|
Pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi
|
bet | 16/19 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #111965 |
Bog'liq Amaliy mashg\'ulot uchun ko\'rsatma9, 10 –amaliy mashg’ulot:
Diatomit (trepel) keramik issiqlik izolatsiya mahsulotlarini ishlab chiqarish usullari (4 soat)
Ko‘pik-diatomit keramik mahsulotlami ishlab chiqarish
Ko‘pik-diatomit keramik mahsulotlarning texnologiyasi uchta asosiy bosqichdan iborat:
plastik ko‘pik-diatomit massalarni tayyorlash va undan mahsulotlar qoliplash;
ko‘pik-diatomit massani quritish vaqtida stabillash;
mahsulotning g‘ovak keramik qobig'ini pishirishda hosil qilish.
Ishlab chiqarish uchun ishlatiluvchi diatomit katta — 40 dan 60% gacha va undan yuqori chegaralardagi tabiiy namlikka ega bo'lishi kerak.
Diatomitni quritish va maydalash ko'pik-diatomit mahsulotlar sifatini belgilaydi. Xom diatomitni quritish va uni maydalash zarurdir, agar diatomit suvda yomon ho'llansa, uni bevosita shlikerga aylantirish mumkin emas. Bunday hollarda diatomit quritiladi, so'ngra esa zarbli harakatli tegirmonda maydalanadi.
Massani tayyorlash. Ko‘pik-diatomit massani diatomit shliker- ni oldindan olingan ko'pik bilan aralashtirib tayyorlanadi. Ko'pik va shlikerlar nisbati mahsulotlaming berilgan hajmiy og'irligiga bog'liq: hajmiy og'irlik qanchalik kichik bo'lsa, shunchalik ko'p ko'pik shhker bilan aralashtirishi kerak.
Suv miqdori asosan xomashyoning tabiiy xususiyatlari va maydaligiga bog'liq. Maydalik qanchalik nozik bo'lsa, aniq quyuqlikdagi shliker tayyorlashga shunchalik ko‘p suv ketadi. Shuning uchun, berilgan hajmiy og'irlikka erishish uchun kamroq ko‘pik sarf qilinadi.
Birjinsli va turg‘un ko‘pik-massa olish uchun uni tayyorlash- da quyidagi talablar bajarilishi lozim:
shlikeming hajmiy og'irligi 1280—1330 kg/m3 chegarasida bo‘lishi;
shliker konsistensiyasi unga standart konusning 10—12 sm chuqurlikka cho'kishiga mos kelishi;
shliker temperaturasi 25—30° S dan oshmasligi;
ko‘pik hajmiy og‘irligi 50—65 kg/m3 chegarasida bo‘lishi;
ko‘pik tayyorlanganidan keyin 30 min davomida buzilmasligi (cho‘kmasligi);
barabanli aralashtirgichga awal shliker, keyin esa ko'pik so- linishi;
ko'pik diatomit massa hajmiy og'irligi qanchalik yuqori bo'lsa, tayyorlanayotgan mahsulotning markasi shunchalik yuqori bo'lishi kerak, masalan:
350 markali mahsulotlar uchun 800 dan 850 kg/m3 gacha;
400 markali mahsulotlar uchun 900 dan 950 kg/m3 gacha;
450 markali mahsulotlar uchun 1000 dan 1050 kg/m3 gacha.
|
| |