|
Pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi
|
bet | 5/19 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #111965 |
Bog'liq Amaliy mashg\'ulot uchun ko\'rsatma10.1-jadval
Ko’p kavakli qorishma yoki beton tarkibini hisoblashda asosiy e’tiboruning zichligini aniqlashga qaratilishi lozim. CHunki, ushbu ko’rsatgichorqali bunday o’ta yengil betonning mustahkamligi, muzlashga chidamliligiva boshqa xossalari to’g’risida fikr yuritish mumkin.
Ko’rsatkichlar
|
Taxtachamarkasi
|
A
|
B
|
O’rtacha zichligi, turg’un massagacha keltirilganholatda, kg/m3
Siqilishga mustahkamlik chegarasi quritilgandankeyin, MPa;
Issikliko’tkazuvchanlik koeffitsienta, kuritilganholatda, Vt/m-°S
|
400 gacha
8 gacha
0,095 gacha
|
500 gacha
12 gacha
0,11 gacha
|
Misol. Yuqori mustahkamligini ta’minlaydigan o’rtacha zichligi 700 kg/m3 ga teng bo’lgan portlandtsement va kvarts qumi asosida tayyorlanadigan ko’p kavakli gazbeton tarkibini hisoblash kerak. Qorishma hajmi 1000 l/m3.
Echish: Ko’p kavakli beton tarkibini asosiy qismini tashkil etuvchi kremnezem bilan bog’lovchi nisbat ko’rsatgichi (S) ni quyidagi jadvaldan olamiz va u 1,5 ga teng.
O’rtacha zichligi 700 kg/m3 li gazbeton qorishmani suyuq-quyuqlik darajasi (Suttarda asbobi yordamida aniqlanadi). 22 sm ga teng holatdagi "suv:qattiq modda" S/Q nisbati 0,58 deb olamiz. Alyumin kukuni vositasida gaz bilan ko’pirib, keyin avtoklavda qotgan ko’pkavakli gazbetonning g’ovakligi quyidagi formula yordamida aniklaymiz:
Pg = (1-ρ/Ks)∙(W+C/Q)= (1-0,7/1,1)∙(0,48+0,58) = 1 - 0,675 = 0,325.
bunda: Pg - gazbeton g’ovakligi, quyidagi grafik yordamida topamiz; ρ - gazbetonning o’rtacha zichligi, 0,7 ga teng; Kc - kimyoviy birikkan suv hisobiga, gazbetonning massasini oshish koeffitsienta, 1,1 ga teng. W - quruq aralashmani zich holatdagi hajmi, 0,48 ga teng.
Ko’pirtiruvchi alyumin kukuni miqdorini quyidagi formula vositasidatopamiz:
P= (Pg/αK)V= (0,325 /1390 0,85) 1000 = 0,275 kg yoki 275 g.
bunda: a - ko’pirtiruvchini ho’llash koeffitsienta, 0,85 ga teng; V-gazbetonning berilgan hajmi, 1000 l; K - g’ovak miqdori (g’ovaklardagi gazniko’pirtiruvchi massasi nisbati, 1390 l/kg deb olamiz.
SHuningdek, Pg, W, S/Q va Kc ko’rsatkichlarni quyidagi rasmdako’rsatilgan grafik yordamida aniqlash mumkin.
Quyidagi formulalar yordamida 100 kg hajmdagi gazbeton uchun ketadiganashyolar miqdorini aniqlaymiz:
Rqur = (ρ / Kc) 1000 = (0,7 /1,1) 1000 = 636 kg.
bunda: Rkur - ishlatilgan ashyolarni quruq holatdagi massasi, kg/m .
Rts= Rqur/ (1 + S) = 636 / ( 1 + 1,5) = 254 kg.bunda:Rts- bog’lovchi modda mikdori (ohak bor), kg.
Pk = Rqur - (Rts + Poh)=636 - 254 = 382 kg/m3.
bunda: Pk- 1000 litrli gazbetondagi kremnezem tarkib miqdori, kg/m . Poh -CaO faolligi hisobidagi ohak miqdori, kg/m .
Pc = Rqur (S / Q) = 636 ∙ 0,58 = 368kg.
bunda: Pc - suv mikdori, kg.
Qorishma uchun S ni boshlang’ich ko’rsatgichi
10.2-jadval
Bog’lovchilar xili
|
Kremnezem bilanbog’lovchi nisbat ko’rsatgichi, C
(massasiga ko’ra)
|
Avtoklavda qotirilgan
|
Tabiiy sharoitda qotirilgan
|
TSement
|
0,75; 1; 1,25; 1,5; 1,75; 2.
|
0,75; 1; 1,25.
|
Ohak-tsement
|
1,5; 2; 2,5; 3.
|
|
Ohak
|
3; 4,5; 5,5; 6.
|
|
Ohak-belit tsement
|
1; 1,25; 1,5; 2.
|
|
Ohak-toshqol
|
0,6; 0,8; 1.
|
|
Yuqori asosli kul
|
0,75; 1; 1,25.
|
|
Toshqol
|
0,1; 0,15; 0,2.
|
0,6; 0,8; 1.
|
Rasmdagi 2ta parallel ko’prikni dunyoning eng uzun ko’prigi deb atashadi.Uning umumiy uzunligi 38420 m. Ko’prik 1956 yilda ochilgan. Bir kundako’prikdan 40 mingga yaqin avtomobilь o’tadi. Buko’prikni 9000 ta betonqoziq ko’tarib turibdi.
3 –amaliy mashg’ulot:
Qurilish ashyolari standartlari
Qurilish ishlarida texnika taraqqiyotining qurilish usullarini tobora industrlashtirishni va ishlatib
kelinayotgan ayrim qurilish ashyolari o‘rniga yangilarini ishlatish va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini
takomillashtirishda respublikamizdagi standartlashtirish sistemasi katta ahamiyatga ega.
«Standart» davlat hujjati bo‘lib, u qurilish ashyolarini ishlab chiqaruvchi va ularni ishlatuvchi har bir
vazirlik, boshqarma va korxonalar uchun majburiy qo‘llanmadir. Har bir standart o‘z raqamiga va tasdiqlangan
yiliga ega. Masalan, pardozbob g‘isht standartida — birinchi son uning tartib raqamini, ikkinchisi esa
tasdiqlangan yilini ko‘rsatadi.
Har bir qurilish uchun tasdiqlangan standartda ashyoning tarkibi, xossalari, o‘lchami, shakli, sinash
usullari, qabul qilish shartlari, saqlash va tashish, shu bilan birga fan va texnika yutuqlari kabi ma’lumotlar
keng yoritilgan bo‘ladi.
Iqtisodiy islohotlar o‘tkazilayotgan bozor sharoitida xo‘jalik yuritish, pardozbop qurilish ashyolarini ishlab
chiqarish negizini tubdan isloh qilishni va qurilish tizimida xomashyolar ta’minotini birgalikda qayta tashkil
qilishni talab qiladi. Respublikamizda mavjud bo‘lgan kapital qurilishni rivojlantirish va qurilish ashyolarini
ishlab chiqarish majmuasini qayta o‘rganib boshqarish, tashkil qilish va mablag‘ bilan ta’minlash asoslariga
o‘zgarishlar kiritishni talab etadi.
Avvallari qurilishda yig‘ma temir-beton konstruksiyalardan ko‘p qavatli binolar qurish havas bo‘lgan
bo‘lsa, endi qu‘yma betonli uylar, kottejlar qurish kerak bo‘ladi. Mahalliy qurilish ashyolarini qo‘llash ulardan
devorbop, issiq-sovuqdan muhofazalovchi buyumlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish qurilish tannarxini
kamaytiradi.
Sanoat va qishloq chiqindilaridan ishlangan ashyolar chiqarish va ulardan ilg‘or texnologiya vositasida
buyumlar tayyorlash qurilishga sarflanadigan xarajatlarni 20% ga, qurilish ashyolari sanoatiga ketadigan
kapitalni 35-40% gacha kamaytirishi mumkin. Respublikamizdagi pardozbop qurilish ashyolari sanoatining rivojlanishida ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— pardozbop qurilish ashyolarini ishlab chiqarish sur’ati kapital qurilishga nisbatan oldinda bo‘lishini
ta’minlash;
— pardozbop ashyo, buyum va konstruksiya xillarini hozirgi zamon talabiga ko‘ra takomillashtirish, ularni
har xil maqsadlar uchun ishlatish mumkinligini ta’minlash;
— pardozbop ashyolar sifatini, ayniqsa zararli muhit ta’sirida uzoqqa chidamliligini ta’minlash;
— mahalliy xomashyolardan samarali pardozbop qurilish ashyolarini olish;
— korxonalarning quvvatini bozor talablariga ko‘ra aniqlash;
— pardozbop qurilish ashyolari sanoatini yangi texnologiya va avtomatlar bilan ta’minlash, ularni
hisoblash texnikasi orqali boshqarish. Buning uchun xalq xo‘jaligi rivoji rejalariga asoslangan holda
pardozbop qurilish ashyolari ishlab chiqarishni yo‘lga qoyish, kichik va o‘rta korxonalarni ko‘paytirishni
yo‘lga qo‘yish zarur.
Mustaqillik davrida respublikamiz shahar va qishloqlari ko‘rkamlashib bormoqda. Ravon ko‘chalar, go‘zal
xiyobonlar, ajoyib bino va inshootlar shaharlarimizni yanada salobatli, ko‘rkam qilmoqda.
Pardozbop qurilish ashyolarining xossalarini va tuzilishini bir xil muhit ta’sirida o‘zgarishi umumiy
qonuniyatga mos keladi. Masalan, zichligi bir xil bo‘lgan barcha ashyolarga ta’sir etuvchi zararli muhit ularni
bir tizimda to‘la buza olmaydi. Agar shu ashyolar g‘ovak bo‘lsa, ularning buzilish jarayoni bir-biridan farq
qiladi.
Qurilish ashyolarining xillari, shu qadar ko‘pki siz o‘quvchi va talabalar ularni bir tizimga tushirib maxsus
tasnif yordamida o‘rgansangiz qurilish ashyolari to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumot olishingiz maqsadga
muvofiq bo‘ladi (1.1-rasm).
Qurilish ashyolari tabiiy va sun’iy bo‘ladi.
Sun’iy qurilish ashyolarini ishlab chiqarish tegishli yo‘nalishlarga bo‘linadi. Masalan, sement sanoati,
shisha sanoati va h.k.
Har bir qurilish ashyosi o‘zining tarkibi, ishlatiladigan xomashyolarning kelib chiqishi va ishlab chiqarish
texnologiyasiga ko‘ra, yuqorida keltirilgan xossalarga ega. Ashyoning tarkibi, tuzilishi va holatining o‘zgarishi
bilan uning qurilish va texnologik xossalari ham o‘zgaradi. Qurilish ashyolari xossalari turg‘un bo‘lmaydi, ular
fizik, mexanik va kimyoviy jarayonlar ta’sirida o‘zgarib turadi.
Qurilish ashyolarini texnik xossalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
|
| |