Pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi




Download 0,77 Mb.
bet15/19
Sana05.12.2023
Hajmi0,77 Mb.
#111965
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot uchun ko\'rsatma

Yog‘ochning zichligi deyarli hamma jinslar uchun bir xil, ya’ni u o‘rta hisobda 1,54 g/sm3 ga teng.
Yog‘ochning hajmiy og‘irligini aniqlash uchun, uning namligi 12% ga keltiriladi. Buning uchun yog‘och
namunasi namligini 20% gacha quritib olingan ko‘rsatkichlarni quyidagi formulaga qo‘yib yog‘ochning 12%
ga keltirilgan namlikdagi hajmiy og‘irligi hisoblanadi:
P12
0  Pw0 (1  0,01(1  K0)(12  W))
Bunda: P12
0 — 12% namlikdagi yog‘ochning hajmiy og‘irligi, g/sm3; Pw0 — namligi W % bo‘lgan
yog‘ochning hajmiy og‘irligi, g/sm3; W — yog‘ochning namligi, %; K0 — yog‘ochning kirishish koeffitsienti;
tilog‘och, qora qayin va oq qayin yog‘ochi uchun 0,6; boshqa jinsli yog‘ochlar uchun 0,5 ga teng.
Ko‘pgina yog‘och jinslarning havoyi quruq holatdagi hajmiy og‘irligi 1 dan kichik bo‘ladi. Hajmiy
og‘irligiga ko‘ra barcha yog‘ochlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: yengil hajmiy og‘irligi 450—650
kg/m3 (kedr, pixta, archa, arg‘uvon, qarag‘ay, tog‘ terak va h.k.); o‘rtacha — 650—750 kg/m3 (akas, oq qayin,
qora qayin, eman, nok, kashtan, tilog‘och, zarang, shumtol); og‘ir — 760—1280 kg/m3 (xurmo, grab,
shamshod, pista daraxti, qora daraxt).
Hajmiy og‘irlik ko‘rsatkichi orqali yog‘ochning fizik-mexanik xossalari to‘g‘risida tushuncha olish
mumkin. Yog‘ochning hajmiy og‘irligi qancha kichik bo‘lsa, u serg‘ovak bo‘lib, pishiq bo‘lmaydi. Hajmiy
og‘irlik katta bo‘lganda buning aksi bo‘ladi. Yog‘ochning hajmiy og‘irlik ko‘rsatkichi yordamida undan
ishlangan konstruksiyaning og‘irligini, tashish uchun sarflanadigan transport xarajatlarini va h.k. aniqlash
mumkin.
Yog‘och quriganda kichrayish (kirishish) va tob tashlash xossalariga ega. Yog‘och tolalari to‘yingan
(yog‘och namligi 20—28% ga kamaygan) nuqta darajasiga yetgandan keyin yog‘ochda bunday holatlar
boshlanadi. Yog‘och tolalarining to‘yingan nuqta darajasi yog‘ochdan ishlangan buyumlar yoki taxtalarni
quritishda katta ahamiyatga ega. Chunki qurish jarayonida yog‘ochdan avval erkin holatdagi suv, keyin
gigroskopik, va nihoyat, moddalarning parchalanishi hisobiga kimyoviy birikkan suv bug‘lanib ketadi. Erkin
holatdagi suv yo‘qolgunga qadar yog‘och xossalari o‘zgarmaydi. Gigroskopik va kimyoviy birikkan
suvlarning yo‘qolishi natijasida, yog‘ochda hajmiy va chiziqli kirishish boshlanadi, zichligi va pishiqligi
ortadi. Yog‘och hujayralaridagi va hujayralari orasidagi namlikning yo‘qolishi hujayra naychalari, tolalari va
pardalarini o‘zaro yaqinlashtiradi, natijada yog‘ochning umumiy hajmi kichrayadi.
Yog‘ochning kirishish ko‘rsatkichini aniqlash uchun hajmi va tomonlari o‘lchangan nam namunani turg‘un
vazngacha quritib, yana hajmi va tomonlari qayta o‘lchanadi va qanchaga kirishganligi aniqlanadi.
Yog‘och hamma tomoni bo‘ylab bir xil kirishmaydi. Qaysi jinsli yog‘och bo‘lmasin u tolalari bo‘ylab eng
kam, ya’ni 1 metrga 1 mm (0,1—0,4%) tangental kesimi bo‘ylab eng ko‘p (6—12%) kirishadi.
Bir me’yorda va sekin quritilgan yog‘och butun hajmi bo‘ylab bir xilda kirishadi: bunda yoriqlar soni ham
ancha kam bo‘ladi.
Yog‘och tomonlari bo‘ylab turlicha kirishadi, yog‘ochda ichki kuchlanishlarning paydo bo‘lishiga sabab
bo‘ladi. Tez quritilgan to‘rt qirrali yog‘och to‘sinidagi yoriqlarni 2.11-rasmda ko‘rish mumkin.
G‘o‘la yog‘ochlar quriganda ularning diametri, taxta hamda to‘sinlar quriganda esa eni va qalinligi
kichrayadi, ammo bo‘yi deyarli qisqarmaydi. Daraxt tanasining o‘zagidan uzoqroq qismidan tilingan taxtalar
o‘rta qismidan tilingan taxtalarga qaraganda ko‘proq tob tashlaydi. Bu yog‘ochning yillik qatlamlarini ko‘proq
qurishi natijasida hosil bo‘ladi.
Tasvir (tekstura) — yog‘ochning har xil yo‘nalishda kesilgan yuzasi chiroyi. Yog‘och qayta ishlangandan
keyin, uning yuzasidagi tasvir yana ham ochiladi, qanday kesilishi va zichligiga qarab o‘zgaradi.
Har bir jinsdagi yog‘ochning o‘ziga xos tasviri bor. Pardozbop ashyolar va mebellar ishlab chiqarishda
eman, chinor, qora qayin, nok kabi daraxt jinslari alohida o‘rin tutadi. Yog‘och yuzasini silliqlab, keyin lok
surtilsa, uning tasviri yanada ochiladi. Chirish jarayoni boshlangan yog‘ochda, uning yaltiroqligi va tasviri
yo‘qola boshlaydi.
Yog‘och issiq-sovuqni o‘zidan kam o‘tkazadi. Bu yog‘ochning g‘ovakligiga, tolalari yo‘nalishiga,
namligiga, shuningdek, hajmiy og‘irligiga bog‘liq. Yog‘ochning hajmiy og‘irligi katta, namligi yuqori bo‘lsa,
bo‘shliqlarida havo kam bo‘ladi, binobarin, yog‘och issiq-sovuqni ko‘proq o‘tkazadi. Yog‘och issiq-sovuqni
tolalari bo‘ylab ko‘ndalang yo‘nalishdagiga nisbatan 2 barobar ko‘p o‘tkazadi.

Download 0,77 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 0,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi

Download 0,77 Mb.