Mavzu: Draglaynlarni ish unumdorligi. Reja: Draglayn haqida umumiy malumot. Draglayn ishchi parametrlari




Download 14,76 Kb.
bet1/4
Sana01.12.2023
Hajmi14,76 Kb.
#108923
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Draglaynlarni ish unumdorligi. Reja-fayllar.org (1)


Mavzu: Draglaynlarni ish unumdorligi. Reja

Mavzu:Draglaynlarni ish unumdorligi.
Reja:
1.Draglayn haqida umumiy malumot.
2.Draglayn ishchi parametrlari.
3.Draglayn ish unumdorligi
4.Xulosa.
5.Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Draglayn davriy ishlovchi ekskavator bo‘lgani uchun uning 1tn konstruksiyasiga to‘g‘ri keladigan unumdorligi uzluksiz ishlovchi ekskavatorlarnikiga nisbatan kam bo‘ladi. Ammo uning qo‘llanish soxasi juda kengdir.
Draglayn bilan yarim qoya tog‘ jinslarini oldindan burg‘ulab portlatib yumshatilganidan keyin qazib olish mumkin. Draglaynning ishchi organi – cho‘michli kanat osilgan strela hisoblanadi. Draglaynlarning ishlash prinsipi shundan iboratki, ekskavator tortuvchi kanat bilan cho‘michni tortib qazish joyi yuza qatlamini kirkadi, cho‘mich chuqurlashib tishlari bilan tog‘ jinsiga botadi.
Zich tog‘ jinslarini qazib olishda cho‘michning orqa qismi ko‘taruvchi kanat yordamida biroz ko‘tariladi va qazish joyi bilan cho‘mich tishi orasidagi burchak kattalashtiriladi. Bu esa, o‘z navbatida cho‘michning tog‘ jinsiga botishini osonlashtiradi. Ishchi sikl – ekskavatorning burilish bilan bir vaqtda cho‘michni qazish joyiga tushirishi, undan keyin cho‘michni to‘ldirish, qazish joyidan ko‘tarish va buralish bilan birga bo‘shatish joyiga bo‘shatishlardan iboratdir.
To‘ldirilgan cho‘mich gorizontal holatda tortuvchi kanat yordamida ushlab turiladi. Ish vaqtida ekskavator dumaloq – aylanuvchi platformaga tayanadi va shuning uchun xam ekskavatorning og‘irligidan qat’iy nazar yerga bo‘ladigan solishtirma bosim kam bo‘ladi va bu ekskavatorning to‘kilgan tuproq va ag‘darmalar ustlarida samarali ishlash imkonini beradi.
Draglaynlarning qazib olish texnologiyasi va parametrlari. Draglaynlarning asosiy texnologik parametrlari - cho‘mich sig‘imi, ekskavator o‘lchamlari, uning massasi, yerga beruvchi solishtirma bosimi, zabt etish qiyaligidan iboratdir. Ishchi parametrlari esa qo‘yidagilardan iborat:
 cho‘michlash radiusi-Rch;
 cho‘michlash chuqurligi-Nr;
yuklash radiusi-Rr;
 yuklash balandligi-Nr.
draglayn - ekskovator turgan sathdan pastda joylashgan gruntlarni,
shuningdek namligi yuqori bo‘lgan gruntlarni ishlash uchun mo‘ljalangan.
Ekskavator–draglaynlar bir kovshlidan shunisi bilan farq qiladiki,
ularning cho‘michi katta belkurakli tipda bo‘lib, o‘qda kanatlarda osilgan
bo‘ladi. Draglayn o‘zi turgan joyning pastki qismini qaziydi, shu sababli
konning yuqori maydonida ishlaydi.



Download 14,76 Kb.
  1   2   3   4




Download 14,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Draglaynlarni ish unumdorligi. Reja: Draglayn haqida umumiy malumot. Draglayn ishchi parametrlari

Download 14,76 Kb.