Topshirdi: Yusupov Mirali




Download 1 Mb.
Sana03.06.2023
Hajmi1 Mb.
#69480
Bog'liq
Yusupov mirali 4
512 22 QMB guruh, RELYATIVGISTIK DINAMIKA ELEMENTLARI

Buxoro Muhandislik Texnoloiya instituti Neft va Gaz Texnologiyasi fakulteti 202-22-guruh talabasi Yusupov Miralining Neftgaz Kizikasi va kimyosi fanidan tayyorlagan
Taqdimoti
Topshirdi:Yusupov Mirali
Qabul qildi:Asadova D.

Proliz neft koksini hosil bo’lishi.


Piroliz (yun. rug — olov va ...liz) — pirogenetik jarayonlardan biri; murakkab moddalarni ularga havo bermay (koʻpincha katalizatorlar bilan) yuqori temperatura taʼsirida oddiy moddalarga parchalash. P. texnikada, mas, neftni qayta haydashda (benzin miqdorini oshirish va aromatik uglevodlardan olish uchun) keng qoʻllanadi. Neftni maxsus pechlarda 600—750° gacha qizdirganda uglevodorodgacha boʻlgan mol. m.si kichik birikmalar hosil boʻladi; ayni vaqtda zichlashish reaksiyasi roʻy berib, mol. m.si yuqori boʻlgan moddalar, aromatik va toʻyinmagan uglevodorodlar vujudga keladi
Neft P. kilinganda uglerodli qoldiq, neft koksi va boshqa hosil boʻladi. temperatura, bosim va qizdirish davomiyligi P. natijasiga taʼsir kiladi. Pirolizh. da ishlatiladigan zaharli kimyoviy vositalar, xalq xoʻjaligining turli tarmoqdarida qoʻllanadigan uglevodorodlar (yogʻoch spirti, sirka kislota va boshqalar), qazib olinadigan koʻmirlardan koks, gaz va boshqa olishda qoʻllanadi. Sanoatda metall karbonillarini P.ga uchratib metall kukunlari hosil qilinadi. SaSO3 dan kalsiy oksidi, baʼzi anorganik tuzlarni pirogidroliz qilish yoʻli bilan oksidlar olinadi.
Neft (turkcha: neft; forscha: نفت - naft), qoramoy — suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning, asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2—2,0 km chuqurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Chiqarilayotgan neft, asosan, burgʻilangan quduqlardan olinadi.Neft oʻta muhim yonilgʻi-energiya manbai boʻlib, benzin, kerosin dizel yonilgʻisi, mazut,moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.Neft Qora yoki qoʻngʻir, baʼzan och malla rangli boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Zichligi 750–970 kg/m³. Zichligi 20° da 850 kg/m³ dan past boʻlgan Neftlar yengil,851 –885 kg/m³ — oʻrtacha ogʻirlikdagi va 885 kg/m³ dan yuqorilari ogʻir Neft hisoblanadi. Qaynash temperaturasi 28° dan yuqori. Qotish temperaturasi —60°dan —26° gacha, 50° dagi qovushoqligi 1,2—55 mm2/s, solishtirma issiqlik sigʻimi 1,7—2,1 kJ/(kg. K), yonish issikligi 43,7—46,2 MJ/kg ga teng. Chaqnash harorati 35— 120°. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, lekin suv bilan turgʻun emulsiya hosil qiladi.
Neft tarkibida parafin, naften va aromatik uglevodorodlar boʻladi, uglerod 82—87%, vodorod —11,5—14,5%, oltingugurt 0,1—5,5%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, vanadiy, nikel, kalsiy, magniy, temir, alyuminiy, kremniy, natriy kabi 20 dan ortiq elementlar, 5% gacha har xil aralashmalar — naften kislotalar, asfalt-smola moddalar, merkaptanlar, vodorod sulfid, tiofen va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va boshqa mavjud. Neft tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam oltingugurtli (0,6% gacha), oltingugurtli (0,6—1,8%) va koʻp oltingugurtli (1,8%dan ortiq) sinflarga boʻlinadi.Baʼzi olimlar Neft ni tabiatdagi kimyoviy oʻzgarishlar natijasida hosil boʻlgan deb hisoblaganlar. Bu haqda 2 qarama-qarshi fikr — anorganik va organik gipotezalar mavjud.
20-asr boshlarida esa Neft hosil boʻlishining organik gipotezasi rivojlanti-rildi va choʻkindi jinslardagi sapropel (organik balchiq) bilan Neft uzviy aloqada deb topildi. Bu gipotezaga koʻra, Neft koʻl va dengiz ostida choʻkindi jinslar bilan birga choʻkadigan har xil yirik hayvonlar (qad. ixtiozavrlar, kitlar va hashalotlar)dan tortib planktonlargacha boʻlgan jonivorlar va oʻsimlik qoldiqlaridan hosil boʻlgan. Dengiz va koʻl tubida yigʻilgan organik moddaning bir qismi dengiz jonivorlariga oziq boʻlsa, bir qismi suvda erigan kislorod bilan oksidlanib yoʻqolgan va organik moddaning juda oz (2—3% gacha) miqdori dengiz tubida loyqaga aralashib, unga qoramtir tuye bergan.
Download 1 Mb.




Download 1 Mb.