• Xomashyo materiallar
  • Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi




    Download 253,65 Kb.
    bet2/5
    Sana17.05.2024
    Hajmi253,65 Kb.
    #239130
    1   2   3   4   5
    Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi
    Agloporit (1-rasm) bo’lak-bo’lak, g’ovakli material bo’lib, gil xom ashyoning ko’mir bilan aralashmasidan iborat granul (donador) larni qovushishi xom ashyo tarkibidagi ko’mirning yonishi hisobiga sodir bo’ladi va bir yo’la massasi bo’rtadi. Agloporitni tayyorlashda nam gilli xom ashyo maydalangan ko’mir bilan aralashtiriladi, donador qilinadi va aglomeratsion qurilmaga yuboriladi. Aglomeratsiyaning davom etishi 25-45 minut. Agloporitning g’ovakli engil palaxsasi sovitilgandan keyin maydalanadi va bo’lakchalarga ajratiladi.
    Agloporit mayda toshining zichligi 300-1000 kg/m3, mustahkamligi 0,3-3 MPa. Tarkibidagi yonib ulgurmagan ko’mir miqdori ortadi 3% dan oshmaydi, bu esa engil betonlar uchun to’ldirgich sifatida ishlatishga qulaylik yaratadi.

    13-rasm. Agloporit
    Xomashyo materiallar
    Keramzit olishda yaroqli gil xomashyosi hamma joyda uchramaydi. Kuydirganda ko’pchimaydigan kamplastikli, qumoqlangan gilli jinslar suglinok tabiatda keng tarqalgan. Bu jinslardan boshqa sun’iy g’ovak to’ldiruvchi –agloporit ishlab chiqarishda foydalaniladi.
    Agloporit ishlab chiqaruvchi korxonalarda asosiy xomashyo materiallar sifatida gilli jinslar ishlatiladi. Agomeratsiya uchun yaroqli gilli jinslar (suglinok, supess, lyosslar) Respublikamiz xududida ko’p uchraydi, shu sababli mahalliy xomashyolar asosida agloporit ishlab chiqarishni kengaytirish mumkin. Dastlab sanoat miqyosida gil xomashyosi asosida agloporit Minskda 1958 yilda ishlab chiqarilgan. Xomashyo materiallar sifatida turli sanoat chiqindilari, ayniqsa yoqilg’i tarkibli chiqindilardan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. Bundan tashqari yoqilg’i shlaklari, kul, slanets va ko’mir chiqindilari asosida agloporit ishlab chiqarish ilmiy asoslangan. Bunday sanoat chiqindilarida mavjud yoqilg’i aglomeratsiya jarayonining borishi uchun etarli hisoblanadi. Faqat xomashyoni yoqilg’i bo’yicha me’yoriga olib kelish kerak, agar xomashyoda yoqilg’i kam bo’lsa, u holda shixta tayyorlashda qo’shish kerak, agar xomashyoda yoqilg’i ko’p bo’lsa, u holda gilni qo’shish zarur. Agloporit ishlab chiqarishni ko’mir qazish va ko’mirni boyitishda chiqadigan chiqindilar asosida kengaytirish mumkin. Ularda ko’mir miqdori o’rtacha 20% ni tashkil etadi. Bu yoqilg’ilarni qo’llab agloporit tanarxini 30% ga kamaytirish mumkin. Dunyo statistik malumotlariga ko’ra Polshada ko’mir chiqindilaridan eng ko’p foydalanilar ekan, bunda ko’mir qazish chiqindilarining 17% va ko’mir boyitish chiqindilarining 95% dan ko’pi ishlatiladi.

    Download 253,65 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 253,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi

    Download 253,65 Kb.