Mamayusupova zilola rasuljon qizi bitiruv malakaviy ishi




Download 323,23 Kb.
bet12/19
Sana07.06.2024
Hajmi323,23 Kb.
#261177
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
3 bmi

11.3.6-rasm. SZSB-8 don quritgichining texnologik sxemasi.
K3S-20B tipidagi donga hosildan keyingi ishlov berish kompleksi majmuiga kiruvchi S3Sb-8 don quritgichini (11.3.6- rasm) texnologik sxemasini ko’rib chiqamiz. U o’z ichiga o’txona1, yuklash kamerasi 3, ko’tarish kurakli 5 quritgich barabani 4 tushiruvchi kamera 7, elevator 9, shnekli 12 sovitish ustuni 10 ni o’z ichiga oladi. Quritgich barabanining yuritmasi quvvati 7,5 kVt bo’lgan elektr motori bilan ikki pog’onali reduktor va yuritma tasmalar orqali ishga tushiriladi. Quritgich barabaniga don uzluksiz va bir tekisda kelishi kerak. Don barabanga vintli yo’lakcha orqali beriladi, ortiqcha don esa yuklovchi kameraning maxkamlangan xalqasi orqali to’kiladi va ochilib-yopilib turuvchi klapan 13 orqali qabul qiluvchi bunkerga yo’naladi.
Issiqlik tashuvchi va kurak (5)lar ta ‘sirida don baraban bo’ylab aralashib to’kish kamerasi 7 ga tushadi. U erdan shlyuzli to’siq 8, elevator 9 yordamida sovitish ustini 10 ga yo’naladi. Sovitish ustinida don yuqoridan pastga qarab aralashadi va ventilyator 11 yordamida tashqi xavo bilan purkaladi va sovitiladi. Ustinning yuqori qismida donni uzatish va tekislab turish uchun ko’ndalang shnek 12 o’rnatilgan. Ustunga yuklash paytida ortiqcha don oxurida kontaktli datchikli klapan 15 qotirilgan don to’kgichi 14 ga tushadi. Kontaktli datchik va yuqori satx datchigidan shlyuzli to’siq 16 ishga tushadi, ya’ni donni bo’laklab chiqaradi. Donni chiqarish kolonkaning yuqorisida joylashtirilgan minimal satx datchigi ishga tushganda to’xtatiladi.
Issiqlik tashuvchini o’txonada 1 suyuq yonilg’ini (kerosin yoki kerosin 75% va motor yogi 25% aralashmasi) yoqib va o ‘txonaga berilayotgan qizdirgich gazlarini isitish bilan olinadi. Keraksiz gazlar truba 2 orqali chiqarib tashlanadi, ishlatilib bo’lingan issiqlik tashuvchi ventilyator 6 yordamida atmosferaga chiqariladi. K3S-20B kompleksiga kiruvchi ikkita S3B-8 don qurtgichini boshqarishni prinsipial elektr sxemasi 88-rasmda ko’rsatilgan. U agregatlarni masofadan ishga tushirish va to’xtatish, qizitgichni boshqarish, yorug’lik va tovush signal zan-jirlaridan tashkil topgan.
QF1 va QF2 avtomat o’chirgich va S1 almashlab ulagich yordamida uskunaning topshirilgan ishlash variantini tanlash mumkin: don quritgichlarining 175
alohida-alohida ishlashi yoki ularning bir vaqtda ishlashi (SA1 almashlab ulagichi mos ravishda 1, 2 va 3 holatida).Don quritgichini ishga tushirishdan oldin boshqarish sxemasiga kuchlanish beruvchi SF1 va SF2 avtomatlari qo’shiladi va SB2 tugmasi yordamida KM16 magnit ishga tushirgich qo’shiladi.
KM16:3 blok kontaktlari KV3 rele orqali NA ogoxlantiruvchi tovush signali qo’shiladi, bu signal agregatlar ishga tushgandan keyin KV1..KV3 relelari orqali SB21 tugmasi yordamida o’chiriladi.
Sxemaning birinchi don quritgichi ishga tushirilgan vaqtdagi (11.3.7-rasm va 11.3.8-rasm) ishlashini ko’rib chiqamiz. SB4 va SB6 tugmalari bilan quritish barabani 4 ventilyatori 6 elektr yuritmasi M1 (R=10kVT) va qizdirgich 1 elektr yuritmasi M2 (R=4kVt) ishga tushiriladi. KM2:3 blok-kontaktlaridan KT1 vaqt relesi ishga tushib, 150 s dan keyin o’zining KT1:1 kontakti bilan TV1 yoqish transformatorini va yoqilg’i ta’minlovchi UA1 elektromagnit klapani ishga tushiradi. Qizdirgichda olov paydo bo’lishi bilan KV5 fotorele ishga tushadi va KV4 relesini qo’shadi va KT1 vaqt relesini o’chiradi.
Agar ishga tushirganda qizdirgichda 15 s da olov paydo bo’lmasa, KT1 vaqt relesi ishga tushirilgandan boshlab R zanjirini 165 s ga shuntlaydi va bu bilan KV5 relesini, keyin esa KV4 relesini ishga tushiradi. KV4 relesi bitta kontakti bilan KT1 vaqt relesini o ‘chiradi, ikkinchi kontakti bilan KM2 magnit ishga tushirgichining ikkita ta’minlovchi zanjiridan birini uzadi. KTR relesi R zanjirini shuntsizlantirib KV5 fotorelesini o’chiradi, buning natijasida o’z navbatida KV4 manba zanjiri uziladi, so’ngra KM2 magnit o’chirgichi va qizdirgich (topka) ventilyatori o’chiriladi. KM2:3 blok-kontaktlari olovni nazorat qilish avtomatidan kuchlanishni uzadi va KV1:2 relesi kontaktlari orqali NA tovushli signallash uskunasi qo’shiladi.Qizdirgichda olov ba’zi sabablar bilan o’chib qolganda sxema analogik ravishda ishlaydi. Olovni o’chirish sabablari bartaraf qilinmasidan operator mashinani qayta qo’shishi mumkin emas.

11.3.7-rasm. SZB-8 barabanli don quritgichining prinsipial elektr


boshqaruv sxemasi.

Qizdirgich muvaffaqiyatli ishga tushganda SB12 va SB14 tugmalari bilan quritish barabani 4 NA M5 (R=7,5 kVt) elektr motorlarini KM5 va KM6 magnit qo’shgichini va M6 (R=5,5kVt) sovitish kolonkasi 10 ni ventilyator 11 elektromotorini ishga tushiradi.SB16...SB20 tugmalari yordamida KM13..KM15 magnit o’chirgichlari yordamida mos ravishda ikki oqimli noriyaning elektr yuritmasini ishga tushiriladi: M13 - sovitgich kolonkasi; M14 - quritgichni bo’shatish va M15-oraliq noriya. Har bir noriyaning elektromotori quvvati 2,2 kVt ga teng.Quritgichni bo’shatish noriyasini ishga tushirgandan keyingina quritgichni bo’shatish qurilmasi elektr yuritmasi M3 ni SB8 tugmasi yordamida ishga tushirish mumkin.


Analogik ravishda ikkinchi don quritgichining M7..M12 elektr motorlari ishga tushiriladi va to’xtatiladi.Sovitish ustunlari 10 bo’shatish qurilmasi 16 elektr yuritmasini SB9 va SB10 tugmalari yordamida qo’lda yoki donning satx datchigi yordamida avtomatik ravishda boshqarish mumkin. (SA2 almashlab ulagichini 2- holatga qo’yiladi)Sovitish ustinidagi donning pastki va yuqori satxi kattaligi SL1 va SL2 satx datchigi yordamida nazorat qilinadi. Agar don satxi ruxsat etilgan pastki satxga etsa SL1 kontakti ajraladi va sovitish ustunidagi don to’kilishi to’xtatiladi. Don satxi yuqori ruxsat etilgan satxga etganda avval SL2 kontakti, keyin SL2 kontakti qo’shiladi va sovitish ustunidan don olish boshlanadi.
Don quritgichini operator SB19-SB1 «STOP» tugmalarini ketma-ket bosib to’xtatadi. Avariya holatida esa barcha mashinalar bir vaqtning o’zida SB yoki SB1 tugmasi yordamida to’xtatilad
\
Donni aktiv shamollatish jarayonini avtomatlashtirish
Aktiv shamollatish - xo’l donni vaqtincha saqlashning effektiv turi bo’lib, bunda don sovuq yoki isitilgan xavo bilan shamollatiladi. Xo’l paytida don qiziydi,har xil mikroorganizmlar, griboklar bilan ifloslanadi va urug’lik, oziq- ovqatga ishlatib bo’lmaydigan darajada sifati buziladi. Aktiv shamollatish donni o’z-o’zidan qizishni oldini oladi, donni quritadi va sovitadi.
Agar donning namligi 20%, xavoning nisbiy namligi 90% dan oshmaganda sutka davomida shamollatish shart. YOmg’irli kunda esa don har 4..6 soatda 1,5 soat davomida issiq xavo yordamida shamollatib turiladi.
Atmosfera xavosi bilan donni aktiv shamollatish uchun xozirda BV- 6; BV-12; 5BV-25; BV-50 va «Petkus» (Germaniya) firmasining K-878
shamollatish bunkerlaridan foydalanilmoqda. SHamollatgich bunkerlari silindr shaklida bo’lib, shtamplangan bo’limlardan iborat. Bunker ichida xavo bo’lgich


Download 323,23 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Download 323,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mamayusupova zilola rasuljon qizi bitiruv malakaviy ishi

Download 323,23 Kb.