Zichlik. Agar ashyo hajmi faqatgina mutlaq zich moddadan tashkil topgan bo‘lsa, uning zichligi




Download 0,77 Mb.
bet7/19
Sana05.12.2023
Hajmi0,77 Mb.
#111965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot uchun ko\'rsatma

Zichlik. Agar ashyo hajmi faqatgina mutlaq zich moddadan tashkil topgan bo‘lsa, uning zichligi shu
modda zichligiga () teng bo‘ladi. Aksariyat ashyo hajmining bir qismi g‘ovaklardan tashkil topgan bo‘ladi, u
holda uning zichligi ashyodagi g‘ovaksiz moddalar zichligidan kam bo‘ladi.
Ashyo zichligining undagi g‘ovaksiz moddalar zichligiga nisbati, uning o‘rtacha zichligini (d) ifodalaydi:
d  /m.
G‘ovak va sochiluvchan ashyolarda d  1, zich ashyolarda esa d  1 bo‘ladi.
Sochiluvchan ashyolarning zichligini aniqlashda, uning hajmi zarrachalar orasidagi g‘ovaklar bilan
o‘lchanadi va uni sochiluvchan zichlik deb ataladi. Ashyo zichligi orqali turarjoy binolari devorlarining
issiqlikni saqlash qobiliyati, yuk ko‘taruvchi mashinalarning imkoniyatlarini hisoblash mumkin.
G‘ovaklik. Ashyodagi mayda bo‘shliqlar g‘ovaklar deb ataladi. G‘ovaklar havo, gaz yoki suv bilan
to‘lgan bo‘ladi. Ashyodagi g‘ovaklar hajmining shu ashyo to‘la hajmiga bo‘lgan nisbati uning g‘ovakliligini
ifodalaydi:
F0
 (1  0/)  100%  (1  d)  100%
Bunda: F
0 — g‘ovaklik, %; 0 — hajmiy og‘irlik, kg/m3;  —zichlik, kg/m3; d — o‘rtacha zichlik.
G‘ovaklik va zichlik ashyoning asosiy xossalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. Bu ko‘rsatkichlar orqali
ashyoning mustahkamligi, hajmiy og‘irligi, namlanuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, sovuqqa chidamliligi
va boshqa xossalari to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Ashyodagi g‘ovaklar o‘lchami 1-2 mm dan katta bo‘lsa, u
holda ular bo‘shliq deb ataladi.
G‘ovak so‘zi «grekcha» bo‘lib u teshik degan ma’noni bildiradi. G‘ovaklar tabiiy holda yoki ularni
tayyorlash jarayonida hosil bo‘ladi. G‘ovaklarning shakli, katta-kichikligi va tuzilishi har xil bo‘ladi. Kattakichikligiga qarab o‘ta mayda mikro g‘ovaklar faqat elektron mikroskoplardagina ko‘rinadi. Tuzilishiga ko‘ra
g‘ovaklar ikki yoki bir tomoni ochiq bo‘ladi. O‘zaro tutash ochiq g‘ovaklar muhit bilan bog‘langan bo‘ladi va
suyuqliklar bilan tezda to‘ladi. Demak, chidamliligi past bo‘ladi. Har tomoni berk g‘ovakli ashyolar zararli
muhit ta’siriga chidamli bo‘ladi. Ayrim ashyolarning tovush to‘lqinlarini yutishini ta’minlash uchun ularning
tuzilishi o‘zaro tutash, yirik g‘ovakli qilib tayyorlanadi. Ayrim ashyolarning g‘ovakliligi quyidagi 1.1-jadvalda
yoritilgan.
G‘ovakliliga ko‘ra ashyolar kam g‘ovakli F  30%, o‘rtacha F  30...50% va ko‘p g‘ovakli F  50%
guruhlarga bo’linadi.

Download 0,77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Download 0,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zichlik. Agar ashyo hajmi faqatgina mutlaq zich moddadan tashkil topgan bo‘lsa, uning zichligi

Download 0,77 Mb.