• Avtomatik rostlash sistemalarining (ARS) o‘ziga xos jihatlari. Boshqarish tizimining eng sodda ko’rinishi bu avtomatik rostlash tizimi
  • 1-rasm. ART struktur sxemasi.
  • Mavzu: O‘zaro bog‘liq rostlash sistemalari Reja. Avtomatik rostlash sistemalarining (ars) o‘ziga xos jihatlari




    Download 437.41 Kb.
    bet1/5
    Sana28.09.2023
    Hajmi437.41 Kb.
    #85132
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Islom mi 1
    www.idum.uz Huquq 10 uzb 2023.pdf (2), 4MavzuFunksiya, AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSLARI FANIDAN NAZORAT TEST SAVOLLARI

    Mavzu: O‘zaro bog‘liq rostlash sistemalari
    Reja.

    1. Avtomatik rostlash sistemalarining (ARS) o‘ziga xos jihatlari.

    2. Avtomatik rostlash tizimining tuzilish sxemasi

    3. Avtomatik rostlagich tizimining bir konturli berk funksional sxemasi.



    Avtomatik rostlash sistemalarining (ARS) o‘ziga xos jihatlari.
    Boshqarish tizimining eng sodda ko’rinishi bu avtomatik rostlash tizimi (ART) bo’lib, ART misolida tizim elementlarini aloxida ko’rib chiqaylik. Rostlash ob’ekti ART ning asosiy elementi hisoblanadi.
    Rostlash obyektlari va ularning ko’rsatkichlari. Texnologik jarayonlarni boshqarish va optimallashtirish uchun rostlanuvchi obyekti alohida o’rganilib, ularga mos rostlash qonunlarini topish zarur hisoblanadi. Avvaliga obyektni ba’zi xossalari o’rganilib chiqiladi. Ular quyidagilardan iborat:
    Obyektni statik tavsifi. U obyektning turg’un holatida kirish va chiqish ko’rsatkichlari orasidagi bog’liqlikni ko’rsatadi.
    Dinamik tavsifi. Bu obyektning o’tish sharoitida chiqish ko’rsatkichlarini kirish ko’rsatkichlaridan bog’liqligini ko’rsatadi.
    Obyektga yuklama. Obyektdan ishlab chiqarish yoki boshqa ehtiyojlar uchun olinayotgan mahsulot yoki energiya miqdoriga yuklama deb aytiladi. Obyektga yuklamani o’zgarishi jarayonni boshqarishga ta’sir qiladi.
    Rostlanuvchi obyekt sig’imi. Obyektda ushbu daqiqadagi bor bo’lgan, mahsulot yoki energiya miqdoriga obyektning sig’imi deb aytiladi. Sig’im obyektni mahsulot yoki energiya miqdorini yig’ish qobiliyatini xarakterlaydi va obyektni inersiya xususiyatini ham ko’rsatadi.


    1-rasm. ART struktur sxemasi.

    Sxemada: RQ - rostlovchi qurilma; IQ - ijrochi qurilma; BO’ - birlamchi o’zgartirgich - masofaga signal uzatuvchi; B -buyurtma; RQ - rostlovchi qurilma; Pr – o’zgartirgich; K - kuchaytirgich; SE - solishtiruvchi element, - rostlash ta’sir signali.


    Obyektlarning o’z-o’zidan muvozanatlanish xususiyati. O’zidan o’zi muvozanatlanish xususiyatiga ega bo’lgan obyektlarda balans holati buzilsa, ya’ni kelayotgan modda miqdori ketayotgan modda miqdoriga teng bo’lmay qolsa, tashqi ta’sirsiz bu balans yana tiklanadi (ya’ni rostlagichsiz). Bunda rostlanuvchi parametr bir muvozanatlangan qiymatdan ikkinchi muvozanatlangan qiymatga o’tadi. Misol tariqasida gidravlik idishni ko’raylik (2. a-rasm).


    a) b)

    Download 437.41 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 437.41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: O‘zaro bog‘liq rostlash sistemalari Reja. Avtomatik rostlash sistemalarining (ars) o‘ziga xos jihatlari

    Download 437.41 Kb.