|
Pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi
|
bet | 1/19 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #111965 |
Bog'liq Amaliy mashg\'ulot uchun ko\'rsatma
Farg’ona - 2022
«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA
KONSTRUKSIYALARINI ISHLAB CHIQARISH» kafedrasi
“Pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi”
fanidan amaliy mashg’ulotlarni
o’tkazish bo’iycha
5341800 – Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi
Mazkur uslubiy ko‘rsatmalar “Pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi” fanidan 5341800 – Pardozbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi
yo‘nalishlari talabalari uchun amaliy mashg’ulotlarni o‘tkazish uchun tuzilgan. Uslubiy ko‘rsatmalar O‘zbekison Respublikasining davlat standartlarining talablari asosida ishlab chiqilgan.
Uslubiy ko‘rsatmalar “QMBKICH” kafedrasi ilmiy uslubiy semenar yig’ilishida ko‘rib chiqildi va nashr etishga tavsiya qilindi.
Kafedra yig’ilishida tasdiqlangan
______________ 2022 y. №___ majlis bayoni
Qurilish fakulteti uslubiy komissiyasi
tomonidan tasdiqlashga tavsiya etilgan
___________2022 y. №______ majlis bayoni
Tuzuvchi: dos. X.A. Mamatox
Ass. Sobirova D.T.
Taqrizchi: kat.o‘qit. N.Abdug’aniev
1–amaliy mashg’ulot:
Qurilish ashyolarining xossalari
Ushbu tushuncha barcha pardozbop qurilish ashyolariga tegishli bo‘lib, ularning xossalari va ichki tuzilishlariga ko‘ra zararli muhit ta’siriga chidamli mexanik kuchlar, biologik va kimyoviy moddalar ta’sirida ishonchli xossalarni o‘zida mujassam etgan ashyo bo‘lmog‘i kerak. Masalan, qurilish ashyolarining
chidamliligi deganda, ular qayerda ishlatilmasin hamma xossalari bo‘yicha davlat andozalarini qoniqtiradigan, shuningdek, uzoq davr zararli muhitda ishlatilganda ham sifat ko‘rsatkichlari yomon bo‘lmaydigan ashyolarni tushunmoq lozim.
Pardozbop qurilish ashyolarining chidamliligi ularning tarkibiga, tuzilishiga va sifatiga, shuningdek, unga ta’sir etuvchi zararli moddalar xiliga, harorat, namlik kabi ko‘rsatkichlar darajasiga bog‘liq. Har bir ashyo qanday muhit sharoitida ishlatilishiga qarab tanlanadi. Masalan, konstruksiya yoki buyum kislota yoki uning eritmalari ta’sirida bo‘lsa, shu muhitga chidamli bo‘lgan ashyolar (kislotaga chidamli betonlar, tosh eritmasi asosida ishlangan buyumlar, suyuq shisha va h.k.) tavsiya etiladi. Pardozbop qurilish ashyolarining chidamliligi (ishlatilishida) ta’sir etuvchi zararli muhitda qancha davrda buzilish nuqsonlari paydo bo‘lishi, namunalarni tajribaxonalarda zararli suyuqliklarda saqlab ularning
og‘irliklari va mustahkamliklarini hamda rangining o‘zgarishi bilan baholanadi.
Bino va inshootlarni ko‘tarib turuvchi barcha konstruksiyalarning zararli muhitda chidamlilik muddati ulardan foydalanish davriga teng bo‘lishi kerak. Ashyolarni zararli muhitda chidamlilik ko‘rsatkichi chidamlilik koeffitsienti orqali ifodalanadi:
K/ch.R3/Rт
Bunda: R 3 — namunani zararli muhitda n kun saqlagandan keyingi mustahkamligi; Rт — tabiiy sharoitda n kundan keyingi mustahkamligi.
Agar, K3 0,8 bo‘lsa, ashyo shu zararli muhitga chidamsiz bo‘ladi va bunday ashyo ishlatishga tavsiya etilmaydi. Pardozbop ashyolar bundan istisno. Chunki, bunday ashyolar ijtimoiy sharoit, muhit va ma’naviy nuqtai nazardan tez eskirishi yoki buzilishi mumkin. Qurilish ashyolari uzoq vaqt saqlanganda eskirish
xususiyatiga ega. Uning tuzilishi, rangi va xossalari ishlatilishi davrida o‘zgaradi. Bunday ashyolar havodagi namni o‘ziga yutadi, undagi kimyoviy moddalarda almashish va parlanish jarayonlari ro‘y beradi. Ashyoning ichki zarrachalar yuzasida energiya holati o‘zgaradi. Natijada, moddalararo bog‘lanish kuchi susayadi. Tashqi ob-havo tasiri, qor, yomg‘irlar ashyoda fizik-kimyoviy jarayonni yana faollashtiradi. Pardozbop qurilish ashyolari ichida polimerlar, gips-qog‘oz plitalar, gips-o‘simlik chiqindi buyumlari, yupqa polimer pardalar,
rezinalar tabiiy sharoitda xiralashadi, mo‘rtlashadi va nihoyat eskirib ishlatishga yaroqsiz bo‘ladi.
Qurilish ashyolarining tarkibini hisoblashda, ularning o‘zaro mosligi inobatga olinadi. Shuningdek, devor yuzalarini pardozlashda ishlatiladigan yelim va har xil lok-bo‘yoqlarni tanlashda, o‘zaro moslik bo‘lmasa, ular qatlam-qatlam bo‘lib ko‘chib ketadi. O‘zaro moslik bo‘lmagan tarkibli qurilish ashyolari oz vaqt ishlatilgandan keyin asta-sekin buzila boshlaydi. Chunki, ashyoning tarkibiy qismini tashkil etuvchi moddalarning o‘zaro yopishish mustahkamligi
anchagina kichikdir. O‘zaro moslikni ta’minlashda ashyolarni ishlab chiqarish texnologiyasining ahamiyati katta. O‘zaro moslik bo‘lmasa, pardozbop ashyolar yuzasidagi energiya quvvatini pasaytiruvchi tadbirlarni qo‘llash lozim. Buning uchun ayrim temir yuzalari bo‘yashdan oldin oksidlanadi yoki bo‘yash kerak bo‘lgan devor yuzalari oldin xomaki moylanadi (gruntovka).
Pardozbop ashyolarning o‘z atrofidagi moddalar bilan kimyoviy birika olish qobiliyati uning kimyoviy xossalarini ifodalaydi. Ayrim ashyolarning ichki tuzilishida kimyoviy bog‘lanish faolligi susaymagan bo‘ladi.
Pardozbop ashyodagi moddalarning birikishi oqibatida uning xossalari o‘zgaradi. Bu jarayon ashyoning quyidagi ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi natijasida sodir bo‘ladi.
|
| |