|
Mavzu: Sun'iy to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi (2-soat)
|
Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 18,04 Kb. | | #244495 |
Bog'liq Amaliy mashg 1
Amaliy mashg‘ulot (2-soat)
Mavzu: Sun'iy to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi (2-soat)
Sun'iy to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi?
Keramzit ishlab chiqarish texnologik sxemasini keltiring?
Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi xisob – kitob ishlari orqali qanday loyihalanadi?
Keramzit xomashyosiga qo‘yiladigan birinchi talabni ayting?
Sun'iy g'ovak to'ldiruvchilar
O‘rta Osiyo mintaqasida industrial qurilishni keng taraqqiyoti uchun mahalliy xomashyo resurslari asosida yangi sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarur.
Shuningdek, O‘zbekiston viloyatlarida ham qurilish industriyasida zarur bo‘lgan tabiiy va sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish uchun xomashyo bisyordir. Ya'ni, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoatining xomashyo bazasi yaratilgan bo‘lib, jami 526 tadan ko‘proq konlarda geologik qidiruv ishlari bajarilmoqda, shu jumladan, 27ta sement, 200ta g‘isht, 14ta keramzit xomashyosi, 75ta qum-shag‘alli materiallar, 44 ta qurilishbop toshlar, 25ta oxak ishlab chiqarish uchun, 25ta beton va silikat buyumlar ishlab chiqarish, 11ta gips va ganch, 3ta mineral bo‘yoqlar ishlab chiqarish uchun, 5ta shisha xomashyosi va x.k.
Aniqlangan konlarning umumiy sonidan 236 tasi sanoat o‘zlashtirilishiga jalb qilingan, shulardan 114 tasi “O‘zqurilishmateriallar” AK balansidadir.
Bugungi kunda Respublikamizda qum-shag‘al materiallari Xorazm viloyati va Qoraqolpog‘iston Respublikasidan tashqari barcha viloyatlarda mavjud bo‘lib, jami 75 ta konlarni tashkil qiladi. Ulardan 52 tasida 491,6 mln.t. zahiralar o‘zlashtirilgan, 2009 yilda qum, shag‘al ishlab chiqaruvchi 4 ta korxona tashkil qilindi: “Risming Star”MChJ (yiliga 15,6 ming m3, Qashqadaryo vil.), “Xoji Abdurashid ishlab chiqarish va ta'minot” XK (yiliga 40 ming m3, Qashqadaryo vil.), “Bek Mada qurilish” XK (yiliga 35ming m3., Toshkent vil.), “Fayz-S” XK (yiliga 20 ming m3., Samarqand vil.).
O‘zbekistondagi qurilish moddalarini ishlab chiqaruvchi asosiy korxonalari to‘g‘risidagi ma'lumot jadval-5.1da keltirilgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchi keramzit Respublikadagi 8ta korxonada 64,3 mln. m3 hajmda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Shu jumladan Qoraqolpog‘iston Respublikasida 2ta korxonada 14,3 mln. m3 , Navoida 1,3 mln. m3 , Qashqadaryoda 2ta korxona – 17,8 mln. m3 , Surxondaryo viloyatida 1ta 26,2 mln. m3, Samarqand viloyatida 1ta korxona 3,7 mln. m3 va Farg‘ona viloyati1ta korxona 1 mln. m3 keramzit ishlab chiqariladi.
Ob'ektlar qurilishida sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchi-vermikulit mahsulotining qo‘llanilishini a'lohida ta'kidlash lozim. O‘rta Osiyoda yagona vermikulit rudalari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Tebinbuloq konida joylashgan bo‘lib, bugungi kunda Respublikamizda undan qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llash yo‘lga qo‘yildi.
Shuni aytish mumkunki, 20 sm qalinlikda to‘kilgan vermikulit issiqlik o‘tkazishi bo‘yicha 1,5 metr qalinlikdagi g‘ishtli devor yoki 2 metr qalinlikdagi beton devorga ekvivalentdir. Chordoq orayopmalariga 5 sm qalinlikda to‘kilgan vermikulit issiqlik yo‘qotilishini 75% ga, 10sm qalinlikdagisi esa 92% ga kamaytiradi.
Nazorat savollari
1Keramzit xomashyosiga qo‘yiladigan ikkinchi talabni ayting?
Keramzit xomashyosiga qo‘yiladigan uchinchi talabni ayting?
Keramzit olishda qanday kuydirish pechlaridan foydalaniladi?
Keramzit to‘ldiruvchisiga qanday texnik talablar qo‘yiladi?
Keramzit qumini ishlab chiqarish texnologiyasi tushuntiring?
.Keramzit qanday soxalarda ishlatiladi?
|
| |