• ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАҲМАТ!
  • Инновацион таълим технологиялари: моҳияти, турлари ва назарий асослари




    Download 0.49 Mb.
    Sana21.10.2023
    Hajmi0.49 Mb.
    #89569
    Bog'liq
    4-mavzu
    1-лекция, Informatika va axborot texnologiyalari (T.Safarov, Sh.O\'roqov, R.Baxromov), 1-variant Jismoniy ta’lim, 4-ma`ruza mavzu Boshlang`ich sinfda matеmatika o`qitishni tashk, boshqaruv zoyirjon, Arena simulyatsiya muhiti haqida tushuncha bering, SUPERMARKET HAQIDA QISQACHA MA, Matematikani o’qitish metodlari, AMALIY ISH

    PЕDАGОGIK MАHОRАT MAVZU O‘qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faolioyat olib borishi

    REJA 1.Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda awalo o’qituvchilar zimmasiga yuklatilgan eng olijanob vazifa ekanligi. 2.SHarq allomalari ilmiy meroslarida ham komil inson tarbiyasi. 3.O’qituvchi bilishi lozim bo’lgan tarbiyaviy jarayonning asosiy xususiyatlari. 4.Tarbiyaning texnologiyaviyligi ta’lim muassasalarida tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish va unga erishishga sharoit yaratishi, nazariy asoslangan uzluksiz davom etadigan tarbiyalash jarayonining shakllari, metodlari, usullari va vositalarini o’qituvchi to’g’ri tanlab natijalarga erishishini ta’minlashi.

    Haqiqiy pedagog faqat bilimga emas, so’zalshish madaniyatiga ham ega bo’lishi kerak. Maktabda, umuman o’qish jarayonida 2 ta asosiy shaxs –o’qituvchi va o’quvchi bo’ladi. Bu ikkala shaxsning dars dars jarayonida, sinfdan tashqari ish olib borish jarayonida ularning bir-biri bilan to’g’ri munosabatda bo’lish, o’quvchi shaxsi shakllanishida ta'limimiy-tarbiyaviy jarayon effektiv ta'sir ko’rsatadi. O’qituvchi psixologik xususiyatini, qobiliyatini hisobga olgan holda unga murojaat qilishi kerak. Jaras jarayonida pedagog o’quvchi shaxsini pastga urmaslikka harakat qilishi, faqat buyruq, jerkish orqali tarbiyalamasligi kerak. O’quvchi o’zini va o’qituvchi xuquqlarini mustaqil anglay bilishi kerak.

    Pedagog bilan o’quvchining munosabati bo’limida o’qituvchi katta rol o’ynaydi. Chunki u etakchi rolini bajaradi. Munosabat - pedagog faoliyatining eng asosiy professional qurolidir. Pedagogik munosabat esa - bu pedagogning o’quvchi bilan darsda, dasrdan tashqarida bo’lgan professional munosabat. Bu munosabat ijobiy psixzologik klimat yaratish uchun qaratilgan. Noto’g’ri pedagogik munosabat o’quvchining ikkilanishia, xotirasi, diqqatining bo’linishiga, mustaqil fikr yurita bilish, xohishni keskin pasaytirib yuboradi. Natijada faqat o’qituvchiga emas, balki uning faniga ham o’quvchi tomonidan negativ qarash paydo bo’ladi.

    Pedagogik (faoliyat) munosabat, sosial-psixologik prosess singari quyidagi funksiyalari bilan xarakterlanadi: shaxsni anglash, informasiya almashish, faoliyatning tashkil etilishi, rollar almashinuvi, hamdardlik va o’zini ishontirish. Munosabatning informasiyaviy funksiyasi, ma'naviy boyliklarni va materiallar almashinuvini ta'minlaydi, ta'lim-tarbiya jarayonida ijobiy motivizasiya uchun sharoit yaratadi. O’qituvchi uchun bolani tushuna bilish ularning ehtiyojlarini bilish muhim. Dars rejasini tuza turib, faqatgina informasiyani o’quvchi tomonidan o’zlashtirish emas, balki, mustaqil o’z fikrini bayon etishni ham inobatga olish zarur. O’quvchini darsga qiziqtirish va rag’batlantirib turish kerak. Ijodiy faoliyatdagi mahorat. Mahorat strukturasi (tuzilishi).

    • Jamoa bo’lib bajariladigan ish:
    • 1. Birinchi bosqich - jamoaning dastlabki ishi.
    • Ikkinchi bosqich - ishni jamoa bo’lib rejalashtirish ishi.
    • Uchinchi bosqich - jamoa bo’lib bajarish ishiga tayyorgarlik. To’rtinchi boqich - jamoa bo’lib bajarish ishini o’tkazish. Beshinchi bosqich - jamoa bo’lib bajarish ishini yakunlash. Oltinchi bosqich - jamoa bo’lib bajarish ishining natijasi.
    • Birinchi bosqichda tarbiyasiz bolalar bilan suhbat uyushtirib, ularni jamoa bo’lib bajarish qanday ish bajarmoqchi ekanligini aniqlaydi. Masalan, biz kim va nima uchun ishlamoqchimiz? Qachon? Qaerda? Kim bilan, kim boshchilik qiladi?
    • Ikkinchi boqichda bolalar bilan bajariladigan ishning rejasini tuzib oladi. Buning uchun kichik-kichik guruhlar tuzib, ulardan sizlar nima qilmoqchisizlar? Kim uchun bajarmoqchisizlar? deb bolalarning qiziqishi va bajaradigan ishga munosabatini aniqlaydi.
    • Uchinchi bosqichda tarbiyachi tadbirni o’tkazish uchun tashkilotchi rahbarni aniqlaydi. Ularga konsultasiyalar beradi. Barcha masalalarni birgalikda hal qilish kerakligi, tadbirga tayyorgarlikni va o’tkazilishini nazorat qilish bir-birlari bilan tajriba almashishni maslahat beradi. To’rtinchi bosiqichda jamoa bo’lib bajarish ishini o’tkazish jamoa rejalashtirgan ishni amalga oshirish. Bu davrda tarbiyachi barcha egallangan bilimlarni ishga soladi va ishning yaxshi chiqishi uchun harakat qiladi. Masalan, «Ota-onalar burchagiga har xil foto, stend, devoriy guzetalar». Beshinchi boqichda jamoa bo’lib bajarish ish yakunini qay darajada ekanini? Nimani bajara olding? Nimani bajara olmading va nima uchun kabi savollarga javob izlaydi. Masalan, tarbiyachi har bir tarbiyalanuvchidan mana shu savolga jovoblarni fikralshga, aniqlashga qaratadi. Oltinchi bosqichda ish natijalarini birgalikda muhokama qilinadi va uni ish tajribasi sifatida boshqa guruhlarga almashtiriladi. Metodik qo’llanma qilib ishlab chiqiladi. Masalan, bolalar bog’chisida tarbiyachilarning ish tajribasi.
    • Tarbiya – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg‘in faoliyat jarayonidir
    • Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg‘ulari rivojlanadi, o‘zida ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topish uchun zarur bo‘lgan, kishilar bilan o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida jamiyatning shaxsga nisbatan axloqiy talablariga muvofiq keluvchi xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim.

    ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАҲМАТ!


    Download 0.49 Mb.




    Download 0.49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Инновацион таълим технологиялари: моҳияти, турлари ва назарий асослари

    Download 0.49 Mb.