signali qiymati kamayib ma’lum miqdorga etganda esa chiqish signali
sakrashsimon xarakterda yo‘qoladi va rele oldingi holatga qaytadi (1-rasm).
1-rasm. Rele tavsifi
.
Relega ta’sir qiladigan fizik miqdor turiga karab u quyidagilarga bo‘linadi:
elektrik – ular tok, kuchlanish, quvvat, qarshilik, tok chastotasi, faza siljishi
ta’sirida ishlaydi.
mexanik – bosim, vakuum, sath, chiziqli va burchak siljishlari, zo‘riqish,
tezlik, tezlanish, suyuqlik va gazlar sarfi, oqim tezligi ta’sirida ishlaydi;
issiqlik – harorat o‘zgarishi ta’sirida ishlaydi;
optik – yoritilganlik va yoruqlik o.imini spektral tarkibi ta’sirida ishlaydi;
akustik – tovush bosimi va tovush tulqinlari chastotasi ta’sirida ishlaydi;
magnit –
magnit maydoni kuchlanganligi, magnit induksiyasi va magnit
oqimi ta’sirida ishlaydi.
Rele quyidagi parametrlar bilan tavsiflanadi:
1. Ishga tushish quvvati;
2
Boshqarish quvvati;
3. Qaytish quvvati;
4. Releni ishga tushish vaqti;
5. O‘lchash imkoniyatlari (releni juft kontaktlari soni bilan aniqlanadi);
6. O‘lchamlari, massasi, ishonli ishlashi ham releni parametrlari hisoblanadi.
Elektrik relelari elektromagnit, elektron, foto, elektron va vaqt relesi kabi turlarga
bo‘linadi.