|
Agloporit qumi va shag’aliga qo’yiladigan talablar
|
bet | 4/5 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 253,65 Kb. | | #239130 |
Agloporit qumi va shag’aliga qo’yiladigan talablar
KMK ga ko’ra agloparitning donadorlik tarkibi bo’yicha fraksiyalarga ajratish, uyilma zichligi asosida markalarga bo’lish keramzit shag’ali kabi amalga oshiriladi. Agloporit chaqiq toshning talab etiladigan mustahkamlik chegarasi, silindrda maydalashda aniqlangan qiymatlari keramzit shag’aliga nisbatan kichik bo’ladi (jadval-14.1). Lekin agloporitni keramzitga nisbatan mustahkamligi kichik deb emas, balki dona shaklini xam inobatga olish kerak.
Agloporit chaqiq toshining mustaxkamligiga qo’yiladigan talablar jadval- 7.2
-
Uyilma zichligi bo’yicha markasi
|
Silindrda maydalanish mustaxkamligi, MPa sifat darajasiga ko’ra, kam emas
|
Uyilma zichligi
bo’yicha markasi
|
Silindrda maydalanish mustaxkamligi, MPa sifat darajasiga ko’ra, kam emas
|
oliy
|
birinchi
|
oliy
|
birinchi
|
400
|
0,4
|
0,3
|
700
|
1,0
|
0,9
|
500
|
0,6
|
0,5
|
800
|
1,4
|
1,2
|
600
|
0,8
|
0,7
|
900
|
1,6
|
1,4
|
Silindrda maydalashda mustahkamlikning absolyut emas balki nisbiy qiymati aniqlanadi, chunki mustahkamlik sinalayotgan to’ldiruvchi shakliga bog’liqdir. Metall silindrga solingan o’ta qirrali agloporit chaqiq toshni ezishda keramzit shag’aliga nisbatan kam kuch sarflanadi. Tadqiqotlar shuni ko’satdiki, agloporitning mustahkamligi betonda sinalganda silindrda standart mustahkamlikni sinashdagi ko’rsatkichlarga nisbatan 25-30 barobar ortadi.
Turli fraksiyadagi agloporit quyidagi uyilma zichlikni tashkil etadi:
chaqiq tosh fraksiyasi 20-40mm, uyilma zichligi 500-600kg/m3; 10-20mm,
600-700 kg/m2; 5-10mm, 700-800kg/m3;
5mm gacha yiriklikdagi qumda – 1000kg/m3 gacha.
Agloparit chaqiq toshining donalari orasidagi bo’shiqlik 50-60% ni (yuqori sishafli uchun 50% gacha) tashkil etadi.
Dona zichligi chaqiq tosh uyilma zichligiga nisbatan 2 va undan ko’p martaga ortadi. Agloporit chaqiq toshining donalar g’ovakligi 40-60% ni tashkil etadi.
Donalar shakli koeffitsienti o’rtacha 2,5 dan oshmasligi kerak (yuqori sifatli agloporit uchun -2). Keramzit shag’alidan farqli ravishda agloporit chaqiq toshda ko’p miqdorda ochiq g’ovaklar (15-20%) bo’lib, betonda suv yoki sement qorishmasi bilan to’ladi. Bu sement sarfini bir muncha oshishiga olib keladi, biroq to’ldiruvchining sement qorishmasi bilan yaxshi bog’lanishini va mustahkamligini oshishini ta’minlaydi. Natijada yuqlri mustahkamlikdagi agloporit beton olinadi.
Agloporit yuqori darajada zichligi va mustahkamligi bo’yicha bir jinsligi bilan farqlanadi, bu esa betonda qo’llanishi samaradorligini oshiradi. Davlat standartiga ko’ra uning uzoq muddatga chidamliligi va bardoshliligini ta’minlash maqsadida talablar qo’yiladi. Agloparit chaqiq toshining bardoshliligi silikat nurash va sovuqqa bardoshliligi bilan tekshiriladi. Yonmagan yoqilg’ilar qoldig’i chegaralanadi. Agloporit chaqiq toshi namunasining qizdirishda massa yo’qotishi 3% dan oshmasligi kerak. Agloporit chaqiq toshida yonmagan donalar miqdorini chegaralash uchun natriy sirka kislota aralashmasida sinov ishlari bajariladi, bunda uch sikl aralashmaga solish va quritishda massa yo’qotilishi 5%dan oshmasligi kerak. Agloporit qumi uchun donadorlik tarkibi normaga keltiriladi. Qumning qizdirishda massa yo’qotishi 5% gacha ruxsat etiladi.
|
| |