• Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi
  • . Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi
  • Intensiv kontaktli tarelkalarning turlari
  • Mavzu: Uzluksiz ishlovchi rektifikatsion kolonnalar




    Download 0,55 Mb.
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #245439
    Bog'liq
    neftdan

    Mavzu: Uzluksiz ishlovchi rektifikatsion kolonnalar

    Reja:

    1. Davriy ishlaydigan rektifikatsion kolonnalar

    2. Uzluksiz ishlovchi rektifikatsion kolonnalar

    3. Murakkab kolonnalar

    Davriy ishlaydigan rektifikatsion kolonnalar

    • Kichik ishlab chiqarishlarda davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar qo`llaniladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga beriladi. Kub ichiga isituvchi zmeyevik joylashtirilgan bo`lib, aralashma qaynash haroratigacha isitiladi. Hosil bo`lgan bug`lar rektifikatsion kolonnaning oxirgi tarelkasining pastki qismiga o`tadi. Bug` kolonna bo`ylab ko`tarilgan sari yengil uchuvchan komponent bilan to`yinib boradi. Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir qism distillyat flegma deb yuritiladi. Flegma (suyuq faza) kolonnaning eng yuqori tarelkasiga beriladi va pastga qarab harakat qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida o`z tarkibidagi yengil uchuvchan komponentni bug` fazasiga beradi. Bug` va suyuq fazalarning bir necha bor o`zaro kontakti natijasida bug` fazasi yuqoriga harakat qilgani sari yengil uchuvchan komponent bilan to`yinib borsa, suyuqlik esa pastga tomon harakat kilgani sari tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib boradi.

    O`rnatish va ta’mirlashni osonlashtirish maqsadida tarelkalar orasidagi masofa 450 mm dan kam bo`lmagan qiymatda qabul qilingan.

    • O`rnatish va ta’mirlashni osonlashtirish maqsadida tarelkalar orasidagi masofa 450 mm dan kam bo`lmagan qiymatda qabul qilingan.
    • Kolonnaning yuqorigi qismidan bug`lar deflegmatorga o`tadi va u yerda to`la yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. Bug`lar to`la kondensatsiyalanganda hosil bo`lgan suyuqlik ajratgich yordamida ikki qism (distillyat va flegma)ga ajraladi. Oxirgi mahsulot (distillyat) sovitgichda sovitilgandan so`ng, yig`ish idishiga yuboriladi. Kubda qolgan qoldiq suyuqlik kerakli tarkibiga erishgandagina jarayon to`xtatiladi, qoldiq tushiriladi va tsikl qaytadan boshlanadi. Qoldiqni tegishli tarkibga ega bo`lishini uning qaynash haroratiga qarab aniqlanadi

    Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi

    • Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi
    • 1-haydash kubi; 2-rektifikatsion kolonna; 3-deflegmator; 4-ajratgich; 5-sovitkich; 6,7-yig`gichlar

    Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar

    • Bunday qurilmalar sanoatda keng ishlatiladi. Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilmaning printsipial sxemasi 3.2 – rasmda ko`rsatilgan Qurilmaning asosiy apparati rektifikatsion kolonnadir. Kolonna tsilindrsimon shaklda bo`lib, uning ichiga tarelkalar yoki nasadkalar joylashtirilgan bo`ladi. Rektifikatsion kolonnalarda rektifikatsiya jarayoni bug` va suyuq fazaning ko`p marta o`zaro kontakti ta’sirida amalga oshadi. Shu maqsadda kolonna maxsus kontakt qurilmalari- tarelkalar bilan ta’minlangan bo`ladi. Tarelkalar kolonna ichida gorizontal holatda o`rnatiladi.
    • Dastlabki aralashma isitgichda qaynash haroratigacha isitiladi, so`ngra kolonnaning ta’minlovchi tarelkasiga yuboriladi.

    . Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi

    • . Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi
    • 1 -isitgich; 2-rektifikatsion kolonna; 3-deflegmator; 4-ajratgich; 5-sovitgich; 6-distillyat yig`gich; 7-qaynatgich; 8-qoldiq mahsulotni yig`gich.

    Intensiv kontaktli tarelkalarning turlari

    • Intensiv kontaktli tarelkalarning turlari
    • a – fazalarning ikki zonali kontaktiga ega bo`lgan tarelkalar;
    • b – qo`zg`aluvchan sharsimon nasadkali tarelkalar

    Rotorli qurilmalarning kontakt qurilmalari (a,b)

    • Rotorli qurilmalarning kontakt qurilmalari (a,b)
    • 1–tarelka;2–patrubkalar;3–aylanuvchi konus;4–tomchi qaytargich; 5 – val; 6 – quyilish qurilmasi; 7 – valdagi teshiklar; 8 – to`lqinsimon parraklar.

    Download 0,55 Mb.




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Uzluksiz ishlovchi rektifikatsion kolonnalar

    Download 0,55 Mb.