|
O’rama ashyolarning cho’zilishga mustahkamlik chegarasini aniqlash
|
bet | 19/19 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #111965 |
Bog'liq Amaliy mashg\'ulot uchun ko\'rsatmaO’rama ashyolarning cho’zilishga mustahkamlik chegarasini aniqlash
Tombop o’ramadan uzunasi va eni bo’ylab bittadan tomonlari 250-50mmli tasma namuna kesib olinadi va ular 2 soat 20°S li termostat yoki quritish shkafida (agar qatronli o’rama bo’lsa 40°S da) saqlanadi. Tasma namunalar quritish shkafidan olinib 30min eksikatorga qo’yiladi. Keyin ular uzish mashinasidagi qisqichlarga mahkamlanadi; qisqichlar orasidagi masofa 180mm dan kam bo’lmasligi kerak. Sekundiga uzuvchi kuchni 1kg ga oshirib, tasma namuna bir me’yorda cho’ziladi. Agar tasma namuna mashina qisqichidan 20mm dan kam masofada uzilsa, sinash hisobga olinmaydi. Tajriba boshqa namunada qaytadan tekshiriladi. Barcha namunalarni uzilishga sinab, olingan natijalarning o’rtacha arifmetik qiymati tombop o’rama ashyoning cho’zilishga mustahkamligini ko’rsatadi.
|
| |