Mavzu: Kiyimni loyihalashda ishlatiladigan qo‘shimchalar Reja




Download 29.29 Kb.
bet1/2
Sana21.10.2023
Hajmi29.29 Kb.
#89537
  1   2
Bog'liq
kiyimni-loyihalashda-ishlatiladigan-qoshimchalar
analitik kim fanini oqitishda ilgor pedagogik texnologiyalardan fojdalanish, bVG60I8qbEsopqzGsv5w, 4-mavzu. XI-XV asrlarda Germaniya Reja, 2700 words 25x108 t.meMurphyMrENGLISH , 2 - Amaliy mashg\'ulot — копия, 1-Mustaqil ish Industrial ilovalar, Amaliy mashg\'ulot uchun ko\'rsatma, 1000 (1), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti-fayllar.org, 34-37, Молия асослари силлабус 3 курс-1

Mavzu: Kiyimni loyihalashda ishlatiladigan qo‘shimchalar


Reja:



  1. Qo‘shimchalarning turlari.

  2. Qo‘shimchalarning jadvallari.

Kiyim gavda yuzasining shaklini to‘la takrorlamaydi va gavdaning u yoki bu joylariga turlicha yopishib turadi. Kiyim qay darajada gavdaga yopishib turishiga qaramay, uning ichki o‘lchamlari odam gavdasining o‘lchamlaridan katta bo‘ladi. Shuning uchun kiyim loyihasi asosining chizmasini tuzish uchun gavda o‘lchamlarining o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Kiyim ichki o‘lchamlarining gavda o‘lchamlaridan farqining miqdori qo‘shimcha deyiladi va «Q» harfi bilan belgilanadi. Qo‘shimchalar nimaga mo‘ljallanganiga qarab zarur bo‘lgan minimal (texnik) «Qtex» va konstruktiv-dekorativ – «Qkd» qo‘shimchalarga bo‘linadi. «Qtex» – qo‘shimcha bemalol harakat qilishi, bemalol nafas olishni ta’minlaydi, gazlama tana yuzasi bilan kiyimning ichki yuzasi orasida havo qatlami hosil qilish imkonini beradi. Texnik qo‘shimcha o‘zi 4 ga bo‘linadi:


- minimal qo‘shimcha;
- kiyim qavati uchun;
- erkin harakatlanish uchun;
- texnologik.
Minimal qo‘shimchada odamning qon aylanishi, nafas olishi, ovqat hazm bo‘lishi hisobga olinadi. Kiyim qavati uchun qo‘shimchada asosan ustki kiyimlar uchun ichidan necha qavat kiyilishini hisobga olgan holda bo‘shliq beriladi. Erkin harakatlanish uchun qo‘shimchada asosan kiyimni qayerda kiyilishini hisobga olgan holda olinadi, ya’ni kiyimning vazifasiga, assortimentiga qaraladi. Texnologik qo‘shimchada kiyimni tayyorlash jarayonida uning gazlamasi turiga, qalinligiga qarab ishlov berilishiga, ya’ni qotirmalar bilan ishlov berish hisobga olinadi. Konstruktiv-dekorativ qo‘shimchalar ikkiga bo‘linadi:
- konstruktiv qo‘shimcha;
- dekorativ qo‘shimcha.
Konstruktiv qo‘shimchalarda kiyimning bichimi hisobga olinadi. Dekorativ qo‘shimchalarda kiyim bezaklari uchun beriladigan qo‘shimchalar hisobga olinadi.



Download 29.29 Kb.
  1   2




Download 29.29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kiyimni loyihalashda ishlatiladigan qo‘shimchalar Reja

Download 29.29 Kb.