• Buyuk Britaniyada o‘qituvchining mavqeyi, odamlarning bu kasb egalariga munosabati qanaqa
  • Angliyada o‘qituvchi mavqeyi va g‘arb jamiyatida farzand tarbiyalash pedagog Mardon Yusupov bilan suhbat




    Download 16.01 Kb.
    bet1/2
    Sana02.04.2024
    Hajmi16.01 Kb.
    #185288
      1   2
    Bog'liq
    12-seminar. Angliyada o
    12-modul. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi . Duradgorlikning xalq, Elektron tijorat, Fazik 2021 maqola, TAT ochiq dars, 103, 3-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, bildirish, Maqsadli ko`rsatkich, Boltayev Ruslan, Raxmatova Xumora 4z guruh mustaqil, 1 biologiya, avtoreferat, 2-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, Статья Сувонова О О, Academic-Data-353211105300

    Angliyada o‘qituvchi mavqeyi va g‘arb jamiyatida farzand tarbiyalash - pedagog Mardon Yusupov bilan suhbat
    https://m.kun.uz/news/2020/05/07/angliyada-oqituvchi-mavqeyi-va-garb-jamiyatida-farzand-tarbiyalash-pedagog-mardon-yusupov-bilan-suhbat?q=%2Fuz%2Fnews%2F2020%2F05%2F07%2Fangliyada-oqituvchi-mavqeyi-va-garb-jamiyatida-farzand-tarbiyalash-pedagog-mardon-yusupov-bilan-suhbat
    Qariyb 20 yildan buyon Angliyada yashayotgan vatandoshimizdan xorijda yashab, farzand tarbiyalashning ba'zi jihatlari haqida ham so‘radik.
    Buyuk Britaniyada o‘qituvchining mavqeyi, odamlarning bu kasb egalariga munosabati qanaqa?
    – Bu oilalardagi dunyoqarashga bog‘liq. O‘qishga qiziqmaydigan oilalarda o‘qituvchilarni yaxshi ko‘rishmaydi, ular uchun o‘qituvchi – boshog‘riq: doim telefon qiladi, «o‘g‘lingiz uy vazifasini qilmadi, to‘polon qildi», deya. Bunday oilalar o‘qituvchilarni yoqtirishmaydi.
    O‘qishga qiziqqan, ilmga befarq bo‘lmagan tabaqa vakillari esa, albatta, o‘qituvchilarni hurmat qilishadi. Jamiyatda o‘qituvchilarga nisbatan umumiy bir fikr shakllangan, deb hisoblamayman.
    Umuman olganda, bu yerda o‘qituvchilarga munosabat O‘zbekistondagichalik bo‘lmasa kerak. Hozir qanaqa, bilmadim, lekin o‘zim o‘qigan va ishlagan vaqtimda o‘qituvchining aytganini qilish, o‘qituvchiga nisbatan ota-onalarning hurmati kabilar bizda boshqacha edi.
    Bizda o‘qituvchining aytgani aytgan, Angliyada esa unday emas. O‘qituvchi xato qilsa, ota-ona yoki o‘quvchilar uning xatosini aytishadi. O‘qituvchi so‘zsiz hurmat qilinishi kerak, degan narsa yo‘q. Unga o‘z vazifasini bajarayotgan davlat xizmatchisi sifatida qarashadi.
    Shaxsan o‘zim Britaniyada dars bera boshlaganimda eng qiyin bo‘lgan jihat – sinfdagi bolalarning mentalitetini tushunish, ularni boshqara olish. Boshqarish uchun ularning dunyoqarashini tushunishingiz, qaysi ko‘rsatmaga ular qanaqa reaksiya qilishini bilishingiz kerak.
    Ayni shu narsa men uchun madaniy shok bo‘lgan. O‘zbekistonda dars berib yurib, keyin bu yerdagi ta'limga o‘tishim men uchun katta o‘zgarish bo‘lgan. Boshida qiynalganman: sinfga kirsam, bolalar quloq solmasdi, aytganimni qilmasdi, uyga vazifalarni bajarishmasdi, to‘polon qilishardi. Bular nega o‘zlarini unday tutishyapti, deb tushunmasdim.
    O‘zbekistonda shuncha dars bergan bo‘lsam, menda unaqa narsa bo‘lmagandi. Bolalar gapimga quloq solar, o‘quvchilar ham, ota-onalar ham hurmat bilan muomala qilardi. Bu yerda esa sizni hurmat qilishlari uchun hurmat qozonishingiz kerak.
    Tizimni, qonun-qoidalar va yo‘l-yo‘riqlarni tushunib olgach, bu yerda dars berish ham u qadar qiyin emas. Eng asosiysi – faningizni bilishingiz va bolalarni boshqara olishingiz kerak. Bo‘ldi, shuni qila olsangiz, marra sizniki.
    Albatta, pedagogik jihat ham bor: fanni bilgan bilan hamma ham dars bera olmaydi. Lekin O‘zbekistondagi o‘qituvchi bu yerga kelib dars beraman desa, o‘rganishi kerak bo‘lgan eng muhim va qiyin narsa – menimcha, bolalarni boshqarish.
    Men ham endi kelganimda o‘ylardim: begona yurtda qanday ishlab ketarkinman? Lekin inglizlar juda ham ochiq, sizni qabul qiluvchi xalq ekan. Millatingiz, diningizga katta e'tibor qaratishmaydi; ishingizni qila olsangiz bas.
    O‘qituvchilik sertifikatini endi olgan vaqtimda birinchi ishim – Birmingem hokimiyati qoshidagi maktabda bo‘lgan. Ishga kirish uchun intervyuga kelganman, intervyudan keyin ish taklif qilishgan. O‘sha paytlari qanday ish toparkinman, deb o‘ylardim: ingliz tilim hozirgidek ravon emas, Angliyada dars berish tajribam umuman yo‘q, dinim ham boshqa... Yo‘q, ishga kirishda umuman muammo bo‘lmadi.
    O‘n yildan ortiq vaqtdan buyon ishlab kelayotgan bo‘lsam, biron marta birov nega soqol qo‘ygansan, deb so‘ramagan. Maktablarda namoz o‘qish uchun sharoitlar qilingan. Halol ovqat yeyman desangiz, shu sharoitni ham yaratib berishadi. Birmingemda o‘quvchilar ham, o‘qituvchilar ham – har xil millat vakillari. Xalq har xil millat va din odamlari bilan yashashga o‘rgangan, e'tiqodingizni shaxsiy huquqingiz, deb bilishadi.
    Masalan, hozirgi ishlab turgan kollejimizda alohida namozxona ajratilgan. U yerda o‘quvchilar ham, o‘qituvchilar ham ibodat qilishlari mumkin. Ayrim muassasalar hatto tahoratxonalargacha yaratib berishadi. Ishga kirayotganda ham so‘rashadi: qandaydir maxsus hojatlaring bormi? «Ma'lum vaqtda namoz o‘qishimiz uchun vaqt kerak, juma kunlari juma namoziga chiqib kelaman», deyish mumkin. Ko‘p ish beruvchilar bunga ijobiy yondashadi, ularning maqsadi – ishchilarni xursand qilish, bu – ishchilarning mehnat samaradorligi oshishiga xizmat qiladi.
    Shuning uchun ishxonada yo o‘qishda millatim, tilim yo dinim tufayli muammo bo‘lmagan. Hatto maktabda 2 yil davomida kafedra mudiri bo‘lib ishlaganman, qo‘limda 10-12 nafar matematika o‘qituvchilari ishlashgan – aksariyati inglizlar. Aytmoqchimanki, tashqi ko‘rinishim va dinim bu lavozimda ishlashimga to‘siq bo‘lmagan.

    Download 16.01 Kb.
      1   2




    Download 16.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Angliyada o‘qituvchi mavqeyi va g‘arb jamiyatida farzand tarbiyalash pedagog Mardon Yusupov bilan suhbat

    Download 16.01 Kb.