo'yicha chanada boshi oldinga, yuzi pastga qaragan holatda joylashgan bo'ladi. Skeleton chanasining boshqaruv ruli bo'Imaydi va chana oyoq kiyimining maxsus bo'rtmalari orqali boshqariladi. Skeleton vatani - Shveysariya. 1887- yilda Sankt-Morits shahrida birinchi skeleton chanasi yasalgan va sport musobaqalari boshlangan.
Skeleton musobaqalari ilk bor II qishki Olimpiya o'yinlari (1928 y.) dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempioni - AQSH sportchisi Jennison Xiton bo'lgan. Skeleton 1948-yilda 20 yillik hamda 2002-yilda 54 yillik tanaffusdan so'ng yana olimpiya dasturiga kiritilgan. Ko'p mamlakatlarda xalqaro talablarga javob beradigan skeleton trassalari bo'lmaganligi sababli, bu sport turi uzoq vaqt davomida olimpiya dasturiga kiritilmagan. 2002-yilda ayollar o'rtasida musobaqalar o'tkazilgan va skeleton bo'yicha birinchi ayol olimpiya chempioni - AQSH sportchisi Tristan Geyl bo'lgan. Qishki Olimpiya o'yinlari tarixida umumjamoa hisobida l-o'rinni - AQSH, 2-o‘rinni - Buyuk Britaniya, 3-o‘rinni Italiya sportchilari egallagan.
Snoubording - (ingl. snow - qor, board- taxta) qishki sport turi bo'lib, sportchi maxsus taxta ustida tik turgan holatda qor bilan qoplangan yarim aylana shaklidagi inshoot ichida akrobatik mashqlarni bajaradi. Snoubording inshooti yarim quvur shaklida quriladi, shuning uchun uning nomi half-payp inglizcha “half’ -yarim, “pipe”- truba, quvur ma’nolarini anglatadi. Musobaqalar ikki xil - half-payp va slalom-gigant snoubordingdan iborat.
Sport turi sifatida snoubording 1960-yillardan boshlab rivojlangan va aynan shu yillarda amerikalik kashfiyotchi Sherman Poppen qorli qoyalarda qor taxtacha ustida uchishni o‘ylab topgan. Snoubording bo'yicha birinchi musobaqalar 1981-yilda Vudston (AQSH) o‘tkazilgan, 1982-yilda esa Vermont shtatida (AQSH) bu sport turi bo‘yicha birinchi xalqaro musobaqalar bo‘lib o‘tgan. 1983- yilda Soda-Spring shahrida (Kalifomiya) snoubording bo'yicha birinchi Jahon chempionati o‘tkazilgan. 1990-yillarda Xalqaro snoubording federatsiyasi (ISF) tashkil topgan.
Snoubording musobaqalari ilk bor XVIII qishki Olimpiya o‘yinlari (Nagano, 1998 y.) dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempionlari - erkaklar o‘rtasida Shveysariya sportchisi Jan Simmen, ayollar o‘rtasida - Germanya sportchisi Nikolya Tost bo‘lgan. Qishki Olimpiya o‘yinlarida snoubording bo‘yicha eng ko‘p medallarga AQSH, Fransiya, Shveysariya, Germaniya sportchilari sazovor bo‘lgan.
Fristayl - (ingl. free - erkin, style - usul), qishki sport turi, uch xil musobaqalardan iborat: mogul (murakkab sakrashlar bilan notekis trassadan chang1 ida uchib tushish), chang* ida akrobatika, chang1 ida balet. Fristayl sport turi sifatida ilk bor 1966-yil AQSHning Attitash shahridagi musobaqalarda namoyish qilingan. 1975-yildan boshlab har yili fristayl bo‘yicha Jahon kuboklari o‘tkazilmoqda. 1979-yilda Xalqaro chang‘i sporti federatsiyasi (FIS) tarkibida fristayl bo‘yicha texnik qo'mita tuzilgan va bu sport turi FIS rahbarligida o‘tkazi- ladigan xalqaro musobaqalar dasturiga kiritilgan. 1980-yillarga kelib fristayl 30 dan ziyod mamlakatlarda rivojlangan. 1986-yil Fransiyada bu sport turi bo'yicha birinchi Jalion chempoinati o‘tkazilgan.
XV qishki Olimpiya o‘yinlarida (Kalgari, 1988 y.) fristayl bo'yicha ko‘rgazmali musobaqalar o‘tkazilgan. XVI qishki Olimpiya o‘yinIari (1992 y.) dasturiga fristaylning mogul musobaqalari kiritilgan. Mogul bo‘yicha birinchi olimpiya chempionlari - erkaklar o‘rtasida Fransiya sportchisi Edgar Grospiron, ayollar o‘rtasida - AQSH sportchisi Donna Ueynbrext bo‘lgan.
XVII qishki Olimpiya o‘yinlari (1994 y.) dasturiga fristaylning mogul va chang‘ida akrobatika turlari kiritilgan. Chang‘ida akrobatika bo‘yicha birinchi olimpiya chempionlari - erkaklar o'rtasida Shveysa­riya sportchisi Andreas Shyonbexler, ayollar o ‘rtasida 0 ‘zbekistonsportchisi Lina Cheryazova bo‘lgan. Fristayl bo‘yicha eng ko‘p medallarga AQSH, Norvegiya, Kanada, Fransiya, Finlandiya sportchilari sazovor bo‘!gan.
Kyorling - (ingl. curl - aylantirmoq), muz ustida kegli o^yinining turi, XIV asrda Shotlandiyada paydo bo‘lib, so‘ng Yevropa va Kanada mamlakatlarida keng tarqalgan. XIX asrda uning shotlandcha, nemischa va shveysarcha o‘yin usullari mavjud bo‘lgan. 1950-yilda Yevropa va Amerika bir qator mamlakatlarining milliy federatsiyalari tashabbusi bilan Xalqaro kyorling federatsiyasi (FIK) tashkil topgan. 1951-yildan boshlab bu sport turi bo‘yicha Yevropa chempionatlari muntazam o‘tkazilmoqda.
Zamonaviy kyorling - qishki sport o‘yini, 40x30 m muz maydonida o ‘ynaladi. 0 ‘yin maqsadi - muz ustuda chizilgan nishonga bitta - diskni (20 kg) tushirish. Bitta chizig‘i nishondan 31 m masofada bo‘ladi. Kyorling bo‘yicha ko‘rgazmali musobaqalar I, III, IV, IX, XV, XVI qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. Nihoyat, 1994-yilda XOQ sessiyasida kyorling sport turini olimpiya dasturiga kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan. XV1H qishki Olimpiya o‘yinlarida (1988 y.) kyorling musobaqalari ilk bor o‘tka- zilgan. Kyorling bo‘yicha birinchi olimpiya chempionlari - erkaklar o‘rtasida Shveysariya, ayollar o‘rtasida - Kanada terma jamoalari bo‘lgan. Olimpiya musobaqalarida kyorling bo‘yicha eng ko‘p medal- larga Kanada, Shveysariya, Norvegiya sportchilari sazovor bo‘lgan. “Olimpiya musobaqalarining o‘sish darajasi. 1980-yillarning boshida havaskorlik statusidan voz kechilgan, O'yinlarga aniq ijtimoiy-sinfiy xarakter berildi. Dastlabki o‘yinlarga ayollar umuinan qatnashmagan va faqatgina 1980-yillardan boshlab, ular uchun to‘liq dasturlar ochila boshlandi. Hattoki hozirgi vaqtda ham chang‘ida sakrashda bahslashish va ziddiyatlar sohasi qolmoqda. Paralimpiya o‘yinlari dasturga kiritilishi uchun uzoq vaqt davom etgan kurashdan keyin ham hozirga qadar alohida tadbir bo‘lib qolmoqda.
Sportda halollik va teng o‘yin maydonlariga erishish qiyin, chunki moddiy sharoitlardagi tengsizlik millatlar o‘rtasidagi resurslarda juda katta farqlar uchun asos bo‘ladi. Shu bilan birga, iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlarda millatchilik, eiita bo‘lgan atletik tanalarni va yuqori ixtisoslashgan sportchilarni ishlab chiqish vositasida oltin medallarga erishishga intilishni tezlatadi. Olimpiya oltin medalining qiymati oshdi.


Download 24.22 Kb.
  1   2




Download 24.22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qishki olimliada o'yinlari (1920-hozirgi davrgacha). Reja. Qishki Olimpiya o'yinlarining rivojlanish davrlari XII qishki Olimpiya o'yinlari

Download 24.22 Kb.