O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniring" fakulteti
"
Elektronika va sxemalar 2
"
fanidan
Mavzu:
Differensial kuchaytirgich.
Bajardi:
AT servis 22- 06-guruh talabasi
G`afforov Husniddin
Qabul qildi:
Hotamov A. X.
SAMARQAND
–
2024
2-MUSTAQIL ISH
Differensial kuchaytirgich asosiy parametrlari.
Reja:
1.
Differensial kuchaytirgich (DK) haqida tushuncha.
2.
Simmetrik va Nosimmetrik DK sxemasi.
3.
DK asosiy parametrlari.
Differensial kuchaytirgich (DK) haqida tushuncha.
Integral kuchaytirgichlar bevosita bog‘langan bosqich sxemalari
ko‘rinishida quriladilar. Bu vaqtda bosqichdan bosqichga o‘tganda signal
doimiy tashkil etuvchisining o‘zgarishi kuzatiladi. Bu holat esa keyingi
bosqichlarni ishlab chiqarishda qiyinchilikla
r tug‘diradi. Bu kamchilikni
bartaraf etish maqsadida o‘zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmalari
qo‘llaniladi. Ular sath transformatorlari deb ham ataladilar. Bu vaqtda sath
siljitish qurilmasi signal o‘zgarmas tashkil etuvchisini keyingi bosqichg
a
o‘zgarishlarsiz uzatishi kerak, ya’ni kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish
koeffitsiyenti
U
K
1 bo‘lishi kerak.
Oldingi ma’ruzada ko‘rib chiqilgan manfiy TAli kuchaytirgich kaskadlar
kuchlanish bo‘yicha kichik kuchaytirish koeffitsiyentiga
ega bo‘lgan holda yuqori
barqarorlikka, nolining dreyfi kichik bo‘lishiga qaramasdan, turli halaqitlar
ta’siridan himoyalanmagan. Natijada, kirishga signal berilma
-ganda chiqishda
yolg‘on signallar paydo bo‘lishi mumkin. Halaqitlar manbai bo‘lib:
1. Yuqori chastotali tebranishlarni generatsiyalovchi turli qurilmalar,
masalan, radiouzatgich, yuqori chastotali apparaturalar;
2. Ishlaganida elektr zaryad hosil qiluvchi qurilmalar, masalan, elektr
dvigatellar va generatorlar, avtomobillar dvigatellarini o‘t ol
idirish tizimlari va
shunga o‘xshashlar xizmat qiladi.
Halaqitlar signal sifatida elektron asbobga ta’minot manbalari
liniyalaridan yoki signal kiritish va chiqarish zanjirlaridan kirishi mumkin.
Hozirgi kunda halaqitlar bilan kurashish uchun ko‘p samarali
choralar
ko‘rilgan. Ularning hammasi xalaqit signalini so‘ndirishga yo‘naltirilgan bo‘lib,
chuqur manfiy TA kiritish shular jumlasidandir. TA foydali signal kuchaytirish
koeffitsiyentini keskin kamayishiga olib keladi, chunki halaqit signali ham,
foydali signal ham, bitta kirishga beriladi. Shuning uchun ham signal
kuchaytirish koeffitsiyentini, ham hala-
qitlarni so‘ndirish koeffitsiyentini oshirish
uchun kuchaytirgich:
-
halaqit uchun chuqur manfiy TAni ta’minlashi;
- bir
vaqtda foydali signal uchun manfiy TAni yo‘qotishi kerak
.
Bu talablarga