I-BOB. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari




Download 323,23 Kb.
bet2/19
Sana07.06.2024
Hajmi323,23 Kb.
#261177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3 bmi

I-BOB. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari
1.1. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari
Ishlab chiqarish sistemalarining asosiy elementlaridan biri bu texnologik jarayondir. Texnologik jarayon bu-mehnat qurollari holati o’zgaruvchi yoki ta’minlovchi harakat lardir. Texnalogik jarayonlar texnalogik operatsiyalardan iborat va u bitta ish joyida bajariladi. Texnalogik rejim - texnalogik jarayonning o’zgaruvchi qiymatlaridir. Texnalogik jarayon matematik tarzda quyidagicha shakllanadi.
TP =T(Ro, Rs, Rp, Rr, Ik, Ich)
Ro-texnalogik qurilma agregatlarning parametrlari majmuasi;
Pc-xom-ashyo parametrlarning majmuasi;
Pp-jarayon parametrlarning to’plami;
Pp-mahsulot parametri to’plami;
Ik,Ich-kirish, chiqish oqimlari parametrlarining intensivligi. Texnalogik jarayonning matematik javobini qurushi. U ayrim element operatsiyalari bilan qaraladi.
Avtomatlashtirishning turlari :
Avtomatika - fan va texnika soxasi bo’lib, ishlab chikarish yoki boshqa jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqarish nazariyasi va tizimlarini tuzish usullarini o’z ichiga oladi.
Avtomatlashtirish - keng ma’noda ishlab chiqarish jarayonlarini odam ishtirokisiz boshqarishni ta’minlashga qaratilgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy, madaniy va boshqa tadbirlar majmuidir.
Avtomatlashtirish o’z oldiga birgina kishi mexnatini engillashtirishnigina vazifa qilib quymay, balki ishlab chiqarishni shunday yukori tezlikda, aniqlikda puxtalikda, tejamkorlikda o’tishini ta’minlaydiki, uni inson bajara olmaydi.
Avtomatika - iborasi qadimiy grek so’zi “avtomatos”dan kelib chikib o’z-o’zidan ishlaydigan qurilma ma’nosini bildiradi. Qadim zamonlarda ham o’z-o’zidan ishlaydigan qurilmalar mavjud bo’lgan,masalan, olov yokilishi bilan ibodatxonalar eshigini ochib yuboradigan pnevmatik avtomatlar, mo’jizaviy suvlarni quyadigan avtomatlar va sh. o’.
Maxsus avtomatik qurilmalar yordamida bajariluvchi vazifalariga ko’ra avtomatlashtirishni quyidagi asosiy ko’rinishlarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik ximoya, avtomatik va masofadan boshqarish, telemexaniq boshqaruv.
Avtomatik nazorat texnologik jarayon xaqida operativ ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uning tarkibiga avtomatik signallash, o’lchash, saralash va axborot yig’ish kiradi.
Avtomatik signallash nazorat qilinayotgan turli texnologik jarayonlarning chegaraviy holatlarini xizmatchi xodimlarga ma’lum qilishda qo’llaniladi. Signallash vositalari yorug’lik, tovushli yoki bir vaqtda ikkala ko’rinishga ega bo’lishi mumkin (lampalar, sirenalar maxsus dinamik qurilmalar va boshqalar).
Avtomatik o’lchash alohida texnologik jarayon yoki mashina va agregatlarning ishini ko’rsatuvchi fizik kattaliklar xaqida o’lchov vostalari yordamida ma’lumotlar olishga xizmat qiladi.
Avtomatik saralash maxsulotning o’lchami, og’irligi, kattaligi, cho’ziluvchanligi va boshqa fizik ko’rsatkichlariga qarab avtomatik ravishda ajratish va nazorat qilish vazifasini bajaradi (don maxsulotlari, tuxumlarni, mevalarni, sabzavotlarni saralash va x.k.).

Download 323,23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 323,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-BOB. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari

Download 323,23 Kb.