• Qog’oz qatlamli manzarali plastiklar
  • Bezak polistirol plitkalari (“poliform”)
  • Pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi




    Download 0,77 Mb.
    bet17/19
    Sana05.12.2023
    Hajmi0,77 Mb.
    #111965
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    Amaliy mashg\'ulot uchun ko\'rsatma

    11, 12 –amaliy mashg’ulot:
    Polivinilxloridga qo’yiladigan talablar (4 soat)
    Pardozlash bezak materiallariga polimerlardan tayyorlangan binolarni ichki tomondan bezashda ishlatiladigan, issiqlik va tovush izolyatsiyasi buyumlari kiradi. Bundan tashqari ko’pchilik to’suvchi polimer materiallarni ham pardozlash-bezak ishlarida foydalanish mumkin. Pardozlash list materiallariga qog’oz qatlamli manzarali plastiklar, “poliform”, “polidekor” manzarali panellar va boshqalar kiradi.
    Qog’oz qatlamli manzarali plastiklar avvaldan fenol-formaldegid, karbamid-formaldegid polimerlari shimdirilgan maxsus qog’ozni issiq holatda presslab tayyorlanadi. Plastik uzunligi 1000-3000 mm, eni 600-1600 mm, qalinligi 1-5 mm o’lchamlarda list ko’rinishida ishlab chiqariladi. Plastikning ustki qatlami turli rangda, gulli, bo’rtma gulli, relefli tipografiya usulida tayyorlangan qog’ozdan yasaladi. Odatda rasm yog’och (dub, yong’oq, yasen, buk) teksturasini, qimmatbaho toshlar (marmar, malaxit, yantar va sh. k.) ko’rinishini ifodalaydi. Bundan tashqari abstrakt rasmlar ham tushirilgan bo’lishi mumkin.
    Qalinligi 1,6 mm bo’lgan plastiklar bitum-rezinali, epoksidli, rezortsin-formaldegidli yelimlar va mastikalar yordamida mahkamlanadi. Bundan qalin plastiklar asosga mexanik usulda (mix, shurup vositasida) mahkamlanadi.
    Qog’oz qatlamli plastiklar madaniy, maishiy, savdo, jamoat binolarining ichini pardozlash va mebel tayyorlashda ishlatiladi.
    Bezak polistirol plitkalari (“poliform”) zarbga chidamli polistirol polimeriga ko’pirtiruvchi qo’shimcha aralashtirib tayyorlanadi. “Poliform” plitkalarini quyish mashinalari bo’rtma o’ng yuza hosil bo’lishini ta’minlaydigan qoliplar bilan jixozlangan. Plitkalar o’lchami 500x500x8-10mm. Plitkalarning perimetri bo’ylab mix va shuruplar o’tkazish uchun teshiklar qoldirilgan. “Poliform” plitkalari (panellari) bilan madaniy, maishiy va ma’muriy binolarning devorlari, shiplari, interer elementlari, suriladigan pardevorlar pardozlanadi.
    “Polidekor” bezak panellar polivinilxlorid polimerlaridan tayyorlangan manzarali yupqa qattiq pardani vakuum presslash usulida bo’rtma yuzali qilib olinadi.





    Download 0,77 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi

    Download 0,77 Mb.