IGNABARGLI YOG‘OCH JINSLAR




Download 0,77 Mb.
bet13/19
Sana05.12.2023
Hajmi0,77 Mb.
#111965
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot uchun ko\'rsatma

IGNABARGLI YOG‘OCH JINSLAR
Qurilishda ishlatiladigan yog‘och ashyolarining asosiy qismi ignabargli jinslardir.
Qarag‘ay qanday tuproqli yerda o‘sganligiga qarab ikki xil bo‘ladi: birinchisi qum tuproqli yerda o‘sgan
daraxtning yog‘ochli qismi mayda qatlamli bo‘lib, juda zich, pishiq va sarg‘ish-qizil rangda, qattiq bo‘ladi,
ikkinchisi pasttekislikda o‘sadigan yog‘ochli qismi sarg‘ish, oq yoki qizg‘ish, yirik hujayrali, bo‘sh va yengil
bo‘ladi. Qalin daraxtzorda o‘sgan qarag‘ayning tanasi to‘g‘ri va kam shoxli bo‘ladi. Qarag‘ay yog‘ochida
smola ko‘p bo‘lganligi sababli, u tez chirimaydi va nam ta’siriga chidamli bo‘ladi.
O‘zbekistonda qarag‘ay juda kam. Qozog‘istonning janubida o‘sadigan qarag‘ay boshqa qarag‘ayga
nisbatan sifatsizdir. Uning tanasi egri, yog‘ochi bo‘sh va tez chiriydi. Qarag‘ay yog‘ochi qurilishning deyarli
hamma joylarida, jumladan, ko‘prik qurishda, shpallar va turli yordamchi konstruksiyalar tayyorlashda, qoliplar yasashda ishlatiladi. Qarag‘ay 350—500 yil yashaydi.
Archa — yog‘ochligi to‘la pishgan, sarg‘ish-oq yoki qizg‘ish-oq (botqoqliklarda o‘sadigan turi) daraxt. U
O‘rta Osiyoning tog‘ bag‘rlarida o‘sadi. Archa tanasi to‘g‘ri, silindrsimon, ammo ko‘p shoxli bo‘ladi. Uni
yorish oson, qarag‘ayga qaraganda kam smolali, shuning uchun, nam ta’sirida tez chiriydi. Quruq joyda ishlatiladigan archa yog‘ochi juda uzoq vaqt chirimay saqlanadi. Goh namlanib, goh qurib turadigan joyda
ishlatilgan archa yog‘ochi 5-6 yildan keyin butunlay chirib ishdan chiqadi. Archa 350 yil yashaydi. 80—150
yillik archalari qurilish uchun eng yaxshi ashyodir.
Tilog‘och — katta mag‘zli, qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangli, yog‘och qatlamining yupqaligi va o‘zagining rangi
bilan tubdan ajralib turadi. Tilog‘och yog‘ochi ko‘p qatlamli, pishiq, og‘ir va qattiq, nam yoki suv ta’siriga
chidamli ashyo hisoblanadi (2.9-rasm).
Unda smola ko‘p bo‘lganidan zararkunandalar ta’siridan shikastlanmaydi. Tilog‘och gidrotexnik va yer
osti inshootlarini qurishda keng ishlatiladigan ashyodir. Tilog‘och daraxtlar ichida eng tez o‘suvchi, tanasi
to‘g‘ri, kam shoxli jins. Suvda ko‘p vaqt saqlangan tilog‘och yog‘ochi yanada pishiqlanadi. Tilog‘och
yog‘ochining ko‘rinishi tangental kesimi bo‘yicha birmuncha chiroyli bo‘lsa ham mebel sanoatida kam
ishlatiladi. Bunga sabab, uning qattiqligi hamda tarkibida smola ko‘pligidir. U Rossiya Yevropa qismining
Shimoli-Sharqida o‘sadi.
Kedr — katta mag‘zli jins. Kedr yog‘ochi sarg‘ish-oq, o‘zagi esa sariq-qizg‘ish ranglarda bo‘lishi mumkin,
yillik qatlami yupqa, o‘zi yumshoq, ammo, yetarli darajada pishiqdir. Kedr tanasi to‘g‘ri va uzun. U 600—700
yil yashaydi. Asosan Rossiyada, Yevropada nam yerlarda o‘sadi. Sifatiga ko‘ra, kedr yog‘ochi qarag‘ayga
yaqin turadi. Qurilishda xoda va tilingan taxta holida va duradgorlikda ham ko‘p ishlatiladi.
Pixta — mag‘zsiz va kam smolali jins. Uning yog‘ochi qora qarag‘ayning yog‘ochi singari g‘ovak, yengil
va oson sinuvchan, sifati esa qora qarag‘aynikidan pastroq bo‘ladi. Pixta kam smolali bo‘lganligidan boshqa
ignabargli daraxtlarga qaraganda tezroq chiriydi. U Kavkazda, Rossiyaning Shimoli-sharqida, O‘rta Osiyoda
o‘sadi. Pixta xoda va tilingan taxta holida ishlatiladi.

Download 0,77 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Download 0,77 Mb.