|
Don saqlash punktlarini avtomatlashtirish
|
bet | 9/19 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 323,23 Kb. | | #261177 |
Bog'liq 3 bmi2.2.Don saqlash punktlarini avtomatlashtirish
Qabul qilingan texnologiyalar asosan donli, dukkakli ekinlar hosili va o’tlar urug’lari hosili kombaynlarda yig’ib olingandan keyin tozalash hosilning 60% esa sun’iy quritish zarur.
Donlarni yig’ib olingandan keyingi ishlov berish (tozalash, saralash, quritish) zarurati shundan kelib chiqadi, chunki kombayndan kelib tushayotgan donlar bilan birgalikda 20-30 % gacha iflos va 5%gacha somon aralashmalari qo’shilib keladi, donlarning namligi esa klimatik sharoitga qarab ruxsat etilgandan (14%) katta farq qiladi va 30% gacha va undan ortiq bo’lishi mumkin.Donlarni tozalash va quritish uchun don tozalagich-quritgich punktlaridan foydalaniladi. Bunday punktlar uchun sanoatda 3AV tipli don tozalagich agregatlarini va ishlab chiqarish unumdorligi 10 dan 100 tonna/soat gacha bo ‘lgan K3S tipidagi don tozalash-quritish komplekslari va sig’imi 100 tonnagacha bo’lgan shamollatib turiluvchi bunkerlarni ishlab chiqarilmoqda.
Yuqorida ko’rsatilgan mashinalardan tashqari har bir agregat va kompleks noriya va transporterlar jamlanmasidan, don o’tkazish avtotransporti, yuklash va tushirish uskunasi, mashinalarni boshqarish pultlari va luitlariga ega. Barcha mashinalar unumdorligi bo’yicha kelishilgan va bir oqim chizig’iga birlashtirilgan va bir yoki ikkita operatorlar yordamida xizmat ko’rsatiladi.
Mashinalar bitta oqim chizig’iga birlashtirilgan va ularni avtomatlashtirish mexnat unumdorligini 7...10 marta oshirishga va donga ishlov berish tannarxini 2...3 marta kamayishiga olib keldi.
3AV seriyali don tozalash agregatlari 10, 20, 30, 40, 50, 100 tonna/soat ishlab chiqarish unumdorligiga ega. Ular don namligi 18 % dan oshmaydigan nisbatan quruq klimatli rayonlar uchun mo’ljallangan. Don tozalash - quritish komplekslari (K3R-5, K3S-10M, K3S-20M, K3S-40M, KZS-50, K3S-10B va K3S-20B) don nam-ligi yig’ib olingandan keyin 18% dan ortiq nam xavoli rayonlarda foydalaniladi.Don namligi 18-20% bo’ladigan rayonlarda joylashgan xo’jaliklar tozalash-quritish komplekslarida aktiv shamollatish bunkerlari (BV- 12,5, BV-2,5, BV-50) o’rnatiladi.Namlik katta bo’lgan rayonlarda III indeksga ega K3S komplekslarida ishlab chiqarish unumdorligi 9 va 16 tonna/soat bo’lgan S3SH-8 va SZSH-16 tipidagi shaxtali don quritgichlari yoki ish unumdorligi 2,4 va 8 tonna/soat bo’lgan B indeksli barabanli S 3PB tipidagi oziq-ovqat donni quritgichi o’rnatiladi.
Oqim liniyalarni yaxshi ishlashi uchun agregat va komplekslar juda yaxshi elektrlashtirilgan va avtomatlashtirilgan. ZAV tipidagi agregatlar umumiy quvvati 16 dan 47 kVt gacha bo’lgan 6 tadan 16tagacha elekt motorlariga ega, K3S tipidagi komplekslar esa umumiy quvvati 65 dan 150 kVtgacha bo’lgan 22 tadan 34 tadagacha elektr motorlariga ega.
Agregat va komplekslarda avtomatika vositalaridan texnologik ko’rsatkichlarni rostlash va nazorat qilish asboblari: sochiluvchan maxsulotlar satx datchiklarda va quritgichlarda donning har orat datchigi va don quritgichlar kirishida va chiqishidagi xavoning qizish har orati datchigi, xavo nisbiy namligini va don namligini o’lchovchi nam o’lchagichlar, don sarfini o’lgagich, turli relelar, elektromagnit klapanlar, chekka kalitlar keng qo’llaniladi.
Bu vositalar asosida donni yig’ib olingandan keyin ishlov berish komplekslari va agregatlarini avtomatik boshqarish stansiyalari va pultlari ishlab chiqilgan. Ular esa quyidagilarni avtomatik ta’minlaydi:
oqim liniyalarni yo’nalishi bo’yicha don oqimiga teskari yo’nalishda, ya’ni liniya oxiridan boshlab ishga tushirishni;
agar liniyada birorta mashina to’xtasa, butun liniyani ishdan
to’xtatishni;
texnologik blokirovkani saqlamagan holda xoxlagan mashinani qo’l
yordamida qo’shish va o’chirish mumkinligini;
mashinalarni ishga tushirishdan oldin aspiratsion tizimni qo’shish va aspiratsion tizimni to’xtatishda barcha mashinalarni o’chirish;
donning qizishi va issiqlik tashuvchi har oratini nazorat qilish;
elektr uskunalarini yuklanishdan va qisqa tutash tokidan saqlash;
quritgich sovitish kolonkalari va shaxtalar yuksizlantirish qurilmasi ishini;
mashina va mexanizmlarning barcha elektr mtorlarini ishga tushishi (qo’shishi) va ishdan to’xtashi (o’chirilishi) xaqida, texnologik sig’im va quritkichdagi don satxi chegarasi xaqida va issiqlik tashuvchining har oratini berilgan qiymatdan chetga chiqishi xaqida yorug’lik signal berish;
YOrug’lik signalidan tashqari, avariya-ogoxlantiruvchi tovushli signal qo’llaniladi. Bu signal mashinalardan biror birini avariya holatida to’xtab qolishda, texnologik sig’im to’lib ketganida ishga tushadi.
Avtomatika sxemalarida barcha ishlayotgan mashinalarini kerak bo’lganda bir paytda avriyani to’xtatish uchun tugmali pastlar o’rnatilish ko’zda tutilgan.
Don saqlash punktlarini texnologik va elektrik sxemalarini ko’p tarqalgan K3S-20SH tipidagi don tozalash-quritish kompleksi misolida ko’rib chiqamiz.
|
| |