|
Don quritgichlarining ishini avtomatlashtirish
|
bet | 11/19 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 323,23 Kb. | | #261177 |
Bog'liq 3 bmiDon quritgichlarining ishini avtomatlashtirish
Xozirgi paytda qishloq xo’jaligida asosan shaxtali va barabanli don quritgichlaridan foydalanilmoqda. Quyida eng ko’p qo’llaniladigan don quritgichlarini ko’rib chiqamiz.
S3SH-8 va S3SH-16 statsionar don quritgichlari (85-rasm). Ikkita quritish kamerasi ikkita quritgich uskuna bunkeri 6, ikkita nam donni yuklash noriyasi 7, ikkita quruq don noriyasi 8, tushirish uskunasi 3, shlyuz to’siqli ikkita quritgich kolonkasi 9 dan tashkil topgan. Issiqlik tashuvchi isitgichdan 2 truba o’tkazgich orqali quritish kameralari 4 va 5 ga beriladi. SHaxtalar orasidagi masofadan diffuzor 12 sifatida foydalaniladi, bunga markaz qismining tag tomonidan issiqlik tashuvchi keltiriladi, yon tomonlaridan esa ishlatilib bo’lingan issiqlik ventilyatorlar 13 yordamida tashqariga xaydaladi. Kameralar ichida besh burchakli quti 11 lar o’rnatilgan. Bir tomondan bu qutilar devorga tegib turadi, boshqa tomondan esa ochiq derazalarga ega.
Issiq xavo qizdirgichdan diffuzor orqali ochiq derazalarga beriladi, u erdan don qatlamiga kirib namlikni yutadi, so’ngra boshqa quti qatoriga o’tkaziladi va ventilyatorlar 13 yordamida tashqariga chiqariladi.
Nam don birlamchi tozalashdan keyin noriya 7 ni sepuvchi cho’michiga beriladi, u esa donni ko’taradi va quritgichning ustki bunkeri yordamida quritgich shaxtasi IO to’ldiriladi. Quritgichdagi donning kerakli satxi quritgichning ustki bunkerlarida 6 o’rnatilgan minimal va maksimal satx datchiklari yordamida nazorat qilinadi. Porsiyali tushiruvchi qurilma ishini satx datchigi yordamida quyi satxiga etganda tushiruvchi karetkalar elektr motorlari to ‘xtatiladi, maksimal satxxga etganda tushiruvchi karetkalar elektr motorlari yana ishga tushadi. Ortiqcha don quritgich ustki bunkeri 6 dan don to’kkich orqali chuqurga to’kiladi. Shaxtaning tag qismidagi naychalarda oqimdagi donlarning qizish har oratini masofadan o’lchash uchun har orat datchiklari o’rnatilgan.
rasm. SZS -16 don quritgichining texnologik sxemasi (a) va uning ichki ko’rinishi (b)
Quritilgan don noriya 8 yordamida ko’tariladi va tarnovli sarf o’lchagichlarga tashlanadi, u erdan esa sovitgich ustuniga 9 yuboriladi. Sovitgich kolonkalari ikkita koaksal joylashgan silindrlardan ishlangan. Ichki kichkina silindrga yuqoridan ventilyatorning suruvchi naychasi ulangan, uning yordamida ishlatilib bo’lingan xavo chiqarib tashlanadi. Don ichki va tashqi silindrlarning perfolangan devorlari orasida joylashadi va donlar qatlami orasiga xavo yuborish bilan sovitiladi. Kolonkani pastki qismi konussimon ishlangan bo’lib, unda vaqti- vaqti bilan ustunni bo’shatish uchun shlyuzli to’siq joylashgan.
Shlyuzli to’siq ijrochi mexanizmi don satx datchigidan boshqariladi. Bu datchik ustunning yuqori qismidagi donning yuqori va pastki ruxsat etilgan satxini nazorat qiladi. Donni maksimal satxida to’siq ochiladi, minimal satxida esa to’siq yopiladi.S3SH-8 don quritgichi uchun qizdirgichning texnologik sxemasi 86- rasmda ko’rsatilgan
Yoqilg’i ta’mirlash tizimi yoqilg’i bakidan 18, nasos 17, manometr 1, to’kish krani 15, drossel 20, zolotnik 19, forsunka 4, gaz purkagich 11 va yoqilg’i yuboruvchi trubali o’tkazgich 16 lardan tashkil topgan.
Qizdirgichning yonish kamerasi 7 da ekran 5 va uglerodli po’latdan yasalgan g’ilof 6 mavjud. Aralashtirish kamerasi 9 ning old qismida saqlash klapani 10 o’rnatilgan. Bu klapan qizdirgichdagi yoqilg’i bug’larini to’satdan portlab ketishidan saqlaydi.
11.3.5 - rasm. SZSH-8 don quritgichi o’txonasining texnologik sxemasi
Suyuq yoqilg’i shesternali nasos 17 yordamida o’choqqa 4 ga keladi. YOqilg’ini jo’natishni masofadan avtomatik boshqarish zolotnik 19 orqali bajariladi, purkash bosimi esa drossel 20 yordamida o’rnatiladi.
YOqilg’ini yoqish uchun kerak bo’lgan xavo forsunkaga rotatsion gaz purkagichi 11 yordamida 12 va 13 kranlar orqali yuboriladi. Purkash ventilyatori 173
14 qizdirgichga 9 ming m3/soat gacha xavo beradi. Qizdirgich ishga tushirilganda qizdirish ventilyatorlarining elektr motorlari va yoqilg’i nasosi 17 ishlay boshlaydi. Transformator 2 va yuqori kuchlanishli yoqish shamlari 3 yordamida yonilg’i alangalanadi, buni nazorat qilish maxsus fotodatchik yordamida olib boriladi. Agar yoqilg’i alangalanmasa qizdirgich ventilyatori yuritmasi va yonilg’i nasosi o’chiriladi. Qizdirgich ishlayotganda aralashtirish kamerasi 9 ga qizdirish gazlari keladi, yonilg’i kameralari devorlari orasidagi xalqa bo’shliqlar, ekran 5 va g’ilof 6 orqali tashqi xavo kiradi.Ish unumdorligi 2,4 va 8 t/soat bo’lgan S3PB-2, S3SB-4 va S3SB-8 barabanli don quritgichlari oziq-ovqat donlarini, o’simlik urug’larini quritish uchun, oqsil-vitaminli o’simlik unini tayyorlash uchun ishlatiladi.
|
| |