Pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi




Download 0,77 Mb.
bet9/19
Sana05.12.2023
Hajmi0,77 Mb.
#111965
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot uchun ko\'rsatma

3.1-jadval
Tuproqning tarkibi va uning erish harorati
Barxan qumi mayda va sirti silliq shaklda bo‘ladi. Bunday qumdan beton konstruksiyalari ishlansa, sement
xarajati 15-30% gacha oshadi.
Qumda tuproq miqdori 10% dan kam bo‘lsa — tuproqli qum, 10% dan ko‘p bo‘lsa — qumli tuproq deb
ataladi.
Qumning o‘rtacha zichligi 1500 kg/m3 ga teng. Uni silkitib zichlanganda zichligi 1600—1700 kg/m3 ga
yetadi. Qum qanchalik mayda bo‘lsa, namligining ortishi bilan hajmi ham shunchalik ortadi. Qum qabul
qilishda, uning namligi 1 dan 3% gacha bo‘lsa, uning hajmini 10% ga kamaytirib olish lozim, agar namligi 3
dan 10% gacha bo‘lsa hajmi 15% kamaytiriladi. Qish sharoitida ochiq yerda saqlangan qumning hajmi har
vaqt 15% kamaytirib olinadi. Quruq qumning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,3-0,4 Vt/m  grad.
Rangli tog‘ jinslarini tuyib olingan qumlar pardozbop beton va qorishmalar uchun mayda to‘ldirgich
sifatida ishlatiladi. Obdan tuyilgan kremniy qumlari sementlar uchun aktiv gidravlik qo‘shilma sifatida ham
ishlatiladi.
Shag‘al — har xil tog‘ jinslarining parchalanishidan hosil bo‘lgan sochiluvchan jins. Tashqi ko‘rinishi
bo‘yicha shag‘alning sirti silliq, yumaloq shaklda bo‘lib, yirikligi 5—80 mm ga teng. Zichligi 2700—2900
kg/sm3, hajmiy massasi 1600—1800 kg/sm3 ga teng.
Kelib chiqishiga ko‘ra, shag‘al yumaloq, ignasimon, tuxum va yupqa patnissimon shakllarda uchraydi.
Tabiatda ko‘p uchraydigan xarsang toshlar tog‘ jinslarining parchalanishidan kelib chiqqan, tabiiy
sharoitda silliqlangan, yirikligi 150 mm dan katta bo‘lgan jins. Maydalangan xarsang toshdan chaqilgan
toshlar — sheben olinadi va betonlar uchun yirik to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.
Sochiluvchan jinslarning yer qatlamining yuqori bosimi ostida o‘zaro sementlanishidan hosil bo‘lgan
qumtosh — tabiiy sementlar vositasida qumning zichlanishi va nihoyat sementlanishidan hosil bo‘lgan
mustahkam jinsdir. U tarkibidagi bog‘lovchi moddaning xiliga ko‘ra loyli, kremniyli, ohaktoshli, gipsli,
bitumli qumtoshlarga bo‘linadi.
Loy vositasida zichlangan loyli qumtoshlar suvga chidamsiz bo‘ladi.
Mayda kremniyli alyumosilikatlar (sementlar, opal, xalsedon) bilan qumlar aralashmasining zichlanishi
natijasida pardozbop kremniyli qumtoshlar hosil bo‘lgan. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 100—500
MPa, hajmiy zichligi 2400—2600 kg/m3.
Kremniyli qumtosh kislotaga chidamlidir, ammo uni ishlash qiyin. Qurilishda qumtosh pardozbop betonlar
uchun to‘ldirgich, yo‘lka va zinalar uchun plitalar sifatida ishlatiladi. Kremniyli qumtoshning ayrim xillari
pardozlangan holda qoplama plita sifatida ham ishlatiladi.
Ohakli qumtosh tabiiy ohak vositasida qumning zichlanishidan hosil bo‘lgan. Bunday qumtosh kislotaga
chidamsiz, ammo uni ishlash oson.
Gips — yumshoq (qattiqligi 2), zichligi 2100—2200 kg/m3 ga teng bo‘lgan mineral. Kimyoviy tarkibi
bo‘yicha gips ikki molekula suvli kalsiy sulfatdan tashkil topgan (CaSO4  2H2O). Tuzilishi bo‘yicha gips
oddiy yirik kristall (gips shpati) va ingichka tolali (selenit va donador gips) xillarga bo‘linadi.
Tabiiy gips qurilishda ishlatilmaydi, ammo u gips bog‘lovchi moddalar olishda asosiy xomashyo sifatida
katta ahamiyatga ega. Uning mustahkamligi va chidamliligi katta bo‘lmaganligi uchun devor va pardozbop
qoplama ashyolar sifatida kam ishlatiladi.
Gips zaxiralari ayniqsa O‘zbekistonda ko‘p tarqalgan.
Chig‘anoq ohaktosh — kalsiy karbonat vositasida chig‘anoqlar, mollyuskalar, tomiroyoqlar va boshqa
hayvon hamda o‘simlik qoldiqlarining cho‘kishi va bog‘lanishidan (sementlanishidan) tashkil topgan g‘ovakli
jins.
Chig‘anoq ohaktoshni arralash oson. Bu esa har xil kattaliklarda pardozbop plitalar, devor uchun bloklar
tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Uning zichligi 1000—1700 kg/m3 va issiqlik o‘tka-zvchanlik koeffitsienti
0,3-0,4 Vt/m  grad ga teng bo‘lib, yirik g‘ovak tuzilishga ega. Shu sababli uning sovuqqa chidamlilik
ko‘rsatkichi qoniqarli (3.5-rasm).
Chig‘anoq ohaktoshni ishlash oson va u yaxshi mixlanadi. Qurilishda, asosan devor ashyolari uchun tosh
va bloklar, betonlar uchun yirik to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. Chig‘anoq ohaktosh zaxiralari O‘zbekiston va
Tojikistonda ko‘p.
Bo‘r — oq rangli yumshoq jins, 98-99% CaCO3 dan iborat. Bo‘r chig‘anoqning kalsiy tuzlari to‘yingan
eritmalari bilan birgalikda cho‘kishidan hosil bo‘lgan. Bo‘r, ohak, sement, shisha, zamazkalar tayyorlashda
xomashyo sifatida ishlatiladi.
Diatomit va trepellar — oq rangli, parchalangan tog‘ jinslarining cho‘kindisidan hosil bo‘lgan yengil jins.
U suvli amorf holatdagi kremniy tuprog‘idan iborat bo‘lib, tomiroyoqlar va sho‘r suvlarda o‘sadigan diatomli
o‘simliklardan tashkil topgan. Bu jinslar tabiatda sochiluvchan yoki serg‘ovak, yaxlit holatda uchraydi.
Trepel va diatomit jinslarida gidravlik aktiv moddalar 75—96% kremniy bor. Ularning fizik va mexanik
xossalari bir-biriga yaqin. Zichligi 350—950 kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,15—0,20
Vt/m  grad. Diatomit va trepel issiqlik o‘tkazmaydigan va bog‘lovchi moddalar uchun gidravlik faol
qo‘shilma sifatida ishlatiladi.
METAMORF TOG‘ JINSLARI
Birlamchi va ikkilamchi jinslarni har xil fizik, kimyoviy va mexanik jarayonlar (jinslar o‘rtasidagi o‘zaro
reaksiyalar, tektonik jarayonlar, gazlar ta’siri, harorat, yuqori bosim va h.k.) ta’sirida xossalari va shaklining
o‘zgarishidan hosil bo‘lgan jinslardir. Metamorf tog‘ jinslariga quyidagilar kiradi.
Otilib chiqqan, keyin esa atmosfera ta’sirida ko‘rinishi o‘zgargan jinslar — gneyslar.
Ko‘rinishi o‘zgargan cho‘kindi pardozbop jinslar — marmar, kvarsitlar, slanes, asbest.
Qurilishda keng tarqalgan asosiy metamorf jinslarning ayrimlari bilan tanishamiz.
Gneyslar — granit, kvars porfirlari va ayrim konglomeratlarning atmosfera ta’sirida ko‘rinishi va
xususiyatlari o‘zgargan, yaxlit yoki yupqa slaneslar qatlamidan tashkil topgan jins (3.6-rasm).
Gneyslar tarkibi bo‘yicha granitga o‘xshash. Ularning zichligi 2400—2800 kg/m3, siqilishdagi
mustahkamlik chegarasi 120—200 MPa. Gneyslar xarsang tosh, beton uchun yirik to‘ldirgich, yo‘lkalar uchun
va pardozbop plita sifatida ishlatiladi.
Loysimon slaneslar — loyning yuqori bosim ostida qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan qattiq loysimon
kulrang jins. U suv ta’sirida namlanmaydi. Tarkibida, asosan, kvars, slyudalar va tuproq bor. Loysimon slanes
yupqa (qalinligi 2,5 mm dan katta) plastinkalar tarzida tilinadi. Bunday plastinkalar tom va pardozbop
qoplama ashyolari sifatida ishlatiladi. Undan tashqari pol qurishda va elektr tokidan muhofazalovchi
taxtachalar tayyorlashda ham qo‘llaniladi.
Marmar — kalsit kristalli donalaridan tashkil topgan zich pardozbop jins. Marmarda slyuda, dala shpati,
kvars, temir oksidi va ko‘mir birikmalari ham bo‘ladi. Toza pardozbop marmar oq rangda, agar uning tarkibida
marganes va temir birikmalari bo‘lsa, qizil, binafsha, qora va kulrang bo‘ladi.
Marmarning qattiqligi 3-4, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 80—300 MPa, zichligi 2600—2800 kg/m3.
Marmarni arralash, silliqlash va pardozlash qiyin emas. Ammo u kislotalar, atmosferadagi gazlar va
karbonat suvlari ta’sirida buziladi. Shu sababli marmar binoning ichki qismini qoplashda, shuningdek,
haykaltaroshlikda, zinapoya va pol plitalarini tayyorlashda mozaika betonlar uchun to‘ldirgich sifatida ko‘p
ishlatiladi.
Kvarsit — yer qatlamining yuqori bosimi ostida mayda kvars donalarining kremniy sementlari vositasida
zichlanishidan hosil bo‘lgan kristall jins. Kvarsit o‘zining zichligi, yuqori mustahkamligi, mo‘rtligi va
qattiqligi bilan boshqa jinslardan farq qiladi. U tabiatda oq, qizil, ko‘kimtir, to‘q-qizil ranglarda uchraydi.
Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 400 MPa dan kam emas. Zichligi 2500—2700 kg/m3, qattiqligi 7 ga teng.
Kvarsit pardozbop va o‘tga chidamli buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.

Download 0,77 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Download 0,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi

Download 0,77 Mb.