|
PARDOZBOP YOG‘OCH ARXITEKTURASI
|
bet | 11/19 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #111965 |
Bog'liq Amaliy mashg\'ulot uchun ko\'rsatmaPARDOZBOP YOG‘OCH ARXITEKTURASI
XX asrda yog‘och arxitekturasida yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan sintetik yelimlarning yaratilishi
rivojlanish uchun turtki bo‘ldi. Yog‘och asosida yelimlangan ashyolar olishga imkoniyat tug‘ildi, yangi
arxitektura shakllari va estetika paydo bo‘ldi, natijada yog‘ochning ishlatilish ko‘lami kengaydi. Yog‘och
sanoat va qishloq xo‘jaligi binolarida yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi ashyolar sifatida keng qo‘llanila boshladi.
Yog‘ochdan tayyorlangan konstruksiyalar hozirgi kunda ham ko‘plab ishlatilmoqda.
O‘rta Osiyoda yog‘ochdan qurilgan sinch devorlar binolarning mustahkamligini oshirdi. Sinch oralari
g‘isht va boshqa issiqlikni saqlovchi ashyolar bilan to‘lg‘iziladi. Bunday binolar asosan bir yoki ikki qavatli
binolarni qurishda keng ishlatiladi.
Yelimlangan yog‘och buyumlar yuqori mustahkamligi, yengilligi, biologik chidamliligi, iqtisodiy samaradorligi yaxshi bo‘lgani uchun arxitektura kompozitsiyalarini olishda keng qo‘llanila boshladi. Yangi estetika
paydo bo‘layotgani nafaqat arxitektorlarni, balki quruvchi mutaxassislarning ham e’tiborini tortdi. 1906-yilda
germaniyalik yog‘och ustasi Otto Xetser yelimlangan egilgan yog‘och konstruksiyalar yaratish borasida
birinchi patentni olgan. Shundan keyin ko‘pchilik mamlakatlarda yelimlangan yog‘och konstruksiyalar —
to‘sin, ravoq, rom, ferma va boshqa fazoviy konstruksiyalar yaratilgan.
Yelimlangan yog‘och-taxtalar sanoat, transport, savdo, sport va boshqa turdagi inshootlarning tom
konstruksiyalarida ko‘plab ishlatilmoqda. Yelimlangan yog‘och romlarning turlari 2.1-rasmda, yelimlangan
fazoviy konstruksiyalarning ko‘rinishi 2.2- va 2.3-rasmlarda, yelimlangan yog‘och plitalar tuzilishi esa 2.4-
rasmda ko‘rsatilgan.
YOG‘OCH — ME’MORLAR IJODIDA
Qurilish amaliyotida yog‘ochga kelajak ashyosi sifatida qaraladi. Hozirgi kunda yog‘ochning o‘ziga xos
xususiyati va qo‘llanish ko‘lami kengayib bormoqda. U asosan ikki yo‘nalishda — tabiiy holatda va
yelimlangan buyumlar sifatida ishlatilmoqda.
Ikkala holatda ham yog‘ochning fizik xossalari katta ahamiyatga ega. Bu xossasi ashyoning estetik
ko‘rinishi va shakllarini belgilab turadi.
Hunarmand va me’morlar qurilish ashyolarining xossalari va arxitektura shakllarini olishga ta’sir qilishi
haqida turli fikrlar aytganlar.
Qadimda uylar bitta ashyodan — yog‘och, g‘ishtdan yoki shu kabi ashyolardan qurilgan. Bunda ulardan
tayyorlangan konstruktiv elementlarning ishlashi katta ahamiyat kasb etmagan. Vaqt o‘tishi bilan ularning
kerakli xossalaridan samarali foydalanish rivojlanib borgan. Hozirgi kunda ko‘pincha bino va inshootlarning
yuk ko‘taruvchi qismlari beton va temir-beton elementlaridan qurilmoqda. Biroq yog‘ochning ko‘rinishi,
estetik xossalari va mustahkamligi arxitektura shakllarini tayyorlashda keng foydalanilmoqda.
Xonalarning interyerlarida yog‘och alohida o‘rin tutadi. Jumladan, uni badiiy dekorativ bezashda yog‘och
o‘ymakorligi mahsulotlaridan keng foydalaniladi. Bunda asosan yog‘ochning teksturasi va rangi sifatli
buyumlar olishda muhimdir. Har bir yog‘och turi har xil teksturaga va tabiiy ranglarga ega. Lekin tabiiy
holatda ishlatilganda uning rangi o‘zgarishi mumkin. Masalan, tayyorlangan yog‘och-taxtaning rangi oq
bo‘lsa, ma’lum vaqtdan keyin u sarg‘ayib borishi mumkin va h.k.
Kompozitsiyalarni tayyorlashda yog‘och ustalari turli rangdagi yaltiroq bo‘yoqlarni ishlatishi natijasida bir
xil rangli buyumlar tayyorlanishi mumkin. Zamonaviy uylarni dekorativ bezashda va estetik ko‘rinishini
yaxshilashda bunday usulda tayyorlangan yog‘och buyumlari muhimdir. Masalan, 2.6-rasmda egilgan
yog‘ochdan yasalgan vintsimon zina ko‘rsatilgan.
Yog‘och o‘ymakorligi mutaxassislari tomonidan yasalgan elementlar qurilayotgan uylarning fasadlarida
ko‘plab ishlatilmoqda. Bunda ishlatilayotgan yog‘ochning tabiiy rangi bir xil bo‘lishi lozim. Aks hollarda uni
lok bo‘yoq ashyolari bilan qoplash zarur bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda ashyolarni tabiiy holatda
ishlatishga ko‘proq e’tibor qaratilgan.
|
| |