|
-rasm. “Poliform” plitkalari (panellari)
|
bet | 18/19 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #111965 |
Bog'liq Amaliy mashg\'ulot uchun ko\'rsatma1-rasm. “Poliform” plitkalari (panellari)
2-rasm. “Polidekor” panellari (listlari)
Bezakli ustki tomoni yog’och o’ymakorligi, o’yma naqshli metallni imitatsiya qilinadi. Panellarning o’lchami 1850x955x0,6 mm. Ular ma’muriy va jamoat binolarining zallari, xollari devorlarini bezash uchun ishlatiladi.
Yog’och-tolali pardozlash plitalari termoreaktiv polimerlar (karbamid, fenolformaldegid smolalari va boshq.) bilan shimdirilgan yog’och tolalarini (qamish va boshqa o’simliklar) issiq xolatda presslash usulida olinadi.
Plitalarning o’ng yuzasi silliq, bitta yoki ikkita o’zaro perpendikulyar yo’nalishlarda rustlangan (dag’allashtirilgan) bo’lib, sintetik emulsiya, emallarga bo’yab, yaltiramaydigan, yarim yaltiroq va oyna jiloli qilib ishlab chiqariladi. Ular uzunligi 1200-2700 mm, eni 1200-1700 mm va qalinlagi 3-6 mm bo’ladi. Plitalar turar joy va jamoat binolarining devorlari va shiplarini bezashda va mebel tayyorlashda ishlatiladi. Ular mix va shuruplar yordamida asosga o’rnatiladi.
13, 14 –amaliy mashg’ulot:
Polivinilxlorid linoleumi ishlab chiqarish texnologiyasi (4 soat)
O’RAMA ASHYOLARNING SIFATINI ANIQLASH
Bitum va qatronlardan tayyorlanadigan tombop va gidroizolyatsiya ashyolario’rama va yupqa taxta ko’rinishida, shuningdek mastika (quyuq holda),emulsiya (suyuq holda) va pasta tarzida ishlab chiqariladi.
Tombop hamda gidroizolyatsiya maqsadlarida ishlab chiqariladigan o’ramava taxtalar ikki xil bo’ladi:
1) asos deb ataluvchi tombop qog’oz karton— asbest — shisha tolali-to’qimalarni organik moddalar bilan shimdirib olingan ashyo;
2) organik moddalarga maxsus qo’shilmalar va kukun to’ldirgichlar qo’shibtayyorlangan qorishmani prokatka (yoyiq holda zichlab) qilib ishlanganasossiz ashyolar.
Ishlatishdan oldin qurilishga keltirilgan har bir partiyadagi tombopo’rama yoki gidroizolyatsiya ashyolaridan o’rtacha namuna olinib, ularningsifati tekshiriladi.
Bunda ashyoning tashqi ko’rinishi, o’lchami va o’ramaning massasi,shuningdek karton shimdirilgan organik moddaning xili va unga sepilganmayda qatlamning turi, o’ramaning cho’zilishga mustahkamlik chegarasi,egiluvchanligi, suv o’tkazmasligi kabi xossalari tekshiriladi.
Urama ashyoning massasi,o’lchami va tashqi ko’rinishini tekshirish
Har bir partiya (bir partiyada 500 ta o’rama)dagi ashyodan 1%, ya’ni 5 tao’ram olinadi va ular sinaladigan xonada bir kun sakdangandan keyinuzunasiga yoyiladi. Urama ashyoning butun yuzasi bo’ylab, unda pufakchalar,teshiklar, darzlar va shunga o’xshash nuqsonlar bor-yo’qligi ko’rib chiqiladi.Agar bunday nuqsonlar bo’lsa, jurnalga yozib qo’yiladi.
O’rama ashyolarning uch yeridan (ikki chetidan va o’rtasidan) 1sm aniqlikdao’lchanadi va umumiy yuzasi hisoblab topiladi.
Partiyadan tanlab olingan o’ramalarning massasini topish uchun, har biro’rama 0,1 g aniqlikgacha tortilib, ulardan o’rtacha arifmetik qiymathisoblanadi. Uramaning haqiqiy massasini topishda uning umumiy yuzasinianiqlab, quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
m = m1∙F1/F
bu yerda: F1 — o’ramaning o’rtacha haqiqiy yuzasi, m2 ;
F— standart bo’yicha olinadigan o’ramaning umumiy yuzasi, m2.
Tekshirilgan tombop o’rama ashyolarning har biridan keyingi sinash ishlari uchun namunalar kesiladi; buning uchun o’ramaning uchidan 3 metr qoldirib, 1m tasma kesiladi. Keyin har bir tasmaning chetidan 20sm qoldirib, tomonlari 30x30sm li namunalar kesib olinadi.
Tombop o’rama ashyolarning suv o’tkazmasligini aniqlash
O’rama ashyoning suv o’tkazmaslik xossalarini aniqlash usullari ko’p.
Tombop o’rama ashyolarning suv o’tkazmasligi engoddiy usulda quyidagicha aniqlandi. Ashyoni juda ehtiyotlik bilan egib,undan asosining, tomonlari 100x100mm, balandligi 100mm li qutichayasaladi. Uning ostiga lakmus qog’ozini yopishtirib, ichiga biror kislotaeritmasidan solinadi. Vaqt o’tishi bilan lakmus qog’ozi rangining o’zgarishiorqali eritmaning ashyodan o’tishini bilsa bo’ladi.
Bu xossalarning yana bir usuli 11.5-rasmda ko’rsatilgan sxema asosidao’tkaziladi. Asbob ichki diametri 100mm bo’lgan tsilindrli kamera -1,namunani qisish uchun rezina halqa -2 bosim berish kamerasiga ulanganrezina shlangi -9 dan iborat.
Namuna -3 (ruberoid, pergamin yoki shu kabilar) tsilindr kameraningyuqori qismidagi rezina halqa -5 lar orasiga qo’yiladi va u kamera qopqog’i -6 bilan burab qisib joylanadi. Kameraning quyi qismi naycha -7 va kran -8ga ulangan bo’lishi kerak.
rasm. O’rama ashyolarning suv o’tkazmasligini aniqlash
1-ishchi kamera; 2-rezinali prokladka, 3-namuna, 4-tutash to’r, 5-qisqich plitka,
6-burama mix, 7, 8-kran, 9-rezina shlang, 10-monometr.
Asbob shtativga o’rnatilgandan keyin, namuna sathi shkaladagi “0”belgiga to’g’riturishi tekshiriladi. Keyin doyra shaklidagi namuna kameraga joylanadi.
Bunda namunaning suv tegib turgan tomonida havo pufakchalari qolmasligi kerak uning yuqori sirtiga lakmus qog’ozi yotqiziladi.
Asbobga namuna germetik ravishda joylanganligiga qanoat hosil qilingandan keyin shisha naychaga 100mm balandlikkacha rangli suv quyiladi va namuna 5 min shu bosimda ushlab turiladi, keyin rangli suvdan 300mm, 400mm, 500mm vah.k. gacha quyilib, har 100mm balandlikda 5min dan ushlab turiladi. Bunda qaysi bosimda namuna yuzasidagi lakmus.qog’ozining rangi o’zgarsa, shu bosim jurnalga yozib qo’yiladi. Ashyoning suv o’tkazuvchanligiO’zRST shartlariga qarab belgilanadi. Masalan, markasi P-300 pergamin suv ustunining bosimi 500mm da 5min davomida o’zidan suv o’tkazmaydi.
O’rama ashyolarning egiluvchanligini aniqlash
Tombop o’ramadan 20x50mm li tasma namunalar kesib olinadi va harorati 16-20°Sbo’lgan suvli vannada 10-15min saqlanadi. Keyin namuna po’lat tayoqchaga asta-sekin o’raladi. Po’lat tayoqchaningdiametri O’zRST da ko’rsatilgan bo’ladi. Masalan, pergamin yoki yuzasi qoplamasiz tolь bo’lsa — po’lat tayoqchaning diametri 10mm, agar yuzasi qoplamali tolь (yuzasiga kum sepilgan) yoki ruberoid bo’lsa — 20mm, yuzasiga yirik donali qum qoplangan tolь yoki ruberoid bo’lsa, po’lat tayoqchaning diametri 30mm dan oshmasligi kerak.
Namuna tayoqchaga o’ralgandan keyin uning tashqi yuzasidagi sepilgan mayda donalarning to’kilishi va unda hosil bo’ladigan darz yoki yoriqlar soni yoziladi.
|
| |