12.Kriptovolyuta va bitkoinlar davlar byudjetiga qanday ta'sir qiladi?
“Bitcoin”— bu hech qanday moddiy ekvivalenti yo‘q va shunchaki ma’lumotlar bazasidagi qaydlar jamlanmasidan iborat virtual pullar.
Kriptovalyuta bu shifrlangan algoritm asosida yaratilgan elektron pullar hisoblanadi.Kriptovalyutaning
eng mashhur turlari Bitkoin, Efirium, Ripl va Binance Coin keltirish mumkin. Kriptovalyutalar ko'plab mamlakatlarda to'g'ridan-to'g'ri qonun bilan hisoblangan bo’lmasa-da, ularning yaratilishi va tarqalganligi global muhitda katta qiziqish ko'rsatadi.Bu esa o’z navbatida ko’pchilik insonlarni kriptovalyuta bozoriga unday boshladi.
Bitcoin haqida gapiradigan bo’lsam,bu bir hamyondan boshqa bir hamyonga o’tkaziladigan elektron pullarning harakatini bevosita kuzatib turishga imkoniyat yaratadi.Bu jarayonda hech qanday tarmoq adminstratori yoki boshqaruvchisi yo’qligi sababli barcha ishtirokchilarga
hamyonlar anonim,ya’ni egasining shaxsi aniqlanmagan holatda ko’rinib turadi.Bunday mutlaqo ochiqlik albatta xavfsiz deyishni imkonsiz ekanligini bildiradi.
Kriptovalyuta,bitcoinlarning afzalliklari va kamchiliklari mavjud.Tizim mutlaqo
mustaqil tarzda ishlaydi,biron hamyondan boshqa hamyonga pul o’tkazmasini
bemalol kuzatib turish mumkin,ammo uni to’xtatib ham,qaytarib ham bo’lmaydi.Bitcoinda hamyonning egasi kimligini
bilmaganingiz sababli, u yerda noqonuniy holatlarni nazorat qilishning imkoniyati yo’q.O’rtadagi banklar kabi uchinchi tomon yo’qligi sababli yuborilgan pullarni qaytarib olishning iloji yo’q. Kriptovalyuta real pullar kabi rezervga ega emasligi sababli esa Bitcoinning kursi nolga tushib ketishi ham mumkin.
Kriptovalyutaning yana bir siri bu uning narxi oltin narxiga tenglashtirilishida.Bu nimani anglatadi?Bu pullar inflyatsiyaga uchragan taqdirda ham o’z
qiymatini saqlab qola oladi,ya’ni ularga inflyatsiyaning ta’siri umuman yo’q.Shu sababdan ham ko’pchilik banklar kriptovalyutani yo’lga qo’yishga harakat qilmoqdalar.Chunki bu o’z –o’zidan davlatda inflyatsiyaning pasayishiga olib keladi.