• Mo’riga uzatish
  • Keramzit qumi. Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi




    Download 253,65 Kb.
    bet1/5
    Sana17.05.2024
    Hajmi253,65 Kb.
    #239130
      1   2   3   4   5

    Keramzit qumi. Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi

    Reja:




    • Keramzit qumi

    • Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi

    • Xomashyo materiallar

    • Agloporit ishlab chiqarishning texnologik asoslari

    • Agloporit qumi va shag’aliga qo’yiladigan talablar

    • Agloporitni qo’llash soxasi

    Keramzit qumi turli donadorlik tarkibiga ega gilli jinslarni kuydirishda ko’pchishidan olinadi. Kuydirishni jadallashtirish uchun mayda donadorli fraksiyaga issiqlik ishlovi qaynovchi qatlamda bajariladi. Xomashyo turidan kelib chiqib, uni tayyorlashning yarimquruq yoki plastik usuli qo’llaniladi.


    Yarimquruq usulida xomashyo uvoqlari zanjirli pardali quritish barabanida jinslarni quritish va bolg’ali maydalagichda tuyish, so’ngra 5 mm ko’zli elakdan o’tkazib olinadi.
    Plastik usulida granulalarni tayyorlash keramzit shag’ali kabi amalga oshiriladi. Olingan granulalar 10-12% namlikgacha quritiladi, maydalanadi va
    5mm ko’zli elakdan o’tkaziladi.
    Keramzitbeton asosida buyum ishlab chiqarishda faqat keramzit shag’ali emas, balki mayda g’ovak to’ldiruvchi-keramzit qumi ham zarurdir. Keramzit qumini aylanma pechda ishlab chiqarish yaxshi samara bermaydi. Keramzit shag’ali ishlab chiqarishda issiqlik ishlov berish jarayonida bo’laklarning buzilishida qumli fraksiya chiqadi, biroq bu donalar nisbatan og’ir bo’lib, gilli xomashyoning mayda bo’laklari amalda ko’pchimaydi, ya’ni gilning piroplastik xolatga o’tishigacha gaz ajralishi erta boshlanadi. Bundan tashqari yuqori harorat zonasida mayda donalar yirik donalarga nisbatan tezroq qiziydi, natijada ular erib shag’al donalariga yopishib qolish ehtimoli oshadi.
    Keramzit shag’ali ishlab chiqarish korxonalarida keramzit qumi valkli maydalagichda keramzit shag’alini maydalashdan olinadi.
    Bunday maydalab olingan keramzit qumining tannarxi maydalash ishlaridagi qo’shimcha sarflar hisobiga ortadi, bunda olinadigan qum maydalangan shag’al hajmiga nisbatan kam bo’ladi.
    Qumning chiqish koeffitsienti 0,4-0,7 ni tashkil etib, o’rtacha 1m3 keramzit shag’alini maydalashda 0,5 m3 keramzit qumi olinadi. Bu holatda qumning uyma zichligi ikki barobar oshadi.
    Hozirgi vaqtda keramzit qumi olishning eng samarali texnologiyasi bu qaynovchi qatlam pechida kuydirish hisoblanadi. Vertikal pechgaa quritilgan gillarni maydalash natijasida yoki plastik usulda maxsus tayyorlanib so’ngra quritilgan yirikligi 3 yoki 5 mm gacha bo’lgan gilli donalar solinadi.
    Pech (rasm .11) ikkita zonadan iborat: issitish va kuydirish zonalari bo’lib, ular bir-biridan pardevor bilan ajratilgan. Pechning pastki panjarali qismi bo’ylab bosim ostida havo va gaz ko’rinishidagi yoqilg’i uzatiladi. Ma’lum tezlikdagi gazlarni uzatishda gilli donalar bo’sh qavati qaynash holatiga o’tadi. Gaz ko’rinishidagi yoqilg’i bevosita qaynovchi qatlamda yonadi. Qaynovchi qatlamda issiqlik almashuvini boshqarish orqali material tez va bir tekis qiziydi. Gil bo’laklari o’rtacha 1,5 minut kuydiriladi va ko’pchiydi.

    Mo’riga uzatish



    Rasm .11. Ikki zonali qaynovchi qatlam pechining sxemasi: 1- dastlabki issitish zonasi; 2- kuydirish zonasi; 3- qaynovchi qatlam sovitgichi; 4- qoplangan siklon; 5- xavo purgagich; 6- bo’shatuvchi klapanli yopqich; 7- gazni uzatish;
    8- tashqi oqim uchun sektorli yopqich; 9- issitish zonalari uchun siklon

    Rasm-.12. Keramzit qumini ishlab chiqarish sexi texnologik sxemasi: 1- bolg’ali tegirmon; 2- cho’ktiruvchi siklon; 3-elevator; 4-bunker;5-qaynovchi qavat qozoni SMS-139; 6-ventilyatorlar; 7-siklonlar batareyasi; 8-elektrofiltr; 9sovitgich; 10- ichi qoplangan siklon; 11-tayyor mahsulotlar ombori; 12-engli filtr.
    Pechning kuydirish zonasiga uzatilayotgan gilli donalar qaynovchi qatlamning issitish zonasida 300 0S gacha qizdiriladi, kuydirgandan so’ng tayyor keramzit qumi qaynovchi qatlamning sovitish uskunasida sovitiladi. Qumning mayda fraksiyalari bir qismi kuydirish zonasidan gaz bilan chiqib siklonga tushadi va cho’kadi, tozalangan gazlar esa pechning dastlabki issitish zonasiga uzatiladi.
    Qaynovchi qatlam pechining (SMS-139) pasport bo’yicha mahsuldorligi 6,7 m3/soat bo’lib, foydalanish koeffitsienti Ri =0,85. Olingan keramzit qumining uyma zichligi 500-700 kg/m3. Keramzit qumining donadorlik tarkibiga qo’yiladigan talab tabiiy qum kabi bo’lib, faqat tarkibda yirik fraksiyalar ko’p bo’lishi lozim .
    Keramzit qumi olishning xususiyatlari va tannarxi bo’yicha samarali yo’nalishdagi muammolar to’liq hal etilgani yo’q. Shu sababli ba’zan keramzitobeton ishlab chiqarishda mayda to’ldiruvchi sifatida ko’pchigan perlit yoki tabiiy qum ishlatiladi.
    Keramzit qumini qaynovchi qatlam pechlarida ishlab chiqarish keramzit shag’alini olish sexlari qoshida bajariladi, bunda xomashyo sifatida quritish barabanidan chiquvchi granulalar – yarim tayyor mahsulotlar ishlatiladi.
    Yiliga 50 ming m3 keramzit qumini ishlab chiqarish sexi texnologik sxemasi rasm5.15 da keltirilgan. Ushbu sexni keramzit shag’ali ishlab chiqarish korxonasi maydoniga joylashtirish nazarda tutilgan. Ish rejimi – yil davomida uch smenada.
    Ishlab chiqarish jarayoni quyidagilardan iborat: sexning tayyorlash bo’limida olingan va quritilgan granulalar xomashyo zaxirasi bunkeriga uzatiladi, so’ngra bolg’ali tegirmonda quritiladiva maydalanadi. Yirikligi 5 mm gacha gil donalari (namligi 8-12%) tindiruvchi siklonda ajratilib ikki zonali qaynovchi qatlam pechining sarf bunkeriga yuboriladi. Issitish zonasi harorati 200-4000S, kuydirish zonasi harorati- 1000-11000S ni tashkil etadi. Keramzit qumining asosiy qismi (700S gacha) kuydirish zonasidan qaynovchi qatlam sovitgichiga tushadi, u erda 120-180 0S gacha sovitiladi. Qolgan chang va zarralar (30% gacha) qoplamali siklonga yuboriladi. Sovitgich va siklondan keramzit qumi pnevmatransport sistemasiga, so’ngra tayyor mahsulot omboriga jo’natiladi.
    Keramzit qumi ishlab chiqarish sexining tayyor mahsulotlar ombori ikkita silosdan iborat bo’lib, ular bir vaqtda yoki ketma-ket to’ldiriladi.
    Keramzit qumi avtotransport yoki temir-yo’l transportlarida jo’natiladi.

    Download 253,65 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 253,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Keramzit qumi. Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi

    Download 253,65 Kb.