Mavzu Avtomatik rostlash va boshqarish, avtomatik nazorat va signallash, avtomatik oʻlchash va himoyalash. Avtomatik boshqarish tizimi elementlari, datchiklar, relelar, kuchaytirgichlar va boshqa vazifalari va turlari




Download 12.58 Kb.
bet1/3
Sana19.02.2024
Hajmi12.58 Kb.
#158793
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Avtomatik rostlash va boshqarish, avtomatik nazorat va sig-fayllar.org
Mavzu; Elektr energiyasi sifati-azkurs.org

Mavzu Avtomatik rostlash va boshqarish, avtomatik nazorat va signallash, avtomatik oʻlchash va himoyalash. Avtomatik boshqarish tizimi elementlari, datchiklar, relelar, kuchaytirgichlar va boshqa vazifalari va turlari




Mavzu-4.Avtomatik rostlash va boshqarish, avtomatik nazorat va 
signallash, avtomatik oʻlchash va himoyalash. Avtomatik boshqarish tizimi 
elementlari, datchiklar, relelar, kuchaytirgichlar va boshqa vazifalari va 
turlari 
Reja:
1. Asosiy tushuncha va qoyidalar 
2. Avtomatik boshqarish tizimi elementlari 
Asosiy tushuncha va qoyidalar. Texnologik jarayonlarda odamning ishtirok
etishiga kura avtomatlashtirishni kuyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik
nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat - texnologik jarayon hakida operativ ma’lumotlarni
avtomatik ravishda qabul qilish va qayta ishlash uchun kerakli bulgan sharoitlarni
ta’minlaydi.
Avtomatik rostlash – texnologik jarayonlarni tegishli parmetrlarini avtomatik
ravishda belgilangan qiymatlarda ishlashini tag’minlaydi.
Avtomatik
boshqarish

texnologik
operatsiyalarni
belgilangan
muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob’ektiga nisbatan
buladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iboratdir.
Avtomatlashtirish – texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan.
texnik vositalarini joriy etish demakdir.
Zamonaviy texnikada ko’p sonli xilma-xil avtomatik qurilmalar va tizimlar
qo’llaniladi. Ular bir - biridan fizik tabiati, ishlash printsipi, sxemasi va konstruktiv
yechimlari va hokazolar bilan ajralib turadi. Bu qurilma va tizimlar, faqatgina bir
nechta asosiy avtomatlashtirish masalalarini hal qilish uchun mo’ljallangan. Ularga
kuyidagilar kiradi: signal berish; nazorat; blokirovka va himoya; ishga tushirish
hamda to’xtatish; boshqarish.
Avtomatik signal berish tizimlari xizmat ko’rsatuvchi shaxsga u yoki bu
texnik qurilmaning holati, u yoki bu jarayonning kechishi haqidagi xabarni
yetkazish uchun xizmat qiladi.
Avtomatik nazorat tizimlari insonning ishtirokisiz biror bir texnik agregat va
qurilmaning ishini yoki biror bir jarayonning kechishini tavsiflaydigan turli xil
parametr va kattaliklarni nazorati (o’lchash) ni amalga oshiradi.
Avtomatik blokirovka va himoya tizimlari texnik agregatlar va qurilmalarda
paydo bo’lishi mumkin bo’lgan avariya holatlarining oldini olish uchun xizmat
qiladi. Agar himoya šilinuvchi agregatni tavsiflovchi biror bir kattalik, o’zining
kritik qiymatiga erishganda hamda avtomatik blokirovka va himoya tizimi
insonning ishtirokisiz himoya qilinuvchi agregatga qisman yoki to’liq tahsir qilib,
uning ishini to’xtatib qo’yadi.





Avtomatik ishga tushirish va to’xtatish tizimlari oldin kiritilgan dastur
bo’yicha turli xil yuritkich va uzatmalarni ishga tushirish va to’xtatishni
ta’minlaydi.
Avtomatik boshqarish tizimlari insonning bevosita ishtirokisiz u yoki bu
texnik agregatlarning ishini boshqarish yoki biror bir jarayonlarning kechishini
boshqarish uchun mo’ljallangan.
Sanab o’tilgan avtomatik tizimlarning asosiysi avtomatik boshqarish tizimlari
hisoblanadi.
Boshqarish deganda, qo’yilgan maqsadga yetishishni tahminlovchi biror bir
jarayonni tashkil qilish tushuniladi.
Belgilanishiga qarab barcha avtomatik boshqarish tizimlari avtomatik rostlash
tizimlariga va kibernetik tizimlarga bo’linishi mumkin.
Avtomatik rostlash deganda, insonning bevosita ishtirokisiz biror bir
kattalikning talab etilgan qonun bo’yicha o’zgarishi tushuniladi. Rostlanuvchi fizik
kattalik rostlanuvchi kattalik va avtomatik rostlash amalga oshiriluvchi texnik
agregat esa rostlanuvchan obyekt deb ataladi.
Kibernetik tizimlar, avtomatik rostlash masalalaridan ancha murakkabroq
bo’lgan masalalarni yechish uchun mo’ljallangan. Bunday masalalarga kuyidagilar
kiradi: ekstremal rostlash, o’zini-o’zi sozlash, o’zgaruvchan tashqi sharoitda texnik
qurilmalarning ishini optimal tahminlash, boshqarish tizimlarining eng yaxshi ish
rejimlarini tanlash va boshqalar.

Avtomatik boshqarish tizimi elementlari 
Avtomatik tizimlar bir-birlari bilan ma’lum ketma-ketlikda bog’langan bo’lib,
har biri tegishli vazifani bajaruvchi alohida elementlardan iborat. Mustaqil
funktsiyani avtomatik tizim tarkibining biror qismi avtomatika elementi deyiladi.
Avtomatika elementlarini ularning funktsional vazifasiga ko’ra tasniflash
maqsadga muvofiq. Avtomatik tizim elementlarining tarkibiga kiruvchi funktsional
bog’lanishni ifodalovchi sxema funktsional sxema deb ataladi.
Bundan tashqari, shu avtomatik tizimni turli dinamik xususiyatlariga ega
bo’lgan va bir-birlari bilan bog’langan sodda bo’g’inlar shaklida tasvirlash ham
mumkin. Bu holda avtomatik tizimning sxema bo’g’inlarning bog’lanishini aks
ettiradi va tizimning tuzilish sxemasi deyiladi.
Rostlanuvchi obyekt va avtomatik rostlagich birligi avtomatik rostlash
tizimni (ART) tashkil qilib, rostlash konturi nomli berk zanjirni hosil qiladi. Bu
zanjir ARTning tuzilish sxemasiga emas, balki funktsional sxemasiga tegishli.





Datchik sezgir element bo‘lib, u nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan
kattalikni masofaga uzatilishi kulay xamda undan foydalanish oson bo‘lgan boshka
ko‘rinishdagi kattalikka aylantirib beradi.Chiqish kattaligiga qarab datchiklarda
mexanik va elektrik chiqishlar bo‘ladi. Birinchi guruh datchiklarda nazorat
qilinayotgan har qanday kattalik chiqishdagi mexanik kattaliklarga aylantiriladi.
Ikkinchi guruh datchiklarda esa noelektrik kattaliklar elektr kattaliklarga
aylantiriladi. Chiqish signalini kuchaytirish,boshqarish, rostlash, masofadan turib
o‘lchash qulay bo‘lganligi tufayli bu guruh datchiklar texnikada ko‘prok
qo‘llaniladi.
Nazorat qilinayotgan noelektrik kattaliklar (bosim, harorat, namlik, tezlik va
sh.u.) obyektni o‘ziga joylashtirilgan datchiklar orqali elektrik miqdor (tok,
kuchlanish, zaryad) ga aylantiriladi. So‘ngra ular elektr o‘lchash qurilmalariga
uzatiladi (bu qurilmalar shkalasi nazorat qilinayotgan kattalik o‘lchov birligida
graduirovka qilingan bo‘ladi).
Avtomatik qurilmalarda .uyidagi parametrik datchiklar ko‘prok tarqalgan:
reostatli (potensiometrik), termoqarshilikli, tenzometrik (simli), induktiv,sig‘im,
fotoelektrik (fotoqarshilik) li, datchiklar.



Download 12.58 Kb.
  1   2   3




Download 12.58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu Avtomatik rostlash va boshqarish, avtomatik nazorat va signallash, avtomatik oʻlchash va himoyalash. Avtomatik boshqarish tizimi elementlari, datchiklar, relelar, kuchaytirgichlar va boshqa vazifalari va turlari

Download 12.58 Kb.