• Microsoft Office paketining tarkibi va ularning vazifalari
  • СТАНДАРТНАЯ va ФОРМАТИРОВАНИЕ
  • Mavzu: ms office dasturlar paketi




    Download 0,55 Mb.
    bet1/5
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #239002
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    MS Office dasturlar paketi


    Mavzu:MS Office dasturlar paketi
    Reja:

    1. Microsoft Office dasturlar paketi va uning tarkibi

    2. Muharrir dasturlar. Word matn muharriri.

    3. Word matn muharririning imkoniyatlari

    4. Word matn muharririning oynasi


    Microsoft Office paketining tarkibi va ularning vazifalari
    Microsoft Offiсe dasturlaridan foydalanuvchi xar bir masalani yechishda, xujjatlarni taxrirlashda, setlarda ishlashda unimli foydalanishi mumkin. Ofisdan foydalangan foydalanuvchi ekranni o’z xoxishi buyicha o’zgartirishi, shriftlarni tanlashi, printerlarni tanlashi, yangi «yarlk»lar tuzishi, boshqa tizimlarni disklarga yozishi, qo’shimcha kompyuter ko’rilmalarini o’rnatishi va xakozo imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Qisqa qilib aytganda kompyuter ishini o’z xoxishiga moslab kompyuter xotirasi, ekranni, ishlash tezligi, qo’shimcha ko’rilmalaridan optimal foydalanishi mumkin.
    Mashxur Microsoft firmasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun kupgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqdalar. Jumladan foydalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar paketini ham ishlab chiqarishgan.
    Ko’pgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar tuplamini chalkashtirishadi. Tug’ri bu ikkala dasturlarni ham Microsoft firmasi ishlab chiqqan va asosan shaxsiy IBM va Pentium kompyuterlariga o’rnatishga muljallangan. Windows operatsion tizimi OFFICE dasturlarisiz bemalol ishlay oladi, lekin OFFICE dasturlari Windows dasturisiz ishlamaydi. Windows dasturlarining quyidagi versiyalari mavjud: Windows-3.X, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, Windows-2002, Windows NT, Windows XP va hokozo.
    Office dastur paketini esa quyidagi versiyalari mavjud; Office-95, Office-96, Office-97, Office-2000, Office-2002 va Office XP.
    Office-2003 dasturlar paketini shaxsiy kompyuterga o’rnatish uchun avvalom bor kompyuterda Windows operatsion tizimi o’rnatilgan bo’lishi, so’ng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16Mbt bo’lishi va qattiq diskda kamida 250 Mbtdan - 700Mbtgacha (Officedan foydalanish imkoniyatiga qarab) bo’sh joy bo’lishi lozim.
    Office-2003 dasturlar paketiga quyidagi dasturlar kiradi:

    • MS WORD- har xil ko’rinishdagi oddiy va murakkab matnlarni taxrirlashga muljallangan matn muxxarri.

    • MS EXCEL- har ko’rinishdagi hisob-kitobli ma‘lumotlar bilan ishlashga muljallangan elektron jadvalli dastur.

    • MS POWERPOINT- ma‘lumotlarni taqdimot, reklama qilishga muljallangan taqdimot dasturi.

    • MS ACCESS- ma‘lumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga muljallangan dastur.

    • MS PUBLISHER- xar xil tipdagi noshirlik ishlarini bajarishga muljallangan muxarrir dastur.

    • MS OUTLOOK- elekton pachtadan foydalanishga muljallangan dastur va xakazo.

    Office dasturlar paketini o’rnatishda yuqorida ko’rsatilgan dasturlarni tanlash orqali, ya‘ni keraklisini o’rnatish orqali kompyuter qattiq diskidagi joyni tejash mumkin.
    Microsoft Word matn muharriri WINDOWS operatsion tizimida ishlashga mo’ljallangan amaliy dasturlardan biri. Uni ishga tushirish uchun biz Пуск menyusiga kirib Программы bo’limni tanlaymiz va shu bo’limda Microsoft Word dasturni tanlaymiz, yoki С: diskdagi Programm Files ichidagi Microsoft Office papka ichidagi winword.exe faylni ishga tushiramiz. Natijada dastur ishga tushadi. Dastur ishga tushgach siz ekranda uning oynasini ko’rasiz. Oynaning asosiy qismlari bu nom satri, menyu satri, yordamchi tugmalar satri, ish sohasi va malumotlar satri.

    Nom satrida aktiv bo’lgan dokumentning nomi yoziladi, agar aktiv dokument yangi yaratilgan bo’lsa u holda uning nomi Документ 1 ko’rinishida bo’ladi.


    Nom satri pastida menyu satri joylashgan. U yordamida biz dasturning hamma buyruqlari bilan ishlashimiz mumkin. Shu buyruqlar quyidagi guruhlarga ma‘nosi yoki ishlash holati bo’yicha saralab bo’lingan: ФАЙЛ, ПРАВКА, ВИД, ВСТАВКА, ФОРМАТ, СЕРВИС, ТАБЛИЦА, ОКНО, СПРАВКА.
    Menyu satri pastida yordamchi tugmalar satri joylashgan bo’lib, u yordamida biz menyudagi bir xil amallarni bajarishimiz mumkin. Buning uchun biz kerakli tugmaga sichqoncha bilan ko’rsatib, sichqonchaning o’ng tugmasini bosamiz. Yordamchi tugmalar bajariladigan amallari bo’yicha guruhlarga bo’linadi: СТАНДАРТНАЯ, ФОРМАТИРОВАНИЕ, РИСОВАНИЕ, ТАБЛИЦИ И ЗАЛИВКА, WORDART, НАСТРОЙКА ИЗОБРАЖЕНИЯ, ФОРМЫ, ЭЛЕМЕНТЫ УПРАВЛЕНИЯ va boshqa.
    Yordamchi tugmalar satri tagida ish sohasi joylashgan. Shu sohada siz ok varaqada yozuvlarni yozganday bo’lasiz. Matn bilan ishlashda bizga klaviatura va sichqoncha yordam beradi. Sichqonchaning so’zga ko’rsatib bittali bosish - shu so’zga Kursorni o’tkazish, so’zga ko’rsatib ikkitali bosish - shu so’zni tanlash, so’zga ko’rsatib uchtali bosish - shu so’z joylashgan abzatsni tanlab olish. Klaviaturaning yo’nalish tugmalari yordamida bir satr yuqoriga, bir satr pastga, bitta belgi chapga, bitta belgi o’ngga o’tish. Shu tugmalar va SHIFT tugmasi birgalikda belgilar, so’zlar yoki satrlarni tanlash amallni bajaradi. Matn yozilish vaqtida o’zi satrda siz aytgan holatda yoziladi. Agar satr juda o’zun bo’lsa kompyuter uni o’zi boshqa satrga bo’lib davom etadi. Yangi abzatsni boshlab yangi satrga o’tish uchun esa ENTER tugmasidan foydalanamiz. Ish sohaning chap va yuqori qismlarida lineyka (chizgichlar), o’ng va pastki qismlarida esa ko’rib chiqish sohalari joylashgan.

    Eng pastda malumotlar satri joylashgan . U bizga nechanchi satr, varaq va bo’limda joylashganimizni, necha varaqdan hujjat iboratligini, klaviatura tilini va boshqa yordamchi ma‘lumotlarni ko’rsatadi.
    Endi yordamchi qurollar guruhlarning asosiysilari СТАНДАРТНАЯ va ФОРМАТИРОВАНИЕ bilan yaqinroq tanishaymiz.


    Download 0,55 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0,55 Mb.